просмотров
Lekin, har ehtimolga qarshi, vikipediyani sitatasini keltirib o'taman: Layfxak (layfxaking dan, ingliz tilida life haking) slengda kichik ayyorlik, "xalq donishmandligi" yoki foydali maslahatlarni anglatadi. Ular turmushdagi muammolarni hal qilishda yordam beradi va shu bilan birga vaqtni tejaydi. Garov o'ynashga tayyorman, har bir o'zini hurmat qiladigan xonimlarda bir juft bo'lsada, kichik sirlari bor bo'lib, ular yaxshi ko'rinishga ega bo'lish va vaqtni tejashga yordam beradi. Men ham ba'zi bir narsalar yig'dim va siz bilan bu kichik aqlli maslahatlarni bo'lishishga qaror qildim.
1 - layfxak
Agarda, boshingizni yuvishga vaqt yo'q bo'lib tursa, lekin siz ish yuzasidan yoki uchrashuvga zudlik bilan borishingiz kerak bo'lib, shu bilan birga, ko'rinishingiz malikalardek bo'lishi kerak bo'lsa, u holda oshxonaga yo'l oling. Sochining rangi och malla, sariq rangda bo'lganlar bir hovuch un yoki kraxmal oladilar, sochi qora bryunetlar esa, bir hovuch kraxmal va kakao kukunini aralashtirib oladilar. Vannaxonaga kiring va mo'jizaviy aralashmani soch ildizlariga, butun boshingiz bo'ylab ishqalab yedirib chiqing. Sochlaringiz ko'rinishidan toza bo'lib ko'rinadi va super hajmga ega bo'lib turadi. Kech oqshomgacha salondan xozir chiqqanday korinishda bo'lasiz.
2 - layfxak
Agar sizning sochlaringiz ployka va bigudilardan charchagan bo'lsa, agar vaqt yo'q bo'lsayu, lekin chiroyli turmakni tezda qilish kerak bo'lsa, u holda bu maslahat ham siz uchun. Sochlaringizni yuvib quritgandan so'ng, ularda (kimga qanday yoqshiga qarab) farq oching, ildizlari yonida bir oz naches qilong. Rezinka- obruchni oling va sur'atda ko'rsatilganidek yunoncha turmak qiling, so'ng pardoz qilish/ kiyinish/yig'ishtirinishlarga ketavering. Qisqa vaqt ichida, 15 daqiqa ham yetarli, sochlaringizda jingalaklar paydo bo'ladi. Qancha ko'proq vaqt ushlab turishingizga qarab, jingalaklar ham shuncha keskinroq bo'ladi. Keyin esa, o'z ixtiyoringizga ko'ra, taroq bilan tarab, lak bilan qotirishingiz, yoki fantaziyangiz nima deyishiga qarab turmaklashingiz mumkin. Juda ham kalta sochlardan tashqari barcha uzunlikdagi sochlarga to'g'ri keladi.
3 - layfxak
Tasavvur qiling, oyoq kiyimingiz oyoqlaringizni urib tashladi. Lekin, oldinda hali kunning yarimi bor va xech ham najot yo'qdek. Agarda bu holga tushib qolsangiz, sizga qo'l kremi kerak bo'ladi. Kremni oyoq kiyim ichiga surtib chiqing. Ayab o'tirmang. Agarda krem ko'p bo'lib ketsa, tufli oyog'imdan chiqib ketadi deb o'ylamang. Ortiqcha krem oyog'ingizga shimilib ketadi. 2 daqiqadan so'ng siz yana hayotga qaytasiz! Agar o'zim sinab ko'rmaganimda ishonmagan bo'lar edim.
4 - layfxak
Agar sizning tushingiz qurib qolgan bo'lsada, ammo lekin siz u bilan hali vidolashishni xohlamasangiz va uni ichidagi bilan hali Xitoyning yarimini bo'yab chiqish mumkin deb bilsangiz, ko'z uchun tomchilarni olib, uch, to'rt juft tomchini uni ichiga tomizing. Bu haqiqatda ham ish beradi. Men zaytun moyini ham, iliq suvni ham, vazelinni ham ishlatib ko'rdim, biroq! Oscar goes to... Vizin ( bu reklama emas, u shunchaki qo'l ostida bo'lib qoldi).
5 - layfxak
Agar siz sochlaringiz kuchini va hajmliligini yoqotganini, sinuvchan bo'lib qolganini sezsangiz, u holda bu niqobni ishlatib ko'ring! U sochlar bilan nimalar qiladi! Men qanchalar uyda tayyorlanadigan va do'konlardagi tayyor niqoblarni ishlatib ko'rdim, lekin bunisi yetakchi! Vaqtingizni bir, yaxwisi ikki soatini ayamang, bu shunga arziydi. Tarkibi: 1ta banan, 2 ta tuxum sarig'i, 1 osh qoshiq smetana, 1 osh qoshiq asal ( proporsiyalarni o'zgartirib, o'zingizga moslashtirib olishingiz mumkin). Sochlaringizga surting va selofan bilan o'rab qo'ying (dush qabul qilish uchun shapkacha ham bo'ladi), keyin sochiq bilan o'rang. Natija sizni juda lol qoldiradi va xursand qiladi.
6 - layfxak
Kokos moyining mo'jizaviy kuchi haqida yuzlab marotaba eshithan edim. Qo'llab ko'rishga ahd qildim. Yuzimni yuvdim, paxta diskiga ozgina kokos moyi surtdim va yuzimni u bilan artib chiqdim. Juda ham yog'li bo'lib ketganda qog'oz salfetkasi bilan ohista artib oldim. Bo'ldi. Eksperimentning atigi bir haftasi sizga hammasini ko'rsatadi. Qizarishlarni yo'qotadi, terini yumshoq qiladi, hatto ertalablari chakkalar qizarib ham turadi. Uni yana soch uchlariga ham sutrish mumkin. Natija u qadar tez ko'rinmasada, sochlaringizga yoqadi.
7 - layfxak
Ba'zan shunday bo'ladiki, kuni bilan yugurib yelib yurasiz. Kechki tomon esa oyoqlaringiz lovullab turadi. Dam olish uchun yutsangiz, na tanangiz va na fikrlaringiz dam ololmaydi. Bu holda bir kichik va oddiy mashq bor. Yotgan holda oyoqlaringiz uchini ballerinalar kabi cho'ing va 15 soniya ushlab turing. Keyin oyoq uchlarini o'zingizga tortib, yana 15 soniya ushlab turing. 5 qaytarishda siz kutilgan bo'shashishni xis etasiz. Bu mashqni qo'llar uchun ham amalga oshirish mumkin. Bularni xech bo'lmasa 10 marotaba takrorlang va tanangiz sizga raxmat deydi.
8 - layfxak
Agar lablaringiz do'mboq bo'lib turishini istasangiz, u holda kichkina bankadagi lab uchun balzamni oling va mikro to'lqinli pechda (bir necha soniya) isitib olingda, unga bir necha tomchi yalpiz moyini tomizing. So'ng muzlatkichga sovishga qoying. Lablar nafaqat parbarishlanadi, balki ancha do'mboqroq ham bo'ladi. Bir oz achishi mumkin, lekin go'zallik uchun chidasa ham bo'ladi)))
Сообщения из Facebook