Pilatusban – dunyodagi eng keskin temir yo’l
Pilatusban – dunyodagi eng keskin temir yo’l
Pilatusban – dunyodagi eng keskin temir yo’l

Pilatusban – dunyodagi eng keskin temir yo’l hisoblanadi. Alpnaxshtadt shahridan to Pilatis tog’i tepasigacha bo’lgan yo’l, bir juft yo’ldagi to’xtash joylari bilan, yarim soatni tashkil etadi. Pilatisban temir yo’lining eng havfli qismi uning oxirida – poyezd tonnellarga kirgan va sayyohlar o’rindiqlariga seskanib yopishib olganlarida boshlanadi.

Mana shu yerda haqiqiy shvesiyalik ekstrim boshlanadi.

Pilatus– bu Shvasiya Alplaridagi tog’li massiv bo’lib, “Boroib ko’rish kerak” bo’lgan joylardan biri. Tog’ cho’qqisiga uch hil yo’l bilan yetish mumkin: tishli temir yo’l orqali (Alpnachstad dan), kanatli yo’l (Kriens dan) yoki piyoda. Ko’tarilishning xar bir uslibi yodda qolarli ta’surotlar qoldiradi. Asosiysi obi havoni yaxshi bo’lishida. U esa bu yerlarda juda o’zgaruvchan – yomg’ir quyoshli ob havoni birdaniga almashtirib yuborishi va aksincha bo’lishi ham mumkin. Ba’zan esa bu hol kuniga bir necha bor bo’ladi.

Pilatisban– eski temir yo’l bo’lib, uni 1889 yili ochishgan va 1937 yili eketrlashtirilgan edi.

Temir yo’l qurilishi taniqli injener Eduard Loxer loyihasi asosida amalga oshirilgan. Qizigi, u ikki tishli gildirakli, gorizontal harakatlanuvchi konstruksiyaning loyihasini taqdim etganida, uni tentak deb atashgan. Bugun esa, Locher sistemasi– temir yo’llarda eng ko’p tarqalgan tishli ilintirib olishkonstruksiyalaridan biridir.

Ma’lumot uchun: tishli temir yo’l – tramsportning relsli turi bo’lib, uning motorli vagonlari (yoki lokomotiv) bir yoki bir nechta tishli g’ildiraklar bilan jihozlangan. Ular harakat vaqtida yoqiladi. Oddiy relslar o’rtasida lokomotivning (yoki vagon) tishli g’ildiragi ilinadigan tishli reyka yotqizilgan. Bunday texnologiya 16% va undan ortiq qiya kotarilishlarda (quruq sharoit uchun) va 14% gacha (nam sharoit uchun) relslar bilan yaxshiroq bog’lanishni ta’minlaydi.

Xozirgi vaqtda dunyoda 150 tishli temir yo’llar bor. Ekspluatasiyada doimiylari esa 60 ga yaqin. Barcha ishlab turgan yo’llarning 50% Shveysariyaga to’g’ri keladi.

Bu davlatda shu kabi yo’llarni ekspluatasiyasida, o’z ishlab chiqaruvida eng chaqqon zamonaviy sostav va keskin yo’llar (28% va 48% qiyalik),  eng ko’p tajriba bo’lib,  . Bundan tashqari shveysariya yo’llari rentabelli va daromadlidir.

Avstraliya, Germaniya, Vengriya va bir qator lotin amerikasi davlatlari (Braziliya,Venesuella, Chili) tishli temir yo’llari bilan maqtansa bo’ladi.

Ularni tog’li hududlarda sayyohlar marshrutlarida harakatlanish vositasi va shahar passajirlar transporti (masalan Budapesht, Syurix yoki Shtutgart) sifatida ishlatishadi.

 

Pilatusban marshruti bo’yicha xar biri 40 kishilik 10 ta vagon qatnaydi. Yo’lning maksimal o’tkazuvchanlik qobiliyati – 340 odam soatiga. Harakatning o’rta tezligi – 9-12km/s.

Vagonlar ichitoza va o’tgan asrning 50-yillar uslubida interyer ishlangan. E’tiborni birinchi navbatda qo’lda ko’tariladigan oyna ko’targichlar va “Oynadan osilibqaramaslik” yozuvlari jalb etadi. Bu juda muhim – yo’lning ba’zi uchatkalarida qolni oynadan chiqarib tog’ gullarini terib olish yoki qoyalarga tegish mumkin bo’lgan joylari bor.

Vagonda Pilatus cho’qqisiga qarab o’tirish kerak. Chap tomondan tog’, qoyalar,o’tzorlar, o’rmonlar peyzajlari, o’ng tomonda esa, ularga ko’llar va aholi punktlari ko’rinishlari qo’shiladi.

Butun Shveysariyadagi kabi, atrofda o’tlayotgan sigirlarning qo’ng’iroqchalari tovushi eshtiladi. Kim poezd boshqaruvi prosessiga qiziqsa, birinchi vagonga o’tirib, mashinistning ishini kuzatishi mumkin.

Yo’lda 30 daqiqa vaqt tez o’tib ketadi. Marshrut bo’yicha poezd qisqa to’xtashlar qiladi.

Ularning biri Amsigen stansiyasida bo’lib, bir necha daqiqa davom etadi va bu yer fermerlaridan pishloq sotib olish mumkin. Lekin Rossiyadegidek poezd oynasidan yoki perrondan emas, balki, uychaga o’tib, pishloqni degustasiya qilib. Ammo poezd degustatorlarni kutmaydi, ular jadval bo’yicha keying poezdni kutishlariga to’g’ri keladi.

Marshrutning yakunlovchi va eng qiziqarli kesimi – bu qoyalardan o’yilgan, tonnellardan o’tish. Bu aynan usha 48% qiyaliklar bo’lib, bu o’nlab metrlik jarliklar poezddan bir metr tepalikda. 

Hayoladan “Agar tormozlar ishdan chiqsa, qancha vaqt pastga qulaymiz?” degan savol paydobo’ladi. Hazil! Fotokamerani qo’ldan tushurib yubormasdan va bo’ynini qayirib olmasdan navbatdagi tonnelga kirib olish haqida o’ylanadi. Safarning, ko’pchilik e’tibor bermaydigan, yagona minusi – bu tishli g’ildiraklar shovqini.

Pilatus Kulm tog’ cho’qqisida xamma narsa – mehmonxonalar, restoranlar, kafe, suvenir do’konlari, ochiq va yopiq tomosha maydonchalari va besh piyodalar so’qmoqlari bor.

Nima bilan mashg’ul bolish: Pilatusban temir yo’lida poezdda sayr davomida oyna ortidagi peyzajlarni ko’rish va sur’atga olish.

Qanday etib olish: Alpnaxshtadt Pilatus tog’i etagida joylashgan. U yerga Lyuserndan poezdda (30 daqiqa) yoki paromda (1 soat) etish mumkin.

Ekipirovka: qo’lni chuzib alp gullarini terib olish havasi kuchli bo’lsada, oynadan osilib qarash mumkin emas.

Infrastruktura: poezd 10 vagondan iborat.

Ta’surotlarni qanday yaxshilatish: mahalliy fermerlardan, oradagi to’xtash joyida chiqib, pishloq sotib olish. U holda albatta keying poezdni kutishga to’g’ri keladi.

Kinish narxi: 68 shveysariya franki.

Ish tartibi: 8:10 dan to 17:50 gacha. Ortga oxirgi poezd 18:45 da ketadi.

Qayerda tunash: Lyusern shahrida yoki Pilatus cho’qqisidagi mehmonxonada.

Estalik uchun nima olib kelish: mahalliy fermerlardan pishloq, ko’p fotosur’atlar va ta’surotlar.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook