Toshkent yaqinida joylashgan 10 ta dam olish maskani
Toshkent yaqinida joylashgan 10 ta dam olish maskani
Biz etiboringizga dam olish kunlarini maroqli o’tkazish uchun qulay bo’lgan O’zbekistonning ajoyib dam olish maskanlarining ro’yhatini havola etamiz. U yerlarga borish uchun maxsus ruxsatnoma shart emas, pasportingiz bo’lsa, kifoya.

Shahardanuzoqligi:  60km       

Yetib olish:  Parkentga yetib olgandan so’ng, So’qoq qishlog’iga qarab yuriladi. Taksida 1 soatu 20 minutda yetib olish mumkin.

Sayohat narxi:  Taksida sayohat qilish 144 000 ga tushadi.

6.Gulkamsoy

Katta Chiyon maydoni ko’pgina xushmanzara hududlardan iborat. Diqqinafas shahardan qochib, bahavo joyda hordiq chiqarmoqchi bo’lsangiz, Gulkamsoy darasiga yo’l oling. Soy bo’ylab sayohat qilar ekansiz, salqin dara manzarasi, suvdan kechib o’tish, toshloq yo’llar va sharshara sizda katta taassurot qoldiradi. Oilaviy dam olish uchun bu yerda tapchanlar ham bor.

Shahardan uzoqligi:  110 km

Yetib olish:  Yusupxona orqali Yangiqo’rg’on qishlog’igacha yuriladi. Taksida 2 soat yo’l.

Sayohat narxi:  Yo’l xarajati va tapchandan foydalanish taxminan 334 000 so’mga tushadi.

7.Katta Chimyon cho’qqisiga chiqish

Chimyon – O’zbekiston tog’ turizmining markazi. Qishda bu yerda ko’plab chang’ichilarni uchratish mumkin. Yozda esa dam oluvchilar ushbu tog’ cho’qqisiga chiqishga ishqibozlik qiladilar.

Ushbu sayohat asosan tepalikka chiqishdan iborat. 3000 metr balandlikgacha yo’nalish uncha qiyin emas, ammo oxirgi 300 metr balandlikda qoyalar xavfliroq. Bu yerda yo’l boshchining ko’rsatmalariga amal qilish lozim. 3309 metr balandlikga chiqish uchun 6-8 soat vaqt kerak bo’ladi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook