Parijga birinchi marotaba tashrif etganda, shaharni ko'zdan kechirish qiyin masala bo'lib tuyulishi mumkin. Shaharning deyarli har bir santimetri go'zallik va tarixga to'la bo'lib ko'rinadi.
Ularning barini ko'rib, o'rganishga arziydi. Lekin, Parijning ba'zi diqqatga sazovor joylari borki, ularni qoldirib ketish mumkin emas. Bu maqolada Parijning, ommaviy mashxurligi, tarixiy ahamiyati yoki estetik maftunkorligi uchun tanlangan, 10 ta eng zo'r diqqatga sazovor joylari taqdim etilgan. Agar, siz Parijning eng yorqin diqqatga sazovor joylarini ko'rmoqchi bo'lsangiz, bu yo'riqnoma sizga birinchi bo'lib nimani ko'rib, nima bilan mashg'ul bo'lishni aniqlashda yordam beradi.
Shunday qilib Parijning diqqatga sazovor joylarning (sur'atlar bilan, kommentlar, Parijning diqqatga sazovor joylarining xaritadagi belgilari bilan) top - 10 taligini taklif qilamiz:
Luvr
Notr-Dam sobori
Eyfel minorasi
Orse muzeyi
Sorbonna va Lotin kvartali
Triumfal arka va Elisey dalalari
Jorj Pompidu markazi va "Bobur"
Sakre-Ker, Monmartr, Mulen Ruj
Per-Lashez qabristoni
Sena bo'ylab qayiq sayohati
1. Luvr.
louvre
Luvr bilan mayda detallargacha tanishib chiqish uchun butun umrni bag'ishlash kerak. Bunga qaramay, nimadandir boshlash kerak:). Dunyoning XX asrgacha yaratilgan rassomlik, haykaltaroshlik, dekorativ shedevrlari, shoh asarlarning eng yirik va keng kolleksiyalari yig'ilgan joy. Luvr, shubhasiz, Parijning eng mashxur diqqatga sazovor joylaridan biri. Mona Liza va Milossk Venerasini yodda tutgan holda, Vermeer, Karavadjo, Rembrand va boshqa ko'plarning ishlaridan bahramand bo'ling. Qasrning o'zi O'rta asrlardan to bizning kunlargacha bo'lgan davrni o'z ichiga olgan boy tarixning guvohnomasidir. Qo'shni bo'lgan Tyulri bog'lari tashrifdan avval va so'ng sayr qilish uchun ideal mos.
2. Notr-Dam sobori.
Agar siz Evropaning go'zal va betakror soborlaridan biri, gotik arxitekturasi - Notr-Damga tashrif etmasangiz, Parijga bo'lgan safaringiz to'liq bo'lib hisoblanmaydi. Notr-Damning ajoyib minoralari, shpillari, vitrajlari va haykallari, kafolatli, sizni maftun qiladi. Avval bu sobor O'rta asrlar Parijining yuragi bo'lgan. Chunki, uni bitirish uchun deyarli 100 yil og'ir mehnat talab etilgan. Shimoliy minorasiga ko'tarilganda, aynan o'sha Kvazimodoning vitrajlari orqali, Parijga g'aroyib panorama ko'rinishi ochiladi. Soborni bir marotaba ko'rib, siz nima uchun Notr-Dam Parijning asosiy diqqatga sazovor joylaridan biri ekanini tushunasiz.
3. Eyfel minorasi.
Eiffel Tower
Boshqa mo'ljallardan ko'ra eng ko'p bo'lib, Eyfel minorasi Parijning orasta va zamonaviy ramzi hamda, asosiy diqqatga sazovor joyi bo'ldi. 1889 yilda Xalqaro ko'rgazma uchun Gyustav Eyfel tomonidan qurilgan, temir minora, ochilgan vaqtida parijliklar orasida juda ham nomashxur bo'lgan edi. Noroziliklat sababli uni demontaj qilish qarori qabul qilinishiga oz qolgan edi. Baxtga ko'ra, bu yuz bermagan edi. O'sha uzoq vaqtlardan beri Eyfel minorasi 220 milliondan ortiq tashrifchilarni o'ziga jalb qilgan. Hamda, Parijni xozir usiz tasavvur qilish qiyin ishdir.
4. Orse muzeyi.
Musée d'Orsay
Luvrdan ko'prik orqali Orse muzeyi tomonga sayr qiling va ko'ring - bu axir klassik va zamonaviy san'at o'rtasidagi ko'prikku! Orse muzeyining keng va yorug' zallari impressionustlar va posr-impressionistlarning rassomchilikni dunyodagi eng qimmatbaho kolleksiyalarini taqdim etadi. Ular sizni 3 qavatda Degning raqqosalaridan Monening liliyalarigacha bo'lgan zamonaviy durdona asarlar bo'ylab olib o'tadilar. Sizni Van Gog, Delakrua, Monelarning asosiy ishlari kutmoqda.
5. Sorbona va Lotin kvartali.
The Sorbonne and the Latin Quarter
Sorbona Parijning navbatdagi yorqin diqqatga sazovor joylaridan biri, hamda Lotin kvartalining tarixiy ruhidir. Sorbonada ilmiy fikr asrlar davomida gullab yashnagan. 1257 yili kichik guruh teolog talabalar uchun asoslangan Sorbona, Evropaning eng qadimiy universitetlaridan biridir. U ko'plab buyuk muloxazachilar, shu qatorda faylasuflar Rene Dekart, Jan-Pol Sartr va Simon de Bovuarlar uchun tayanch bo'lgan. Kolledj qarshisidagi kafening yerrasasida ichimliklardan bahramand bo'ling. So'ng, Sorbona qarshisida joylashgan Lotin kvartalining kichkina ko'chalarini o'rganishga otlaning.
6. Triumfal arka va Elisey dalalari.
Arc de Triomphe and the Champs-Elysées
Deyarli ellik metrlik Triumfal arka imperator Napoleon I buyurtmasi bo'yicha qurilgan bo'lib, xozir aynan boshlang'ich maqsadi bo'lgan: absolyut harbiy kuch va tantana hissini uyg'otish rolini bajarmoqda. Bu diqqatga sazovor konstruksiya Parijda o'z sharafiga o'zi haykallar qurgan davrlarda qurilgan uylar. U vaqtlarda inshoatlarning masshtablari ularni qurdirganlarning egosini aks ettirgan. Napoleon soldlari va generallar xotiralarini arkaning go'zal skulpturalari va bareleflari ulug'laydilar. Triumfal arkaga Elisey dalalarining bir xilda ulug'vor avenyularini sayrini boshlash yoki yakunlash uchun tashrif etong. Siz albatta o'zingizni ulug'vor deb his etasiz!
7. Jorj Pompidu markazi va "Bobur"
Centre Georges Pompidou, Beaubourg
Parijliklar Jorj Pompidu markazini shaharning madaniy pulsi deb hisoblaydilar. Bu zamonaviy san'at muzeyi va madaniy markaz mahalliy aholi tomonidan yoqimli qilib Beaubourg (Bobur) deb nomlangan joyda joylashgan. U 1977 yili prezident Jorj Pompidu sharafiga ochilgan edi. Uning o'ziga xos skeletga o'xshash konstruksiyasi suyaklar va qon tomirlarini eslatadi. Bu ko'rinish doim kategorik reaksiyani yuzaga keltirgan: yoki doimiy hayrat, yoki doimiy nafrat, lekin xech qachon mo'tadil o'rtacha tuyg'ular emas. Agarda ekssentrik dizayn sizning didingizga yoqmasa, u holda sizning diqqatingizni Zamonaviy san'at milliy muzeyidagi ishlarning kolleksiyasi o'ziga tortishi mumkin. U huddi shu binoda joylashgan. O'z ichida Modilyani va Matisslarning asarlarini jamlagan. Muzeyda XX asrning dunyodagi eng nufuzli san'at kolleksiyalari ko'rsatilgan. Hamda, Jorj Pompidu markazining tomiga ko'tarilib, u yerdan shaharga ochiladigan go'zal ko'rinishni tomosha qilish juda zo'r imkoniyati bor.
8. Sakre-Ker, Monmartr, Mulen Ruj.
Sacre Coeur, Montmartre
Takrorlanmas oq gumbazlari bilan Sakre-Ker bazilikasi Parijning eng baland nuqtasi, Monmartr tepaligida joylashgan. Bu bazilika 1909 yili yoritilgan edi. U o'zining hayratda qoldiruvchi ko'rinishidan tashqari, yorqin tilla mozaikali interyeri, hamda Parijning keng panoramasi ochiladigan terrasasi bilan mashxur. Monmartrgacha metro stansiyasi yonida joylashgan funikulyorda uchib o'ting, yoki tepalikka zinapoyalardan ko'tarilib Sakre-Kerni ko'ring, so'ng Monmartrning kichkina qishloqdagiga o'xshash kochalarini o'rganishga otlaning. Sakre-Kerga ko'yarilishga va Monmartr bo'ylab sayrga kuchingizning katta qismi ketganidan keyin shu atrofda joylashgan, mashxur Parijning klassik kabaresi Mulen Rujni izlab toping.
9. Per-Lashez qabristoni.
Parijda bo'la turib hayolingizga qabristonga tashrif etish kelmaydi. Lekin, aslida ularning ba'zilari haqiqatda diqqatingizga va qaysidir ma'noda taxsinningizga loyiq. Dunyodagi eng "she'riy" qabriston bo'lib, Per-Lashez qabristoni hisoblanadi. Bu yerda ko'plab taniqli odamlar ko'milgan, masalan, ular orasida Doors guruhi yetakchisi Djim Morrison bor. Uning qabri doimiy ravishda uning ko'p sonli muxlislari tomonidan qo'llab turiladi. Shu yerning o'zida siz fransuz dramaturgi Moler, Oskar Uayld, Edit Piaf, Richard Rayt va boshqa ko'plab taniqli odamlarning qabrlarini uchratasiz. Per-Lashez qabristonini oddiy qabriston bilan assosiasiyalash kerak emas. Bu yerda sayr ancha qiziqarli va aniq koloritli bo'ladi.
10. Sena bo'ylab qayiq sayri.
boat-tour-of-the-seine-river
Sena daryosi bo'ylab suzib, Parijning ko'p sonli diqqatga sazovor joylarining ko'rinishlaridan bahramand bo'lish - bu haqiqatda esda qolarli taassurot. Bateaux Parisiens kabi turli xil ekskursion firmalar Sena bo'ylab bir soatlik ekskursiyani 10 evroga taklif qiladilar. Bortga chiqish yoki Eyfel minorasi yoki Notr-Dam yonida amalga oshiriladi. Bunday ekskursiyani, suvdagi chiroqlar aksining o'ynidan bahramand bo'lish uchun, kechqurun olishni tavsiya qilamiz. Issiqroq kiyining, chunki suvda doim salqinroq. Senadan tashqari, siz Parijning boshqa suv yo'llari - ba'zi kanallar bo'ylab ekskursiyalarni ham ko'rishingiz mumkin. Bu sizga shaharning turistlar ko'zlaridan berkingan xususiyatlarini ko'rish imkonini beradi.
Сообщения из Facebook