Qiziqarli ma'lumotlar: Apple 2017 Taqdimoti - iPhone X xususiyatlari
Qiziqarli ma'lumotlar: Apple 2017 Taqdimoti - iPhone X xususiyatlari
Apple o'z mahsulotlarining o'ninchi, yubiley taqdimotida yangi iPhone X ni taqdim etdi. Xo’sh, uzoq kutilgan smartfonning xususiyatlari qanday bo'ldi?
IPhone X Apple kompaniyasining yubiley taqdimotiga mos kelganligi sababli kompaniya vakillari uni "iPhone Ten" (X- rim raqami 10) deb nomlashdi.
Apple tomonidan taqdim etilgan smartfonning chekkalari po'latdan yasalgan, old va orqa paneli iPhone 8 kabi shishadan tayyorlangan. Smartfon ranglari ikki xil - Kumush (Silver) va Kosmik kulrang (Space Gray).
IPhone X da 2436 × 1125 pikselli (458 ppi), 5.8-dyuym o'lchamli OLED displeyidan foydalanadi, bosim kuchini tanib olish uchun 3D Touch tizimi mavjud.
Yangi telefonda Home tugmasi mavjud emas. Buning o'rniga qulfini ochish, asosiy ekranga chiqish va ko'p vazifani bajaradigan menyuga kirish ekranga kirish uchun ekranning pastki chetidan ishora ishlatiladi.
IPhone X da barmoq izlari skaneri yo'q - uni aniqlash uchun Face Identification, ya’ni yuz belgilari orqali tanib olish ishlatiladi. U hatto qorong'ida ham ishlaydi.
Apple boshqa bir odamning iPhone X ni Face ID orqali qulfini ochish imkoniyati atigi million holatdan biriga tengligini ta'kidladi. Bundan tashqari, kompaniya Animoji – animatsiyalangan Emoji ni ishga tushirdi.
Bundan tashqari, iPhone X ning ikkita kamerasi mavjud: 12 megapikselli f/1.8 diafragmali va xuddi shu kabi telefotoli f/2.4 diafragmali kamera. Ikkala kamera ham optik stabilizatsiya bilan jihozlangan.
TrueDepth old kamerasi portret rejimini qo'llab-quvvatlaydi. "Yubileyli" iPhone zaryadi iPhone 7 zaryadidan 2 soat ko'proq ishlaydi. IPhone X shuningdek, Qi standarti bo'yicha induksiyon zaryadini oldi.
Kompaniya, AirPower nomli zaryadlash uchun gilamchani yaratdi, va u bir vaqtning o'zida iPhone X, Apple Watch va AirPods uchun keysni zaryadlashi mumkin.
64 Gb xotirasi bo'lgan iPhone X ning narxi 999 dollardan boshlanadi, AQShda buyurtmalar 27-oktabrdan qabul qilinadi. Savdo 3 noyabrdan boshlanadi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook