Bankokdagi ilohiy fil, Xakasiyadagi smetana bilan suritiluvchi tosh, zanglamaydigan ustun va boshqa xavfsiz variantlar.
Sharq Venetsiyasi deb ataladigan Suchjou, ikki yarim ming yil oldin barpo qilingan. Shahar qurilishi haqida sulola hukmdori U buyruq bergan, uning xohishiga ko’ra, Suchjou dunyodagi eng go’zal joylardan biriga aylanishi kerak edi. Shundoq bo’ldi ham. Xityliklarda maqol ham tug’ildi: “Osmonda Jannat bor, yerda esa – Suchjou va Xanchjou”.
Qadim zamonlardan Suchjouda doimo suv bosishlar bo’lib turgan. Va shaharni bundan qutqarish uchun xitoyliklar kanallarning kengaytirilgan tizimini qurishdi. Qachonlardir ular mingga yaqin bo’lgan, ammo bugungi kungacha atigi 200 ga yaqini saqlanib kelgan. Avvallari ularni yog’ochdan qurishgan, keyinroq toshdan qurganlar, va har bir ko’prik o’z nomiga ega. Karyera ko’prigi, Farovonlik, Tinchlik, Omad ko’prigi va boshqalar.
Eng qadrli va taniqli ko’priklardan biri – Qimmatli kamar ko’prigidir. Uni imperator Yuan Xe davrida XI asrda qurganlar. Uning uzunligi – 317 m, va afsonaga ko’ra, u sotilgan nefrit kamaridan kelib tushgan tushumga qurilgan. Ko’prikni qurish buyurilgan mahalliy prefektda mablag’I tugab qolgan. Ishni oxirigacha yetkazish uchun, unga nefrit kamarini – Suchjou hukmdoridan sovg’ani sotishga to’g’ri keldi. Aytilishicha, Qimmatli kamar ko’prigi moliyaviy barqarorlik va ishlarga omad keltiradi. Buning uchun ko’prik ustidan suvha tang ava biror bir taqinchoq tashlash lozim.
O’lim qudug’i (Chichen-Itsa, Meksika)
Qayerda: Chichen-tsa shahrining asosiy qurilmalaridan 300 m shimolroqda, Yukatan.
Nimani so’rash: omad va tilaklar ushalishini.
Chichen-Itsa shahri, Yukatan yarimorolida joylashgan bo’lib, yomon shuhratga ega. Aynan o’sha yerda O’lim qudug’i degan joy bor, va aynan uni qadimiy mayalar qurbonliklar uchun ishlatishgan. Bu joy haqidagi birinchi eslatmalarni yepiskop Diego de Landon, hindular marosimlarini tasvirlagan insonning yozuvlarida topish mumkin. Uning so’zlariga ko’ra, quruqchilik davrida mahalliy yashovchilar eng chiroyli bokira qizni topib, uni arqonlar bilan bog’lab, suvga, u o’lishigacha botirib qo’yishgan. Shunday qilib ular xudolarga qurbonlik qilib, yomg’ir yog’ishini so’rashgan. Chuqurlikka ko’pgina qiymatli jismlar ham tushgan: qimmatli toshlar, tilla bezaklar, qimmatli metallardan jihozlar. Mayalar hisoblashlaricha, bu marosim davrida tashqariga krokodilga o’xshash yashil ruh ko’tarilar edi.
XX asrda ikkita amerikaliklar quduq ichiga ekspeditsiyani amalga oshirishdi. Qurbonlikla haqidagi afsona tasdiqlandi. Quduqda ko’pgina skeletlarni topishdi. Aniqlanishicha, hindular quduqqa nafaqat yosh qizlar balki, yigitlar va hatto bolalarni ham tashlashgan. Quduq allaqachon qurbonlik maskani bo’lmasada, ko’p insonlar uning mo’jizaviy kuchiga haligacha ishonishadi. Bugunda odamlar unga tilaklari ushalishi uchun tanga tashlashadi. Kimdir yomg’ir so’raydimi yoqdi no’malum.
Syuyumbike minorasi (Qozon, Tatarstan)
Qayerda: Qozon kremli.
Nimani so’rash: muhabbat va tilaklar ushalishini.
Shimoliy-sharqqa ozgina egilgan minora, Qozon kremlining bir qismi va Qozonning asosiy belgilaridan biri hisoblanadi (aytgancha, u mashhur Pizan minorasidan ikki metr balandroq). Syuyumbike minorasi haqidagi birinchi eslatmalar 1777 yildagi manbalarda topilgan, boshida uni Xan-Djami yoki Xan-Mechete deb atashgan, va totor tilidan tarjima qilinganda “xon maqbarasi” deb tarjima qilinadi. Minoraning hozirgi nomi birinchi bo’lib “Zavoljlik humoli” jurnalida paydo bo’ldi, va uning sonlarining birida Qozon yodgorliklari haqida maqola bosib chiqarilgan edi.
Minora bilan ko’pgina afsonalar bog’liq. Ulardan birida yozilishicha, uni Syuyumbike malikasi - o’z turmush o’rtog’i- xon Safa-Girey nomiga atab minorani qurgan – malikaga atab nom berganlar. Boshqa variant bo’yicha, u Ivan Grozniy buyrug’iga asosan Qozonga ega bo’lishidan yeti kundan so’ng barpo qilishgan. Aytishlaricha, rus hukmdori qozonlik malikasining qo’lini so’ragan. U esa Ivan Grozniy minora qurish shartini qo’ygan. Hammasi tayyor bo’lganida, Syuyumbike minoradan o’zini tashlagan.
Qozon yodgorligi oldiga turlicha tilaklari bor odamlar kelishadi, lekin u, ayniqsa sevgi bobida omad so’raydiganlarga yordam beradi. Aytishlaricha, aytilgan tilak, minoraga peshonangiz bilan suyalib ichingizda uch niyat aytganingizda ushaladi. Sevgi bobida esa omadni, minoraga orqangiz bilan suyanib so’rasangiz ushalishi aniq.
Mengirlar (Xakasiya Respublikasi, Rossiya)
Qayerda: Xakasiya Askiz tumanidagi “Yenisey” avtoyo’li bo’ylab hududda.
Nimani so’rash: sog’lik va tilaklar ushalishini.
Mengirlar – yerga vertical tarzda urib qo’yilgan ulkan sirli plitalar – ko’p yillar davomida olimlarni bezovta qilib kelmoqda. Ba’zi ma’lumotlarga ko’ra, ularni 4000 yil oldin yashagan qabilalar qurganlar, ammo bu toshli plitalarning ishlatilish maqsadi haligacha aniq emas. Bu 50 tonnali toshlarni tog’ cho’qqisiga qanday qilib chiqarganliklari ham aniq emas.
Qadimgi odamlar mengirlardan kasalliklarni davolash uchun ishlatishgan degan gumon bor. Ba’zi olimlar fikrlariga ko’ra, toshli plitalar yer yuzasi siniqlari yaqinida, maxsus energetic yorug’lik keladigan hududda joylashtirilgan. Shuning uchun qadimda bu joylarni sirli marosimlar o’tkazish uchun ishlatishgan.
Сообщения из Facebook