просмотров
Gig Pack – ryukzakli (yuk xalta) samokat
Hamma ham maktab yaqinida yashashdek baxtga muyassar emas. Ko’pgina bolalar bilim olish uchun soatlab yo’l bosishlariga to’g’ri keladi. Gig Pack ryukzagi aynan shular uchun mo’ljallangan bo’lib, osongina samokatga aylana oladi.
Gig Pack ning qattiq karkasli bandi bo’lib, g’ildirak va taglik bilan jihozlangan. Bu kabi qo’shimchalar xaltaga ortiqcha og’irlik bergani bilan, lekin piyoda harakatlangandan ko’ra tezroq samokatda yetib olishdek yengillik beradi.
Moov Street Kit – bolalar uchun mo’ljallangan avtomobil-transformer
Agar farzandingiz bir vaqtning o’zida samokat, avtomobil va velosiped sotib olib berishingizni so’rasa, moliyaviy ahvolingiz bunga yo’l qo’ymasligini bahona qilib, boladan bulardan birini tanlashini talab qilmang. Chunki bu uchala transportning o’rnini bosa oladigan Moov Street Kit to’plamini xarid qilishning o’zi kifoya.
Moov Street Kit to’plami 150 ta detal va 80 ta biriktiruvchi halqalardan iborat. Bularning yordamida pedalli avtomobil ham, samokat ham, velosiped ham, va hattoki chana ham yig’ib olish mumkin. Batafsil yo’riqnoma hamda shaxsiy tasavvur yordamida bir transportni boshqa bir transport vositasiga aylantirish mumkin.
Audi Type C E-tron – bolalar elektromobili
Audi kompaniyasi hattoki bolalar uchun ishlab ichiqaruvchi mahsulotlarida ham bor mahoratlarini ishga soladi. Kompaniya aynan bolalar uchun mo’ljallangan dunyodagi birinchi Audi Type C E-tron elektromobilini ishlab chiqardi.
Audi Type C E-tron – bu kichik yoshdagi bolalarning o’yinchoq mashinasi emas. U mas’uliyatni his qiladigan va yo’ldagi xavfsizlik choralariga rioya qiladigan asosan 10-15 yoshdagi o’smirlar uchun mo’ljallangan.
Audi Type C E-tron XX asr boshlaridagi poyga avtomobillarining tashqi ko’rinishiga ega. Bu noodatiy transport vositasining 1,5 ot kuchiga ega bo’lgan dvigatelga ega bo’lib, soatiga 30 km yo’l bosishi mumkin.
Porshe Go-Kart – Porshe kompaniyasining bolalar avtomobili
Kattalar uchun mashina ishlab chiqaruvchi kompaniyadan yana bir bolalar avtomobili. Elektrli Audi Type C E-tron dan farqli o’laroq Porshe Go-Kart pedalli transport vositasi hisoblanadi. Avtomobilning yig’ilish darajasi brendga muvofiq holda amalga oshirilgan.
Pedalli Porshe Go-Kart avtomobili kichik profilli dam berib ishiriladigan shinalar, qo’l tormozi va haydovchining bo’yiga qarab o’zgartiriladigan o’rindiq bilan jihozlangan. Bunday transport vositasining narxi – 900 AQSH dollariga teng
Heelys – rolikli krosovka
Heeolys kompaniyasining asoschisi amerikalik Rodjer Adams harakat qilish uchun alohida vositalarning keragi yo’q deb hisoblaydi. Uning fikricha, g’ildiraklarni to’ppa-to’g’ri oyoq kiyimiga o’rnatish mumkin. Shunday qilib, rolikli krosovkalar paydo bo’ldi.
Albatta Hellys krosovkalaridan foydalanishdan avval ularda harakatlanishni yaxshilab o’rganib olish lozim. O’zlashtirib olgandankeyin bolalar bunday noodatiy oyiq kiyimiga o’rganib qolib, usiz yurgan davrini esdan ham chiqarib qo’yadi.
Y-Fliker uch g’ildirakli samokati
Avvalgi samokatlar haqidagi tasavvuringizni o’zgartirishingiz mumkin. Fliker kompaniyasi bu transport haqidagi tushunchamizni butkul o’zgartirib yubordi. Bu kompaniya endi yerdan oyoqda itarishning keragi bo’lmagan uch g’ildirakli samokatni ishlab chiqardi.
Y-Fliker samokati alohida taglikda turgan ikkala oyoqning harakati tufayli yuradi. Buning hisobiga haydovchi bola yetarli darajadagi yuqori tezlikka erisha oladi, o’z o’qi atrifida aylanib turuvchi g’ildiraklar hamda chambarak ushbu samokatda haqiqiy ajoyib tryuklarni amalga oshirish imkoniyatini beradi.
Jolly Jumper – uchishni o’rgatuvchi etiklar
Jolly Jumper – bu ham noodatiy oyoq kiyimning bir turidir. Heelys krossovkalaridan farqli o’laroq, u yurish uchun emas, uchish uchun mo’ljallangan. Bu prujinali konstruktsiya bo’lib, u tufayli bu transport vositasining harakatini tezlashtirish hamda 2,5 metrga sakrash imkoniyati mavjud.
Jolly Jumper ning ishqibozlari bu vositadan nafaqat harakatlanish, balki har xil tryuklarni bajarish uchun ham foydalanadilar. Ushbu prujinali oyoq kiyim asosida havo akrobatikasi nomli yangi sport turi ham paydo bo’ldi.
Mega Man-Pram ulkan g’ildirakli bolalar aravachasi
Mega Man-Pram – bu noodatiy transport vositasi bo’lib, bolalardan ko’ra ota-onalarga ko’proq asqatadi. Godakka qaysi aravachada yursa ham baribir, ota esa bog’dagi sayrda boshqalarning oldida aravacha bilan ajralib turishni xohlaydi.
Mega Man-Pram aravachasi vnedorojnik uslubida ishlangan bo’lib, dizayni bilan ajralib turadi.
Little Landrover – bolalar vnedorojniki
Drover Cars kompaniyasi esa bolalar uchun haqiqiy vnedorojnik ishlab chiqardi. Gap Little Landrover o’yinchoq avtomobili haqida bo’lib, u elektr dvigatel tufayli 14,5km/soat tezlikda harakatlana oladi. Ota-onalar xovliqma bolalar tez haydamasliklari uchun tezlikni 6,5 km/soat ga tushirishlari mumkin.
Little Landrover uch yoshdan katta bolalarga mo’ljallangan. Xavfsizlik maqsadida bu avtomobil ko’p pog’onali himoya tizimi bilan jihozlangan. Masalan, ota-onalar mashinaning nafaqat tezligini pasaytirishlari, balki bosib o’tiladigan masofaga ham chegirma qo’yishlari hamda masofadan boshqariladigan pult yordamida motorini ham o’shirib qo’yishlari mumkin.
FreeRider SkateCycle – yangi davr skeytbordi
FreeRider SkateCycle – yangi davr skeytbordi bo’lib, yaqin o’rtada ko’chalarda paydo bo’ladi. Bu ikki g’ildirakchali taxta emas, balki nisbatan yumshoq va egiluvchan trubka bilan birlashtirilgan ikki g’ildirakdir.
FreeRider SkateCycle da oyoqlar g’ildiraklarning ichiga tiqiladi. Konstruktsiya esa nafaqat tepaliklardan tushish, balki shu bilan birga ajoyib tryuklar qilish imkoniyatini ham beradi.
Сообщения из Facebook