Turli davlatlardagi eng ajoyib yo'l qoidalari
Turli davlatlardagi eng ajoyib yo'l qoidalari
Shaxsiy avtomobil hozirgi kunda hashamat emas, balki oddiy harakatlanish vositasi hisoblanadi. Mashinada sayohat qilish esa turli davlatlarda har xil yo'l qoidali orqali tartibga solingan. Ulardan eng noyoblari bilan ushbu to'olamda tanishishingiz mumkin.

Daniya

Daniya

Daniyada mashinani to'liq tekshirib chiqmagunga qadar uni o't oldirish taqiqlangan. "To'liq" deganda, mashina tagida uxlab yotgan yosh bolalarning yo'qligiga amin bo'lish lozim. Bu Daniya qonunlarida belgilab qo'yilgan. Yorqin Davlat. 

Tailand

Tailand

Tailanda mahalliy YPX xodimlari haydovchilarni ko'ylaksiz harakatlangani uchun jarimaga solishi mumkin. Tailand qonunlari qo'pol yalang'och badanni yoqtirmaydi, xoh u ayol bo'lsin, xoh erkak. 

Meksika

Meksika

Meksika - ayollarning rulda bo'yanishini taqiqlab qo'ygan yagona davlat hisoblanadi. Ularni hafa qilmaslik maqsadida, erkaklarga ham rulda soqol olish man qilingan.

AQSH

AQSH

AQSHda yo'l qoidalarining ko'pchiligi eskirgan, lekin hali hamon amal qilinadi. Masalan Pensilvaniya shtatida agar haydovchining mashinasi otlarni qo'rqitsa, mashinani darhol berkitish kerak. 

Alabama shtatida esa haydovchilarning yalang oyoq rulga o'tirishi taqiqlangan. Noodatiy tuyilgan bu qoida aslida juda o'rinlidir. Chunki shu sabab bir haydovchining o'lib ketishiga oz qolgan. Bir erkak tormoz pedali juda issiq bo'lgani uchun uni o'z vaqtida bosa olmagan.

Bundan tashqari Alabama shtatida haydovchilarga ko'zlari yopiq holatda mashina haydash ham man qilingan. 

Filippin

Filippin

Filippinda yo'l tirbandligi bilan kurashib kelinmoqda. Masalan, dushanba kunlari mashina raqami oxiri 1 va 2 soni bilan tugaydigan mashinalarning harakatlanishi taqiqlangan, 3 va 4 seshanba kunlari, 5 va 6 chorshanba kunlari, 7 va 8 payshanba kunlari, 9 va 0 juma kunlari. Hafta oxirida esa barcha mashinalarning harakatlanishiga ruxsat berilgan. 

Ba'zi Yevropa davlatlari

Ba'zi Yevropa davlatlari

Fransiya, Finlyandiya va Ispaniyada haydovchilarga radar-detektor texnologiyasidan foydalanish taqiqlangan. Lyuksemburg, Belgiya va Shvetsiyada esa undan foydalanganlik uchun hatto qamoq jazosi ham tayinlanadi (3 oydan 8 yilgacha).

Lekin Germaniya va Rossiyada radar-detektordan foydalanish man qilinmagan. Iqtisodiy inqirozga qaramasdan, 2015-yilda bu bozor avtosevuvchilarga bu texnologiyaning ko'p turlarini taqdim etdi. 

Avstriya

Avstriya

Avstriyada haydovchilarga shubhali bo'lgan qonun mavjud - davlatda videoregistratorlar qonunan taqiqlab qo'yilgan. Bu moslamalardan foydalanish - shaxsiy hayotga aralashish, deb hisoblanadi. 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook