просмотров
14-o’rin – Vena, Avstriya
Juda ajoyib shahar. Dunyoning turistik markazlaridan biri hamda qulay transport infratuzilmadir.
13-o’rin – Abu-Dabi, BAA
Bu – puli va sahrosi ko’p bo’lgan shahardir.Reytingning yuqori pog’onalaridan joy ololmasligiga noqulay iqlimi sababchidir.Ammo shayx bu kamchilikni ham bartaraf etganda albatta yetakchilik o’rinni qo’lga kiritadi.
12-o’rin – San-Fransisko, AQSH
Bu – turistlar bilan doim gavjum bo’lgan shahar va dunyoning texnologik markazidir. Bu shahar biznes yuritish uchun juda qulay joydir. Biroq bu yerda tengsizlik indeksi dunyodagi eng yuqori ko’rsatgichlarga egadir.Kimdir milliardlab dollarlarni deyarli supurib oladi, kimlardir qashshoqlikda hayot kechiradi.
11-o’rin – Myunhen, Germaniya
Bavariyaning poytaxti – Germaniyaning eng katta shaharlaridan biridir. Bu shaharda yirik kompaniyalarning shtab kvartirasi joylashgan, shuning uchun ham u reytingning yuqori pog’onalaridan joy olgan.
10-o’rin – Stokgolm, Shvetsiya
Bu shaharning Shvetsiya hamda Skandinaviyaning iqtisodiy markazi ekanligi ma’lum, biroq u ekologik jihatdan ham dunyoning eng yaxshi shaharlaridan biridir.
Сообщения из Facebook