просмотров
9-o’rin – Parij, Fransiya
Fransiyada ishlash yaxshi, bu yerda profsoyuzlar a’lo darajada. Bu yerda shunchaki komfortda yashash mumkin. Shu bilan birga Parij –Fransiya va boshqa ko’pgina davlatlar uchun iqtisodiy yetakchi shahar hamdir.
8-o’rin – Nyu-York, AQSH
Nyu-Yorkda odamlar doimo shoshib yuradilar. Bu xalqaro savdo va siyosat markazidir. Ammo transport infrastrukturasida muammolar bor.Bu shaharda boshqa soha bo’yicha muammolar borligiga qaramay, reytingning yuqori o’rinlaridan joy olgan.
7-o’rin – Praga, Chexiya
Praga aholisining yashash darajasi Chexiyaning boshqa shaharlariga qaraganda ikki marotaba yaxshiroq. Umuman, Praga Yevropa Ittifoqidagi davlatlar ichidagi eng boy shaharlardan biridir. Bundan tashqari bu yer doim turistlar bilan gavjum.
6-o’rin – Edinburg, Buyuk Britaniya
Shotlandiya poytaxti hisoblangan EdinburgdaYevropaning eng nufuzli universitetlaridan biri joylashgan va shu bilan birga Britaniyaning moliyaviy markazi hisoblanadi.
5-o’rin – Zyurih, Shvetsariya
Bu zamonaviy va yashash uchun juda qulay bo’lgan shahar. Bu yerda atrof muhitga javobgarlik hissi juda kuchli. Va albatta bu shaharning reytingning yuqori pog’onasidan o’rin olishiga Shvetsariya banklari ham hissa qo’shgan.
Сообщения из Facebook