24 soat ichida shamollash alomatlarini qanday yengish mumkin
24 soat ichida shamollash alomatlarini qanday yengish mumkin
Britaniyalik shifokorlarning kunning maqbul jadvali.
Ertalab uyg'onib kasal bo'layotganingizni his qilish kabi yoqimsiz tuyg’u sizga tanish bo’lsa kerak. The Sun nashri britaniyalik mutaxassislar bilan suhbatlashdi va ularning yordami bilan kasal bo’shlanmasidan kun davomida yaxshilanishni istaganlar uchun "mukammal kun tartibini" yaratdi.

Ertalab

Kuningizni issiq dush bilan boshlang. Kardiff universiteti professori va shamollashnidavolash mutaxassisi Ron Akklning so'zlariga ko'ra, bug' burun bitishini yengillashtiradi va issiq suv tanadagi og'riqlarni ketkazishga yordam beradi.

Ovqatlanish mutaxassisi Amanda Arsell bundan so'ng tarkibida C vitamini mavjud bo’lgan mahsulotlarni iste’mol qilishni maslahat beradi. Nonushtaga siz apelsin va kividan tayyorlangan mevali salatni qo'shishingiz yoki yangi uzilgan mevalar bilan to'ldirishingiz mumkin. Ammo qahva va choy ichishdan voz kechishingiz kerak:ularning tarkibida kofein mavjud va boshqa suyuqliklarga qaraganda organizmdan tezroq chiqariladi. Bir stakan yangi siqilgan apelsin sharbatini ichish ancha samaraliroq va foydaliroqdir.

Kunduzi

Shamollashning dastlabki alomatlarida barcha ishingizni chetga surib, uyda, iliq havoda bo'lishga harakat qiling. Agar tashqariga chiqishingiz juda zarur bo'lsa, birinchi navbatda burningizni sovuqdan himoya qilishingiz kerak - unda viruslar bilan antitelalarning asosiy kurashishi bo'lib o'tadi. Burningizni iliq sharf bilan yoping va o’zingiz bilan namlovchi sprey olib yuring.

Tovuq sho'rvasi shamollaganda eng yaxshi ovqat deb hisoblanadi. Angliyadagi Lister shifoxonasining LOR-jarrohi Adam Frosh ham bu fikrga qo'shiladi. Bunday sho'rva nafaqat to'yimli, balki u issiqlik va qulaylik hissini beradi – kasal bo’lganda ayni muddao!  Shuningdek, shifokor iloji boricha ko'proq suv ichishni va spirtli ichimliklardan saqlanishni maslahat beradi.

Agar ishtahangiz buzilmagan bo'lsa, unda ovqatlanish oralig'ida siz bir necha hovuch Braziliya yong'oqlarini iste'mol qilishingiz mumkin. Amanda Arsellning so'zlariga ko'ra, bu yong'oqning o’ziga hos hususiyatini tarkibidagi selen moddasi hosil qiladi - bu immunitet tizimi uchun muhim modda. U oqsillarni bog'laydi va viruslarga qarshi kurashda yordam beradi.

Kechqurun

Kechki ovqat uchun eng yaxshi taom – achchiq karri. Amanda izohlashicha, ziravorlar burun shilliq qavatini tirnash xususiyatiga ega va burun bitishini yengillashtirib uni tozalashni osonlashtiradi.Shundan so'ng, siz darhol o'zingizni yaxshi his etishni boshlaysiz.

Ko'pincha,shamollashning dastlabki alomatlarida, odamlar hech bo'lmaganda biron biri foyda berishiga umid qilib, bir guruh dorilarni ichishadi. Ammo doktor Frosh paratsetamol va ibuprofen ichish bilan cheklanishni maslahat beradi. Dozirovka ishlab chiqaruvchiga bog'liq, shuning uchun qabul qilishdan oldin ko'rsatmalar bilan tanishib chiqing. Ibuprofen tabletkasini tunda qabul qilgan yaxshiroq: uning ta'siri odatda uzoqroq davom etadi va bu sizning uyquga ketishingizga yordam beradi. Ikkala dori ham bir-biriga o'xshash tarzda ta’sir qilib, harorat va og'riqqa qarshi kurashadilar.

Erta yotish yaxshiroqdir. Uyqusizlik immunitet tizimiga salbiy ta'sir qiladi: himoya oqsillarni ishlab chiqarish kamayadi. Siz kamida 8 soat uxlashingiz kerak, aks holda tananing mudofasi zaiflashadi va kunduzgi harakatlaringiz ta'siri kichik bo'ladi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook