просмотров
Quyida biz sizlarning e'tiboringizga dunyodagi ana shunday noyob sharsharalar aks etgan suratlarni taqdim etamiz.
Viktoriya sharsharasi shiningdek AfrikaningGubburlovchi Tutuni degan nom ham olgan. Sababi 108 metr balandlikdan soniyasiga bir necha ming litr suv tepadan tushar ekan, shovqin soladi. Shotlandiyalik tadqiqodchi Devid Livingston bu yerga 1855 yilda tashrif buyurar ekan,sharsharaning go’zalligi va buyukligiga maftun bo’lib, uni qirolicha nomi bilan atagan.
Gokta, Peru
Gokta – Peruda joylashgan bo’lib, kattaligi bo’yicha dunyoda beshinchi o’rinda turadi. Uning balandligi – 771 metr. Ajab, bunday sharshar borligi 2005 yilda ma’lum bo’ldi,ungacha esa uning manzarasiga mahalliy aborigenlargina mahliyo bo’lganlar.
Sazerlend, Yangi Zelandiya
Yangi Zelandiyada Sazerlend nomli sharhsara bor. U Janubiy orolda joylashgan bo’lib, dunyoning eng go’zal va mo’jizakor sharsharasi hisoblanadi. Unga yetib borish juda mushkul, biroq bu shunga arziydi. Yashil daraxtzorlar bilan o’ralgan 580 metr balandlikdagi qoyalardan tushayotgan ingizchka suv oqimi fantastik manzarani beradi.
Сообщения из Facebook