Bankokdagi ilohiy fil, Xakasiyadagi smetana bilan suritiluvchi tosh, zanglamaydigan ustun va boshqa xavfsiz variantlar.
Hatto eng katta skeptiklar fontanga tanga tashlashadi yoki hech kim ko’rmayotgan paytda, nolinchi kilometrli belgida turib, tilaklarini aytishadi. Orzuingizni ro’yobga chiqartirishga yordam beruvchi joylar dunyo bo’yicha tarqatib chiqilgan. Ular afsonalar bilan to’lib boradi, turistik yodgorliklarga aylanishadi va ba’zida chindan ham kimgadir tilagini oshishiga yordam beradi.Dunyo xaritasini yaxshilab o’rganib, Forbes jurnali moliyaviy xotirjamlik, sog’lik va hatto sevgini so’rash mumkin bo’lgan 10 ta maskanni tanladi.
Dehlidagi ustun (Dehli, Hindiston)
Qayerda: Kutub arxitekturali majmuasi, Dehli-Gurgaon Roud, Mexrauli, Shimoliy Dehli, Hindiston.
Narxi: majmua hududiga o’tish 250 rupiy.
Nimani so’rash: sog’lik va tilaklar ushalishini.
Dehlidagi ustun o’zidan 7 metrdan sal uzun va kilosi 6,5 tonnani tashkil qiluvchi ustundir. U deyarli bir yarim ming yillik mobaynida Kuvvat-ul-Islam maqbarasining tashlandiq joylariga yaqin joylashgan, va undagi cho’zib yozilgan sanskritdagi yozuvda aytilishicha, u shoh Chandraguptaning O’rta Osiyo xalqlari ustidagi g’alabasiga atab barpo etilgan.
Olimlar ushbu haykalning sirini aniqlash uchun yillab ter to’kmoqdalar. Gap shundaki, kolonna deyarli korroziyaga uchramaydigan sof temirdan qilingan, va bunga hatto hozirgi darajadagi texnologiyalar bilan ham juda qiyin. Aynan shu sababli ba’zilarning fikrlariga ko’ra, ustun – o’zga sayyoraliklar tomonidan qo’yilgan belgidir. Tadqiqotchilar holatni boshqacha tushuntirishadi. Ular fikriga ko’ra, bu yerda gap o’zga sayyoraliklarda emas, balki Dehlidagi o’ziga xos iqlim sharoitlarida, va aynan shu sababli haykal yuzida maxsus qoplama shakllangan va aynan o’sha uning buzilishidan saqlaydi.
Mahalliy fuqarolar ta’kidlashlaricha, kolonna mo’hizaviy kuchga ega va xohlagan kasalliklarni davolashga qodir. Hatto odam ustun oldiga xassa bilan kelsada, unga qo’lini tekkizganidayoq, xassalarini tashlab yuborar ekan. Aytilishicha, haykal nafaqat kasalliklarni davolaydi, balkim, turli xil istaklarni bajo keltiradi. O’zingizda sehrli kuchini sezishingiz uchun, kolonnaga orqangiz bilan suyanib, qo’llaringiz bilan uni o’rab olishingiz kerak, va bunda barmoqlaringizni iloji boricha birlashtirishingiz lozim. Shu holatda bir necha daqiqa turib, niyatingiz amalga oshadi deb umid qilish kerak. Kolonna hududida tashlab yuborilgan xassalar hali kuzatilmagan.
Eravan Mehrobi (Bangkok, Tailand)
Qayerda: Bagkok markazidagi Ratchadamri va Pxloen Chit ko’chalari chorrahasida, Tailand.
Nimani so’rash: tilaklar ushalishini.
Eravan mehrobi Bangkokning eng jonli chorrahalaridan birida joylashgan. Bu joyni balan osmono’par binolar va qimmat do’konlar orasida topish oson – u doimo o’zining yorqin rangli taqinchoq va bezaklari (xushbo’y hidlar ham o’nlab qadamda) bilinib turadi. Mehrobni yarim asr oldin Indra xudosi va uning fili Eravan nomiga atab nomlashgan, va figura markazida to’rtboshli ilohiy jismning bronzali tilla yurgizilgan shakli joylashgan.
Mehrob, shu nomli mehmonxona ro’parasida joylashgan, va uning qurilishi tugalmas noxushliklar bilan davom etgan. Xollni bezash uchun mramorli kemani suv bosdi. Keyin noaniq sabablarga ko’ra bir nechta ishchilar halok bo’lishdi. Xavotirlangan taylar braxmanlarga murojaat qilishdi, va ular javoban mehmonxona oldida mehrob barpo qilishni maslahat berishdi. Shundan so’ng qiziq holatlar sodir bo’lishi tugadi. Tailand poytaxtining xursand odamlari ushbu joyga kelib, ilohiy sovg’alarni berishni boshladilar. Ularga qarab butun dunyo turistali ham kelishni boshlashdi. Mahalliy fuqarolar aytishlaricha, agar ilohlardan biror narsani chin dildan so’rasa, unda tilagiz albatta, amalga oshadi. Indraga fil haykalchalarini, aromatik shamlarni va gulli girlyandalarni berish mumkin. Ba’zan esa mehrob poydevorida qayanatilgan tuxum va boshqa yeguliklarni ko’rish mumkin.
Eravan ro’parasida kichik bir devor mavjud. Tilaklari ushalgan odamlar, Indraga atab raqs tushib berayotgan raqqosalarga pul bergan holda tashakkurlarini bildirishlari mumkin. Kechqurunlari bu yerda ko’pincha milliy tay raqsli shoular o’tkaziladi.
Pullik eman daraxti (Mari oroli, Shotlandiya)
Qayerda: Mari oroli markazida Mael Ruva minorasiga yaqin.
Narxi: qayiqdagi ekskursiya uchun £15.
Nimani so’rash: tilak ushalishini.
Ba’zi Buyuk Britaniyaliklar, agar daraxt po’stiga tanga qo’yib qo’ysa, tilaklari ushaladi deb ishonishadi. Ammo, daraxt oddiy daraxt bo’lmasligi kerak. Bu kabi marosim daraxtlar Birlashgan Qirollikning ko’p joylarida bo’lishi kerak, biroq ularning ko’pisi Shotlandiya va Irlandiyada. Eng taniqlilari orasida – Lox-Marining orollaridan biridagi - Maridagi eman daraxti. U qirolicha Viktoriyaning 1877 yildagi tashrifi sababli tanildi: sayohati paytida qirolichaning o’zi marosimni amalga oshirdi va keyinchalik bu haqida kundaligida yozdi ham. Eski emanning po’stlog’i deyarli bilinmaydi, chunki u butunlayin tangalar bilan qoplangan, ularning eng eskisi 1828 yilga tegishli.
Pullik eman oldida, afsonalarga ko’ra, qadimgi ilohiy quduq bor edi va u aqlidan ozganlarni davolashi mumkin bo’lgan. Kasalni qo’y oyog’ini boylab, qayiqqa yotqizishgan, va unda orol atrofida uch marta soat strelkasiga qarshi aylantirishgan. Bunda kasalni har doim suvga tashlab, qaytib chiqarishardi. Bunday marosimdan so’ng u o’sha suvdan yaxshilan ichib olishi kerak edi. Keyin esa eman po’stiga tanga tiqishardi yoki shunchaki shoxlariga bog’ich bog’lab qo’yishardi.
Bu kabi marosimlarni XIX asr o’rtalarigacha bajarganlar, ammo keyinchalik ko’lning ilohiy kuchiga bo’lgan umid yo’qolib ketgan. Emanni esa haligacha ilohiy deb biishadi. Birinchi Jahon urushi vaqtida daraxt katta ziyon chekkan, va uni bir necha vaqtda olib qo’yishgan edi. Ammo kechroq shoxlarni va badanining bir qismini qayta joyiga qaytarishdi. Tilagini oshirtirmoqchi bo’lganlarning istaklari vaziyatni o’zgartira oldi.
Сообщения из Facebook