“Golden Nugget” mehmonxonasidagi akulali akvarium ichidagi suvli gorka, Las Vegas, AQSH
“Golden Nugget” mehmonxonasidagi akulali akvarium ichidagi suvli gorka, Las Vegas, AQSH
O’z asablarini qitig’lashni yoqtiradiganlar uchun AQSH, Nevada shtati, Las-Vegas shahrida – “Golden Nugget” (Golden Nugget Hotel) mehmonxonasida biriktirilgan basseyn va asabi sust tashrif buyuruvchilarni qo’rqitadigan suvli gorka bor.
Yo’q, bu aslo Braziliyadagi Insanodek eng baland suvli gorka emas, lekin uning “qo’rqinchliligi” shundaki, tushishning oxirida sizni kutilmagan syurpriz kutmoqda, u och akulalar suzib yuruvchi ulkan akvariumning o’rtasidan o’tadi.

Ko’pgina odamlar Las-Vegasga kazinoda, o’yin avtomatlarida, ruletka va boshqa o’yinlarni o’ynash uchun keladi, lekin shu bilan birga, bu yerga dam olish uchun oilaviy va guruh bilan kelishadi, bu uchun bu yerda ko’ngilochar joylar anchagina. Ular ichida Golden Nugget mehmonxonasidagi basseynlar va suvli gorkani alohida ko’rsatish mumkin.

Bu suvli gorka quvurda tashkil topgan bo’lib, uning boshi uchinchi qavatda boshlanib, birinchi qavatda yovvoyi akulalar, skatlar va boshqa baliqlar suzib yuriydigan ulkan shisha akvarium bilan tugaydi. Quvur akvarium ichiga kiradi va siz, suzib tushayotganingizda uning ichiga tushib qolsangiz, sizni ushbu yovvoi, tushayotgon odamlarga qarab o’tiruvchi akulalardan, faqatgina mayingina shisha qavati himoya qiladi. 

Hajmi 75708 litrdan iborat basseynda akula va skatlardan tashqari 300 turdan ortiq baliqlar bor. Akvarium devorlari qalinligi to’rt dyumli qattiq akrildan tayyorlangan.

Agar sizga tushayotgan paytingizda ushbu ekstrim kamlik qilsa, basseynda suzish imkoni ham bor. Basseyn akvariumga yaqin joylashgan. 2008 yilda mehmonxona qayta qurilgan, va endi basseyn qishda isitiladi. Shuningdek, Golden Nugget mehmonxonasida o’zining oazisi, ikkinchi basseyn va boshqa bir qator dam olish joylari mavjud.


Ваша реакция?

Сообщения из Facebook