Ko’pgina restoranlar pazandachilik san’atida bir birini ortda qoldirishga harakat qilishadi. Ammo dunyoda shunday ajoyib jamoat ovqatlanish joylari borki, u yerda asosiy e’tibor ovqatga emas, takrorlanmas muhit va misli bilinmas manzaralarga qaratiladi.
8. «Tripod Dayning», Ku Kod, Tailand
Bu restorandagi stellar qush ini ko’rinishida qurilgan kapsulalarda joylashgan. Attraksion yerda boshlanadi – mehmonlarni stolga o’tqazishadi, kamarlarni taqishadi va 5 metr balandlikka ko’tarishadi. Mahalliy ofisiantlar qo’llarida taomlar bilan arqonlar bilan sakrab, akrobatika mo’jizalarini namoyish qilishadi.
9. «Le 3842», Shamoni, Fransiya
3 842 metr – bu restoran joylashgan balandlik, va bu restoran Yevropadagi eng baland restoran deb tan olingan. Bu yergacha yetib olishning o’zi sarguzasht, va bunda qo’li yetgan dadillar nafaqat a’lo darajadagi taomlardan, balki bulutlardan ham baland turgan Monblan cho’qqilari manzaralaridan bahra olishlari mumkin.
10. «Ful Batler Skay Dayving», Singapur
Singapurning kechki ko’rinishiga manzarani ochib beruvchi restoranda tushlikni, “zali” aylanma g’ildirak kapsulasida joylashgan joyda qilish mumkin. G’ildirak umuman xavfsiz bo’lsada, u yerda o’tira turib, bir zumda yerdan 165 metr balandlikka ko’tarilganingizni sezib, ensangiz qotsa kerak.
11. «El Dyablo», Kanar orollari, Ispaniya
“El Dyablo” restorani o’z nomiga juda mos – bu yerda chindan ham shayton uyasidek issiq. Va buning barchasi, bu restoran aktiv bo’lmagan ammo harakatlanadigan vulqon og’zida qurilgan, barcha taomlar esa vulqon ustida joylashgan maxsus moslamada pishiriladi.
Сообщения из Facebook