просмотров
Agar siz san’at haykallari va noodatiy arxitekturani tomosha qilgani kelgan bo’lsangiz, bu yerda unday narsaning o’zi yo’q. Biroq tomosha qiladigan boshqa tabiiy shedevrlar bor. Dominikanaga kelib, albatta milliy boglar va turistik joylarni aylanish mumkin.
Puanta Kanadagi eng yaxshi dam oladigan maskan ClubMed Punta Cana kurort majmuasi bo’lib, oilaviy dam olish uchun qulay bo’lib, plyajli, madaniy va sportli hordiq olish mumkin.
Sirli orol
Los Aytises milliy bogi qo’riqxona bo’lib, u yega kirgan odam o’tmishga tushib qolganday bo’ladi: qoyalardagi tabiiy landshaftlar, ko’pgina kichk yashil orolchalar, mahalliy aholining sirli g’orlari hamda ko’pgina ekzotik jonivorlar. Bu yerda 25 million yillik tarixga ega Shayton g’ori bor. G’orning ichida qoyalarga yo’yib chizilgan rasmlar, katta hajmli stalaktitlar va yer osti daryosi bor. Bularning barchasi yorqin taassurotlar qoldiradi.
Saona oroli
“Baunty Saona” – nafaqat mamlakatdagi, balki butun dunyodagi eng tegilmagan maskan hisoblanadi. Agar siz “Baunty” reklamasidagidek orolga borishni orzu qilgan bo’lsangiz, albatta saonaga borib ko’ring. “Saona” dek orolda dam olgandan keyingizna haqiqiy jannat nima ekanligini bilib olasiz. “Saona’ hududida hech qanday turistik infratuzilmaning yo’qligi, alohida maftunkorlik baxsh etadi.
Eyes Ecological bog’i
Barcha yovvoyi tabiat shaydolari birinchi o’rinda Eyes Ecological bog’iga tashrif buyurishlarini maslahat beramiz. Bu yerda 500 ga yaqin yovvoyi o’simliklar o’sadi, yo’qolish arafasida turgan hayvonlar va hasharotlar yashaydi. Bog’ning diqqatga sazovor joylardan biri – inson ko’zini ifodalovchi 12 ta lagunadan tashkil topgan tabiiy tomashagoh.
Сообщения из Facebook