просмотров
Ularni o'z ko'zlari bilan ko'rish muammo emas. Biroq yerda shunday joylar borki, ular u yoki bu sabablarga ko'ra oddiy sayyohlar uchun yetib bo'lmaydigan joylardir.
Biz sayyoramizning, xech bo'lmaganda bir marotaba ko'rishni xohlaydigan 13 ta sirli joylari haqida bilib oldik.
Kofunlar, Yaponiya
Bu qo'l bilan yaratilgan orollar imperator oilasining qadimiy dafn etilish joylaridir. Ayrim hollarda ularga faqatgina arxeologlar, imperator saroyi ruxsati bilan, tashrif etishlari mumkin bo'ladi.
Shimoliy Sentinel oroli, Hindiston
Orolda yashovchi aborigenlar, o'z yerlarini begonalardan himoyalash yo'lida xech narsadan tolmaydilar. Shuning uchun, sizning havfsizligingiz uchun ham, Hindiston hukumati orolga yaqin kelishni ta'qiqlaydilar.
Zona 51, AQSH
Rasman maxfiy zona borligini, hujjatlarning bir qismini sirlilikdan chiqarib, faqatgina 2013 yiligina AQSH hukumati tan oldi. Hujjatlarga qaraganda, bu yerda AQSH ning HHK lari joylashgan bo'lib, u yerda yangi uchar apparatlar ishlab chiqilmoqda ekan.
Mariya Sionskaya Cherkovi, Efiopiya
Bu yerda maxsus qurilgan kichkina ibodatxonada butxonaning asosiy muqaddas qadamjosi - "Zavet Kovchegi" saqlanadi. Uning oldiga kirishga faqat butxonaning saqlovchisigagina mumkin bo'lib, unga umrbod ibodatxonani tark etish va begonalar bilan gaplashish man qilingan.
Kaxoolave oroli, AQSH
Bu qurg'oqchilikli orol o'zining butun tarixi davomida diniy marosimlar, jinoyatchilar uchun koloniya va AQSH mashqlar o'tkazish bazasi joylari bo'lgan. Xozir Kaxoolave qo'riqxona deb e'lon qilingan. U yerga tashrif etish faqatgina tabiatni qayta tiklash volonterlik brigadalari tarkibidagina mumkin bo'ladi.
Radiotelevizion stansiya BT Tower, Buyuk Britaniya
Minoradagi portlashdan so'ng, aylanadigan restoran va tomosha qilish maydonchasi tashrif uchun yopiq edi. Kamdan kam u yerda hayriya tadbirlari o'tkazilib turadi va yuzlab omadlilarda Londonga noodatiy rakursdan turib qarash imkoni paydo bo'ladi.
Ise ibodat kompleksi, Yaponiya
Mamlakatning asosiy muqaddas qadamjosiga faqatgina ibodatxonaning kohinlari va imperator oilasi a'zolari kirishlari mumkin. Qolgan barcha odamlar ibodatxona tomlarini tomosha qilishlari mumkin bo'ladi, ular bir necha devorlar ortida joylashgan.
Varosha tashlandiq shahri, Kipr
Bu Famagust shahrining tumani Kiprdagi eng mashxur turistik joy bo'lgan edi. Ammo, 1974 yilning iyulida hammasi o'zgardi: shaharga turk harbiylari bostirib kirgan, aholisi esa evakuasiya qilingan edi. O'sha vaqtlardan buyon shahar devorlar bilan o'ralgan bo'lib, turk armiyasining qo'rig'i ostidadir.
Seybl oroli, Kanada
Bu Atlantikada dreyf qilib yuruvchi, qumli orol, aholisi 30 kishidan kam bo'lib, cho'kib ketgan kemalar qabristonidir. U o'zining unikal tabiati tufayli qo'riqxona deb e'lon qilingan. U yerga tashrif etish uchun Kanada hukumatiga so'rovnoma yozib, unda safarning zarurligini isbotlab berish kerak.
Data-sentr "Pionen", Shvesiya
Stokgolmda sovuq urush vaqtida qurilgan bunker, bizning kunlarga kelib bitta shved xosting kompaniyasi uchun ultra zamonaviy ofisga aylantirilgan. Bu yerda, 30 metrlik chuqurlikda, yarim metrlik eshiklar ortida ko'pgina saytlarning ma'lumotlari saqlanadi.
Lasko g'ori, Fransiya
Unikal hushmanzarani saqlab qolish uchun 15 yillik sayyohlar uchun ochiq bo'lgan kirish yopilgan edi. Xozir g'orning aniq nusxasini yoki virtual turga tashrif etish mumkin.
Radiolokasiya stansiya " Don-2N", Rossiya
Bu piramida balandligi 40 metr, eni 140 metr bo'lib, Moskvaning PRO sining asosiy elementidir. Ayrim hollarda stansiyaga press-tur tarkibi ichida jurnalistlar tashrif etishishlari mumkin bo'ladi. Lekin ularga faqat ozgina joylarni ko'rsatishadi.
Xronikalar zali, AQSH
Rashmor tog'ida mashxur AQSH prezidentlari barelefidan tashqari u yerda maxfiy xona o'yilgan. U vaqt kapsilasini mujassamlantirib, o'zida mamlakatning muhim tarixiy hujjatlarni nusxalarini saqlaydi. Bu xonaga kirish granit plitasi va kodli qulf bilan yopilgan.
Сообщения из Facebook