![Misr ehromlari: qadimiylikning buyuk arxitekturasi](https://odam.uz/public/upload/media/posts/2017-06/19/misr-ehromlari-qadimiylikning-buyuk-arxitekturasi_1497850393-b.jpg)
просмотров
U kichkina bo’lishiga qaramasdan, shu uch ehromlar ichida eng chiroyligi hisoblanadi. Mikerina ehromi katta ehromlar davrini kuzatib qo’yishga muvaffaq bo’ldi. Undan keyin qurilgan barcha ehromlar kichik hajmda barpo qilingan.
![](https://odam.uz/public/upload/media/entries/2017-06/19/801-11-c2cef912222319d81c95d626cda3440f.jpg)
4.Bu bilan Misr ehromlari tugamaydi, endi Gizadan boshqa joylarga ko’chamiz. Misrning katta piramidalaridan biri – bu Djoser ehromidir. Bu ehrom Sakkara qishlog’ida joylashgan bo’lib, naq Imxotepning o’zi tomonidan Djoser fir’avn uchun barpo qilingan. Maydoni – 125 metrga 115 metr, balandligi esa – 62 metrga teng. Bu Misrning eng birinchi ehromi hisoblanadi va shunga qaramay yaxshi saqlanib qolingan.
![](https://odam.uz/public/upload/media/entries/2017-06/19/801-13-c2cef912222319d81c95d626cda3440f.jpg)
5.Ko’rini shijihatidan eng noyob piramida – bu Medume ehromidir. U Misr poytaxtidan 100 metr janubroqda joylashgan bo’lib, Xuni fir’avni tomonidan qurila boshlangan,biroq uning o’g’li Snofru uni oxirigacha qurib bitkazgan. Ehromning avvaliga 8 ta zinapoyasi bor edi, biroq bizning davrga kelguncha bor-yo’g’i oxirgi uchtasi qolgan, xolos. Piramidaning balandligi – 118 metr, maydoni esa 146 ga146 metr.
![](https://odam.uz/public/upload/media/entries/2017-06/19/801-15-718e24799c16c394a3c406ebdae8e470.jpg)
6.Pushtirang piramida esa qurilishda ishlatilgan o’zgacha tosh tufayli shunday tusga ega. Bu ehrom balandligi bo’yicha Xeops va Xefren piramidalaridan keyin uchinchi o’rinda turadi. Balandligi 104, 4 metr.Tarixchilarning aytishlaricha, ushbu ehromni biz tanishib o’tgan Snofru fir’avni barpo qildirgan.
![](https://odam.uz/public/upload/media/entries/2017-06/19/801-17-718e24799c16c394a3c406ebdae8e470.jpg)
7.Pushtirang ehrom yaqinada Qiyshiq ehrom joylashgan. U eramizdan avvalgi XXVI asrda qurilgan bo’lib, noto’g’ri ko’rinishga ega bo’lganligi uchun shunday nom olgan. O’zingiz buni guvohi bo’lishingiz mumkin. Qarang: ehrom uch etapda qurilgan bo’lib, har birida har xil burchakli qiyaliklar yasalgan.
![](https://odam.uz/public/upload/media/entries/2017-06/19/801-19-718e24799c16c394a3c406ebdae8e470.jpg)
Сообщения из Facebook