Bir yapon dayveri 25 yildan beri baliq bilan do’st. Bu ertak emas – hammasi haqiqat!
Xiroyuki Arakava Yaponiyaning Tateyama bo’g’ozining suv ostida joylashgan sintoist ibodatxonasida ustoz bo’lib ishlaydi. Bir necha o’n yilliklar oldin, u dengiz yashovchilarining ko’pi bilan tanishgan va bir Yoriko laqabli osiyo qo’ybosh gubani bilan do’stlashib qolgan. Arakava o’zining suv o’sti do’stini o’payotgan videosi internetda virusli xit bo’lib ketgan.
O’tqazilgan izlanishlar ko’rsatishicha, baliqlar odam yuzini tanish qobiliyatiga ega. Oksford universitetidan Doktor Keyt Nyuport hikoya qiladi:
“Olimlar baliqlarga ikki xil odam yuzini ko’rsatib, ularni suv oqimi yordamida tanlashni o’rgatishgan. Keyin olimlar tajribani qiyinlashtirgan. Ular rasmlarni oq qora va xiraroq qilgan. Baliqlar adashib ketishi kerak edi. Lekin unday bo’lmagan – ular tanish yuzlarni baribir to’g’ri topgan – 86% aniqlik bilan”.
Shu sababdan, Yoriko va dayverning do’stligi hech kimni hayron qoldirishi kerak emas.
Har bir uchrashuvida Arakava baliqni o’padi.
Ular 25 yildan beri do’st – Arakava ibodatxonada ishlashni boshlagandan buyon.
Bu ko'p yillar davomida ular yaqin bo’lib qolgan va bir birni taniydi.
Сообщения из Facebook