Dunyoning eng boy va rivojlangan shaharlari reytingi
Dunyoning eng boy va rivojlangan shaharlari reytingi
Nima deb o’ylaysiz, dunyoning qaysi shaharlari eng rivojlangan va boy hisoblanadi? Quyida ushbu savolga javob beruvchi boy shaharlar reytingi bilan tanishishingiz mumkin. Bu reyting shaharning infratuzilmasi, turizm, ichki yalpi mahsulot, biznes olib borishdagi yengilliklar, shaharning dunyo iqtisodiy aloqalari, mobil aloqa va Internetning rivojlanishi hamda aholining bandlik darajasi kabilarni hisobga olib tuzilgan.

19-o’rin – Kuala-Lumpur, Malaziya

Bu shahar – islom dunyosining asosiy moliyaviy markazlaridan biri va iqtisodiyot olamining jadallik bilan rivojlanayotgan markazlardan biridir.

18-o’rin – Seul, Janubiy Koreya

 Seul odamlar o’rtasidagi ijtimoiy tengsizlik va jinoyat  bo’yicha eng kichik ko’rsatgichlarga ega shahardir. Shu bilan birga bu dunyoning texnologik poytaxtlaridan biridir.

17-o’rin – Kopengagen, Daniya

Kopengagen – dunyodagi yashash uchun qulay bo’lgan eng yaxshi shaharlardan biridir. Bu shahar barcha reytinglarda yuqori o’rin egallab kelmoqda. Kopengagenda yashash va ishlash juda qulaydir.

.

16-o’rin – Amsterdam, Niderlandiya

Tadqiqodchilarning fikricha, Amsterdam  -  moliyaviy jihatdan barqaror va boy shahardir.

15-o’rin – Makao, Xitoy

Makao – Xitoyning ma’muriy tumanlaridan biridir. Bu Xitoydagi qimor o’yinlariga rasman ruxsat berilgan yagona shahardir. Bu yerda xitoylik quturgan boyvochchalar o’zlarining boyliklarini sovuradilar. Shu faktlar hisobga olingan holda, ushbu shahar dunyodagi boy shaharlardan biri sanaladi va jahondagi qimor o’yinlarining poytaxti bo’lishga haqlidir.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook