Bog’lar va parklar har bir shahar fuqarosining eng sevimli dam olish maskanlaridan biri hisoblanadi! Xushbo’y hidli salqin havoda sayr qilish va rang-barang bo’stonlarning chiroyidan bahra olish – bundanda yoqimli ish bo’lishi mumkinmi!?
“Botgan bog’” nomli birinchi bog’ Djenni Butchard tomonidan, qachonlardir ohak qazib olinadigan karyerda barpo etilgan. Vaqt o’tib, bog’li-park maydoni Yaponiyalik, Italyan, O’rtayerdengizli bog’lar va rozariylar bilan to’ldirildi.
Arizona cho’lidagi botanika bog’i (AQSH)
Avvaliga turli xildagi o’simliklarni o’rganish va saqlash uchun maydon sifatida yaratilgan bu botanika bog’I 140 akr maydonni egallaydi. Uning maydonida 50.000 ga yaqin yashil ekinlar o’smoqda.
Kyokenxof gul parki (Niderlandiya)
Piyozli gullar ekilgan ushbu bog’ dunyodagi eng chiroyli va taniqli bog’lardan biri hisoblanadi. Uning butun go’zalligi ayni gullash paytida ochiladi – ya’ni bahorda, barcha tashrif buyuruvchilar 800 ga yaqin turdagi, 7 million ta gullar chiroyini ko’rib, bahra olishlari mumkin.
Nong Nuch botanika bog’i (Tailand)
1980 yilgacha bu mevali bog’ edi. Hozirda parkda duyoning turli burchaklaridagi mashhur bog’lar misolida yaratilgan kichik bog’larni uchratish mumkin. Nong Nuch botanika bog’ining eng chiroyli bog’laridan biri bo’lib, taniqli versal parkiga atab barpo etilgan Fransuz bog’I hisoblanadi.
"Dubaydagi mo’jizalar bog’i" (BAA)
“Dubaydagi mo’jizalar bog’i” (Dubai Miracle Garden) dunyodagi eng yirik bog’lardan biridir. U 7,2 ga maydonni egallaydi va 100 million gullardan iborat ajoyib kolleksiyasi bilan maqtansa bo’ladi.
Bu bog’ning boshqa bog’lardan farq qiladigan yagona tomoni bu undagi klumbalarning antiqa shakllaridir, ularda gular uychalar, arklar va boshqa ko’rinishdagi shakllarda gullar o’sadi.
Сообщения из Facebook