5,655
просмотров
просмотров
Ko’pgina odamlar uylarini “aqlli” uyga aylantirishni xohlashadi, ammo, bu ancha qimmat narxga tushadi deb hisoblaydilar. Lekin bugungi kunda narxi qimmat bo’lmagan va oson o’rnatiladigan ajoyib uskunalarning anchagina soni bor.
Uy uchun eng zo’r uskunalar.
Ularni nafaqat o’z kvartirangizda balki ijaraga olgan kvartirangizda ham ishlatishingiz mumkin. Bu yerda siz hayotingizni ancha qulayroq qiladigan o’nta aqlli uy gadjetini ko’rishingiz mumkin.
1. Tutunning oddiy detektorlarini yaxshilaydigan intellectual batareyalar
Bunday predmetga ega bo’lish juda foydali.
Mavjud tutun detektorlarini intellectual detektorlarga almashtirish o’rniga, shunchaki o’rnatilgan tutun detektorini yangilab qo’ysakchi? Roost smart-batareyasi yordamida xohlagan oddiy tutun moslamasini intellektual uskunaga aylantirish mumkin. Bu uchun shunchaki Roostni datchikka ulab (bunda boshqa qo’shimcha uskunalar talab etilmaydi), va odan o’z smartfoniga datchik ishlagani, hamda batareyasi zaryadi tugaganligi haqida xabar berib turadi.
2. Energiyani tejaydigan intellektual shteker
Pul ortiqcha bo’lmaydi.
Har bir inson kommunal to’lovlari uchun kamroq pul to’lashni xohlaydi, va bunda WeMo smart plug yordam berishi mumkin. Shunchaki bu aqlli shtekerni oddiy rozetkaga tiqib, keyin esa u orqali o’z elektr moslamalaringizni yoqishingiz mumkin. Endi Wemoga ulangan barcha uskunalarni nazorat qilish, va uy egasi uyda bo’lmaganida uskunalarni o’chirish mumkin bo’ladi. Bir oydan so’ng enrgiya tejalganligi ma’lum bo’ladi.
3. Konditsioner uchun aqlli nazoratchi
Aniq kerak bo’lib qoladi..
Agar ijaraga olingan uyda konditsioner mavjud bo’lsa, uni Tado Smart AC nazoratchisi orqali modernizatsiyalash mumkin. Nazoratchini o’rnatgandan so’ng, uskunani uzoq masofada boshqarish imkoniyati va elektrenergiyaga bo’lgan xarajatlarni 40% tejash mumkin bo’ladi. Tado shuningdek, boylerlar bilan ishlay oladi.
4. Ko’chma smart-konditsioner
Uyni yanada yaxshiroq qiladi.
Agar uyda konditsioner bo’lmasa, bu ham muammo emas. O’zingizni Frigidaire Smart Window AC aqlli uskunasi bilan xushnud etishingiz mumkin. U hajmi bo’yicha katta emas, to’g’ri oynaga o’rnatiladi, masofada boshqariladi, hamda o’zi smartfonga texnik xizmati haqida xabar yuboradi, shu uchun uning egasi hech qachon filtrni almashtirishni yodidan chiqarmaydi.
5. Avtonom xavfsizlik tizimi
Qonunbuzar ichkariga kira olmaydi.
Kuzatuv kameralarini o’rnatish yoki uyni nazorat qilish uchun oylik to’lovini to’lashga endi ehtiyoj yo’q. Videokuzatuvli Piper All-in-One xavfsizlik tizimi ijaraga olingan xona uchun juda to’g’ri keladi – uni shunchaki stol yoki Javon ustiga qo’yish, va doimiy ravishda o’z uyingizni HD-videoto’lqinlar va real vaqtdagi xabarlar yordamida kuzatish mumkin.
6. Oddiy jalyuzini aqlli pardalarga aylantirish jamlanmasi
Qo'lning yengil harakati bilan deganlaridek.
Uydagi oddiy jalyuzilarni smart-gadjetga aylantiradigan yana bir uskuna. MySmartBlinds Amutomation paketining o’rnatishdan keyin jlayuzini to’g’ridan-to’g’ri smartfon orqali boshqarish, ularning ochilishi uchun grafiklarni o’rnatish va hatto ularni energiya tejash rejimiga qo’yish mumkin.
7. Oson o’rnatiladigan intellectual lampalar
Juda foydali.
Bu aqlli lampalar uchun maxsus uskunalar kerak ham emas, shunchaki Wi-fi ga ulansa bo’lgani. Ularni hatto Amazon Alexa xizmati bilan sinxronlashtirish mumkin, chunki bu lampalarni ovoz orqali nazorat qilishga imkon beradi.
8. Telefon qo’ng’iroqlariga javob berishga imkon beruvchi dush
Nimaga kerakligini tasavvur qilish qiyin, ammo, mayli.
Smart-dushlar chindan ham “zo’r” uskuna, ammo ijaraji uni o’z kvartirasida o’rnatmasa kerak. Bu texnik jihatdan rivojlangan dushdan foydalanish mumkin emas deganini bildirmaydi. H2oVibe Rain Showerhead allaqachon ishlayotgan dushga o’rnatilishi mumkin, va shundan keyin u qo’ng’iroqlarga yuvinish vaqtida javob berishni yoki sevimli musiqalarni kir yuvish vaqtida birgalikda kuylashga imkon beradi.
9. Shovqin qiluvchi qo’shnilar ovozini berkituvchi tush uchun maxsus tizim
Agar mabodo qo’shnilar kechqurunlari uxlamasa.
Ba’zida shunday bo’ladiki, kavrtira juda yaxshi, ammo qo’shnilar juda shovqinli bo’ladi va to’g’ri uxlashga xalaqit berishadi. Bu holatda yordamga Sense Sleep System keladi. Gadjet devorning u tomonidan keluvchi shovqinlarni berkitish uchun atrofda qo’shimcha fonli shovqin hosil qilinadi, va shu bilan birga u inson qanday yotishi kerakligi haqida shaxsiy maslahatlar ham beradi. Shuningdek, u sizni ertalab ham uyg’otishi mumkin.
10. Kuchuk vovillashiga qarshi hayvonlar uchun kamera
Kuchukingiz tinch va qo’shnilar ham xursand.
Agar uy xo’jayinlari yo’qligida, kuchuk vovullashi qo’shnilarni bezovta qilsa, maxsus Furbo Dog kamerasiga ega bo’lish mumkin. Bu antiqa uskuna agar it vovullashni boshlasa, smartfonga xabar yuboradi, hamda, kuchukcha bilan “gapirishni” va uni tinchlantirishga imkon beradi.
Сообщения из Facebook