Islandiya: biz tushuna olmaydigan mamlakat
Islandiya: biz tushuna olmaydigan mamlakat
Bugungi kunda Islandiy bir oyog'i bilan o'tmishda, ajdodlar urf-odatlari oldida boshlarini egib turgan bo'lsalar, boshqa oyoqlari bilan esa, dadillik bilan, eksperimentlar qilib va steriotiplarni buzgan holda, kelajakka qadam tashlaganlar.

Ularda familiyalar (sharif) yo'q

Islandiyalik bilan shaxsan tanishganingizda, sizda qadimgi saga qahramonini uchratgandek taassurot paydo bo'lishi mumkin. Axir, ular o'zlarini sizga, aytaylik, Petur, Bornning o'g'li, yoki Gudrun, Vilxyalmnining qizi deb tanishtirishadi. Islandiyaliklar xozirgi kungacha vikinglarning yangi tug'ilgan chaqaloqarga familiya o'rniga otasining ismini qo'yish odatini saqlab qolishgan. O'tmishda, bu sovuq o'lkalar aholisi juda kam bo'lgan vaqtlarda familiyada, haqiqatdan ham zarurat yo'q edi. Biroq, xozirda oddiy uch kishidan iborat, island oilasida ona, ota va o'g'ilda turli xil inisiallar bo'ladi. Shuning uchun, island telefon kitobidan biron bir kishini muvaffaqiyat bilan topish uchun, siz uning oilasi shajarasini yaxshilab eslashingiz kerak bo'ladi. 


Ularning mamlakatida qo'ylar hukumronlik qiladi

Islandiya aholisi sonini mahalliy askiyachilar qo'ylarda ifodalashni yaxshi ko'radilar. Qiziqarli fakt, lekin orolda qo'ylar soni odamlardan ko'ra ikki barobar ko'proqdir. Jozibador jun bo'lakchasi kalta oyoqchalarda yarim yil mobaynida kongli tusagan hamma yerlarda aylanib yuradilar va yashil o'tlar va aql bovar qilmas peyzajlardan bahramand bo'ladilar. Mana, haqiqatdan ham qo'ylar jannati: Islandiyada chorvalar uchun havfli yirtqich xayvonlar yo'q, shuning uchun uy jonivarlariga qo'riqchi kerak emas. O'tlatish mavsumi (bahordan kuzgacha) tugaganda, fermerlar butun mamlakat bo'ylab qo'ylarini qidirishga yo'l oladilar. Siz, ular qo'larini qanday qilib ajratadilar deb so'rausizmi? Bu yerda ajdodlar tizimi amal qiladi: qo'ylarni katta o'targa yig'ishadi, keyin ularning quloqlaridagi maxsus belgilar bo'yicha ajratishadi. Belgilarni tashqi ko'rinishini har bir fermer jonkuyarlik bilan o'zi o'ylab topadi (mamlakatda hattoki, maxsus belgilar kataloglari mavjuddir). Islandiyada qo'ylarni yig'ish - quvnoq sershovqin voqea bo'lib, unga butun oilalar yig'ilishadi. 


Ular yil bo'yi to'qiydilar

Islandiyaliklarning kundalik hayotda to'qish, ob-havoni muhokama qilish kabi, muhim o'rinni egallaydi: erkaklar va ayollar spisalarni mohirona boshqaradilar. Lekin, shaharliklar xozir buni ommaviy joylarda qilishdan bir oz uyaladilar va uni eskilik deb hisoblaydilar. Ammo, posyolkalarda ishtiyoqli to'quvchi ayollar haqida ko'plab qiziqdan qiziq hikoyalar aytishadi. Ba'zi fermerlarni aynan ish vaqtida, masalan qo'ylarni podasini haydash vaqtida qo'llarida spisalar bilan ko'rib qoladilar. 


Ular achigan baliq yeydilar

Ko'z oldingizga keltiringa, bashang restoranda menyu "qonli kolbasa", " marinadlangan qo'y tuxumlari", "kitning achitilgan go'shti", " qo'zichoqning shox va tuyoqlaridan studen (ilvira)", "qo'y kallasi", " hidlangan akula go'shtidan qirqim",... pozisiyalariga to'la. Yo'q, bu parij gurmanining daxshatli tushi emas! Murakkab klimatik sharoitlarda asrlar davomida yashashga majbur bo'lgan islandiyaliklar butunlay o'zgacha ta'mli ko'nikmalar hosil qilishgan. Islandiya qa'ri foydali qazilmalarga ega emas, muzlatish kameralari ham ko'p vaqt bo'lmagan, shuning uchun mahalliy aholiga qanday qilib bo'lsada, tuzsiz amallashga va maxsulotlarni saqlash muammolarini hal qilishga to'g'ri kelgan. Ovqatni quritishgan, dudlashgan, u achishini kutib turishgan, - xullas, eksperimentlar qilishgan. Misol uchun xaukarl taomi bor bo'lib, u grenlandiya polyar akulasining bostirilgan go'shtidir. U yangi so'yilgan vaqtida mochevinaning yuqori darajasi sababli zaharli. Shuning uchun akula bo'laklarini avval yarim yil shag'alli bochkalarda saqlab, yetiltirishadi, so'ng esa quyoshda yana uch oy davomida ushlab turishadi. 


Ular hali hamon yerto'lalarda yashaydilar

Ko'p asrlar davomida o'rmon deyarli yo'q bo'lgan mamlakatda qanday qilib uy qurish mumkin? Muz oroli imkoniyatlarini ishga solib, islandiyaliklar torfli uylarni yashash uchun barpo etganlar. Ular qadimgi rus ertaklaridagi yerto'lalarni nimasi bilandir eslatadi. O'ziga xos imoratlar yarimi yer tagiga kirib ketib, fevorlari va tomda issiqlikni saqlab qolish uchun chimning qalin qavati bilan qoplangan. Ammo lekin o'z hayoti uchun sovuq va qashshoqlik bilan kurashish uzoq o'tmishda kerak bo'lgan, XXI asrda qanday yerto'lalar haqida gap borishi mumkin deb so'rashingiz mumkin. Islandiyaliklar ajib bir xalq: ularning ko'pchiligi xozirda an'anaviy uychalarni ichidan apgreyd qilib, torfli qoplamalarni saqlab qolmoqdalar. Tomlarini esa, gazon bilan qoplashni hush ko'radilar. Tabiiy xom ashyodan qurilgan ekologik turar joylar tanlovi nafaqat oqil balki ertaklardagidek go'zal ham bo'lib chiqdi. 


Ular teatrga to'g'ri tomorqadan chiqib borishlari mumkin

Agarda bizning mahalliy teatralimiz Islandiyada dramatik postanovkaga tashrif etishga ahd qilsa, u o'zining oqshom liboslarida u yerda tentaklardek ko'rinishi mumkin. Islandiyaliklar pyesani shundoqina ustki kiyimlarida korishlari mumkin: kurtka, palto va hattoki bosh kiyimlarda. Antrakt vaqtida kichkina bolali tomoshabinlar sahnaga chiqib u yerdagi dekorasiyalar orasida aylanib yurishlari mumkin. Teatr sahnaoldilarida esa ko'p marotaba tabiat bilan radikal eksperimentlarni ko'rish mumkin bo'lgan. Islandiyada soddaroq bo'lish kerak janoblar, soddaroq.


Ularda ruhoniylar - ayollar, cherkovlar esa art - ob'ektlar

Islandiyada kundalik hayotning an'anaviy tarziga qaramay, mahalliy diniy institut juda ham original tarzda ishlaydi. Oroldagi rasmiy davlar dini lyuteranlik, u ayollarga erkaklar bilan bir qatorda ruhoniy bo'lishga imkoniyat beradi. Pravoslav xristianlari uchun bu aql bovar qilmasdir. Lyuteran cherkovlari butun Islandiya bo'ylab yoyilib ketgan bo'lib, ularning tashqi ko'rinishi esa, undan ham ko'proq xayratga soladi. Ular Xudo bilan uchrashish joyidan ko'ra ko'proq futuristik art ob'ektlarga o'xshaydi. Inshoat zamonaviy san'at muzeyi emas, balki, cherkov ekanligini faqat xoch borligidan anglash mumkin. Lekin ba'zan xoch ham bo'lmaydi.


Ularda bolalar mehribonlik uylari yo'q

Qo'rqmasdan aytishimiz mumkin-ki, har bir islandiyalik uchun oila bu - hayotdagi asosiy boylikdir. Mamlakatda baxtli va havfsiz bolalik uchun hamma sharoitlar yaratilgan: turli xil o'quv dasturlariga boy shinam maktablar, davlat posobiyalari (nafaqalar). Lekin, hammasidan ham ko'proq ilhomlantiradigani bu bolalar mehribonlik uylarining yo'qligidir. Islandiyada faqatgina vaqtinchalik qarab turadigan priyut (boshpana) mavjud bo'lib, u yerda yetim yoki vos kechilgan bolaga qisqa muddatlarda, unu o'z qaramog'iga olishga tayyor bo'lgan, samimiy oilalardan tashkil topgan butun bir navbatdan ota-onalarni tanlashadi. Birinchi qariyalar uylari ham yaqin vaqtdagina ochildi. Chunki, an'anaga muvofiq, kenja farzandlar, munosib qarilikni ta'minlab berish uchun, qarib qolgan ota-onalari bilan birga yashashni o'z burchlari deb bilishadi.


Ular "jinoyatchilik" so'zini bilmaydilar

Siz hoy na hoy Islandiyada dunyodagi jinoyat darajasi eng past mamlakatlardan biri deb eshtgan bo'lsangiz kerak. Mahalliy aholi qo'shnilari va notanishlardan qo'rqmaydi: siz baland devorlar, temir eshiklar va oynalarda panjaralar ko'rmaysiz. Islandiyaliklar ko'pincha o'z uylari va avtomobillari eshiklarini umuman qulflamaydilar. Qotillik va boshqa zo'ravonlikli jinoyatlar yiliga bir-ikki marotaba yuz beradi va ular ham affekt holatida bo'lgan bo'ladi. Xech qanday oldindan tayyorlangan zo'ravonlik rejalari yo'q.


Sviter ularning ikkinchi terisi

"Ko'ylakda tug'ilgan" degan ibora Islandiyada aniq bir muncha boshqacharoq ishlatiladi: "Muncha omadi kelsa, u aniq sviterda tug'ilgan!". Turli ranglarda, naqshinkor, mahalliy nom " lopapey"li sviterlarda islandiyalik sokin, chuqur tonning fonidagi bir guruh odamlar - odatiy va fayzli sur'at. Islandiya qo'ylarining juni har qanday parli buyumdan ko'ra yaxshiroq isitadi, lekin, to'g'risini aytganda, undan qilingan buyumlar tikandek sanchiladigan bo'lib chiqadi. Bu xom ashyo dag'al bo'lsada, lekin, teshib o'tib ketadigan yelvirga qarshi tura oladi va o'zidan suvni itarish hususiyatiga ega. Ajabtovur o'zaro yordam: fermer o'z xayvonlari haqida qayg'uradi va teskarisi. 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook