O'zining haybati va shiddati bilan hayratga soladigan dunyoning go'zal sharsharalari
O'zining haybati va shiddati bilan hayratga soladigan dunyoning go'zal sharsharalari
Sharsharalar - tabiatning go'zal manzaralaridan biridir.Suv oqimi shiddat bilan balandlikdan tushar ekan, parcha-parcha bo'lib, ketib, quyosh nurida tovlanadi - bu haqiqatdan ham hayratga soluvchi manzara. Har bir sharshara buyuklik va qudrat timsolidir, ammo dunyoda shunday sharsharalar borki, ulardan ko'z uzish amrimahol, soatlab tomosha qilging keladi.
Quyida biz sizlarning e'tiboringizga dunyodagi ana shunday noyob sharsharalar aks etgan suratlarni taqdim etamiz.

Islandiyadagi Dettifos sharsharasi – Yevropadagi eng shiddatlidir. Uning balandligi 40 metr, tezligi esa soniyasiga 200 kub metr.Ushbu sharshara go’zal qoyalar, tog’ daralari va ko’llar bilan o’ralgan bo’lib,mahalliy aholi hamda sayyohlar orasida birdek mashhur.

Inga, Kongo

Inga, Kongo

Inga sharsharasi Kongodagi mashhur Livingston sharsharalari tarkibiga kiradi. U dunyodagi eng shiddsatli sharsharalardan biridir. Uning balandligi – 96 metr.

Roviyoki, Norvegiya

Roviyoki, Norvegiya

Royoviki sharsharasi Norvegiyaning Shibotn shahrida joylashgan. Bu shahar o’zining astrofizik obsevatoriyasi bilan mashhur bo’lib,bu observatoriya dunyodagi eng shimoliy observatoriya hisoblanadi.

Chjenchjutan, Xitoy

Chjenchjutan, Xitoy

Chjenchjutan sharsharasi Xitoydagi Tsyuchjaygou qo’riqxonasida joylashgan bo’lib, o’zining ko’rinishi bilan odamni o’ziga mahliyo etadi.Qoyalar tepasiga yo’’laklar bo’lib, sharshara ular bilan to’qnashganda ko’plab mayda sharsharalarga bo’linadi hamda shiddat bilan pastga tushadi.

Rido, Kanada

Rido, Kanada

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook