просмотров
Shahardan uzoqligi: 80 km.
Yetib olish: Chimyon “Xojikent” temir yo’l stantsiyasidan 40 km narida joylashgan. Taksida 1 soat 20 minutda yetib olish mumkin.
Sayohat narxi: Taksida borish-kelish xarajati 200 000 so’mga tushadi.
8.Kumbel tog’i
O’zbekiston tog’lari – quyoshli o’lkaning diqqatga sazovor joylaridir. Tog’ cho’qqisiga chiqishni xohlovchi sayyohlar soni yildan yilga ko’payib bormoqda. Shunday joylardan biri Beldersoydagi Kumbel tog’idir. Uning balandligi 2350 metrga teng. Cho’qqisiga chiqish uchun yo’lning bir qismini simli arg’imchoq yo’l orqali o’tish mumkin. Undan keyin yana 40 minut yo’l yurish lozim. Bu to’g’da meteorologik stantsiya joylashgan. Tog’ cho’qqisidan turib quyosh botishini tomosha qilish ayniqsa maroqlidir.
Shahardan uzoqligi: 50 km
Yetib olish: Yo’l Beldersoy arg’imchoq yo’lidan boshlab Chimyonga qarab boradi. Shahardan borgan taksi 1 soatda yetib oladi.
Sayohat narxi: Borish kelish va kanat yo’lidan foydalanish (12 000) jami 198 000 so’mga tushadi.
9.Oqsoqota darasi
Bu yerda O’zbekiston Milliy universitetining yozgi lageri joylashgan. Oqsoqota – bu 30 kmga cho’zilgan daradir. Bu yerda soya salqinlik beruvchi daraxtlar bor. Shahardan kelgan sayyohlar bu yerning manzarasidan bahra oladilar hamda shu hududda joylashgan ov xo’jaligida hordiq chiqaradilar.
Сообщения из Facebook