Yosh allaqachon hech narsaga to’siq bo’la olmaydi. Yillar allaqachon dangasalik, biron narsa qilishga xohish qo’qligi, muhimi, yomon ko’rinishga to’siq bo’la olmaydi. Amerikalik bloger Ari Set Koenning Advanced Style nomli loyihasi – bunga ajoyib dadildir.
Modada monotonlik, oq va qora ranglar qaytib kirishi, odamlar aralash didga qaytib maftun bo’lgan paytda, eklektika va yorqin obrazlarni yaxshi ko’ruvchilar ilhomni qayerdan olish kerak? Ari bu savolga javobni biladi: albatta, keksalikda!
Miyamiz aynib qoldi deb o’ylamang. Koen qilayotgan ish nafaqat ko’zni quvontiradi – uning rasmlari haqiqatdan ham ilhomlantiradi. Bruklinlik rasmchi bir necha yildan beri “uchinchi yosh” zamonaviy vakillarini suratga olib yuradi. Har bir rasmda – noyob, ekstravagant uslub, sevgi va barcha yosh to’siqlarini o’chiruvchi hamda 90 yoshlilarga ko’pgina 20 yoshlilardan ko’ra minglab marta yaxshiroq ko’rinishga imkon beruvchi hayotga bo’lgan xohish va havas mavjud. Va, nafaqat ko’rinish, balki his qilish ham..
Syuzan Pitt o’z qo’li bilan nafaqat uning o’zi, balki uning qobiliyati izdoshlari kiyib yuradigan ustki kiyimlarni yaratadi.
“Men o’z san’at asarlarimni animatsiyalangan qahramonlar sifatida namoyish etaman” – deydi Syuzan. – Ular dunyo bo’yla sayohat qilishadi, barlarga borishadi, mashinalar haydashadi. Har bir asar bir biridan farq qiladi. Xohlaganizni devorga rasm sifatida osib qo’yish mumkin”.
Сообщения из Facebook