просмотров
Tarixda Adolf Gitler haqida bir-biriga zid ma’lumotlar tarqalgan: kimdir uni erkak sifatida mukammal bo’lmagan desa, yana kimdir u mutlaqo sog’lom bo’lganligini ta;kidlaydi. Gitlerning ishqiy munosabatlariga guvoh bo’lganlarning aytishlaricha, uning ayollar bilan bo’lgan ishqiy munosabatlarining ko’pchiligi fojiali yakun topgan. Adolf aniq nechta ayollar bilan ishqiy munosabatda bo’lganligi ma’lum emas, biroq ulardan beshtasi fyurerning hayotida muhim o’rin tutganlar.
Sharlotta Lobjua
Fransuz qassobining qizi Gitlerning birinchi ma’shuqasiga aylandi. 1916 yilda yosh Adolf Gitler G’arbiy frontda yefreytor darajasida xizmatini o’tayotgan davrida 18 yoshli Sharlotta bilan uchrashgan. Sharlotta Adolf ijarada yashagan xonadon egasining qizi bo’lgan, u bilan ishqiy munosabatlar bir yil davom etgan. Biroq Adolf harbiy xizmat ta'tiliga ketib, sevgilisining yoniga boshqa qaytmadi.
Qizig'i shundaki, kuyov qochib ketganidan ko'p o'tmay, yosh fransuz ayol farzandli bo’ldi va unga Jan-Mari, deb ism qo’ydi. Jan-Marining o'zi fyurerning o'g'li ekaniga amin edi va buning belgisi sifatida fyurerga o’xshab, bir umr qo’ng’iz mo’ylov qo’yib yurdi. Gitler o'g'lini tan olmadi, genetik tahlil qilish esa ma’lum sabablarga ko’ra imkonsiz edi.
Mariya Reyter
1926 yilda Bavariyada siyosatchi sifatida tanilib ulgurgan Adolf Gitler Berxtesgadenlik tikuvchining 16 yoshli qizi bilan tanishadi. Aytishlaricha, uning o'zi sayr vaqtida yosh xonimga murojaat qilib, uchrashishni taklif qilgan. Qizning otasi milliy sotsializmning ashaddiy raqibi bo'lgan va sotsial-demokratik partiyaning yig'ilishlarida qatnashgan. Bu narsa munosabatlarga jozibadorlik berib turar edi.
Adolf o'zini "Janob Bo'ri" deb tanishtirdi va qizni “Mushukcha" va "yoqimli qizcha", deb atadi. Ehtimol, Mariya 37 yoshli siyosatchiga qattiq ko’ngil qo'ygan, shuning uchun hamu Gitlerning itiga nisbatan qilgan shafqatsizligini kechirgan va restoranda o'zining vegetarianligiga urg’u bergan holda go'shtli taomlar haqidagi jirkanch izohlariga chidagan. Fyurer balog'at yoshiga yetmagan Reyter bilan yaqin aloqada bo'lmagan, deb aytiladi. Siyosatchining siyosiy raqiblari uning ishqiy munosabatlari orqali saylovchilar oldida qoralashga uringandilar. Shu sababli 1928 yilda ular ajralishdilar.
Gitlerdan ayrilish yosh xonim uchun qiyin kechdi – Mariya hatto o’z joniga qasd qilishga ham harakat qildi. 1931-1933 yillarda, muvaffaqiyatsiz nikohdandan so’ng, Reyter Adolfning ma’shuqasiga aylandi va ularning munosabatlari erkakning joniga tegmaguncha davom etdi.
Geli Raubal
1929 yilda Berlinga Gitlerning yoniga beva qolgan opasi 21 yoshli qizi bilan birga keldi. Qizning ismi Geli Mariya Raubal bo’lib, u juda go'zal, bokira va bolalardek beg’ubor edi. Qizning qattiqqo'l o’gay tog’asi bo’lmish Adolf poytaxtning jo’shqin hayot tarzi yosh qizning boshini aylantirib qo’yishiga yo'l qo'ymadi – Gitler g’ayritabiiy ishtiyoq bilan Gelining har bir qadamini kuzatib, xushtorlarning hech birini yoniga yo’latmadi, qizning barcha harakatlarini nazorat qilib bordi. Fyurening hayotida Yeva Braun paydo bo'lganida, uning jiyaniga qiziqishi susaydi, ammo endi qiz uni rashk qila boshladi.
1931 yil 18 sentyabrda o’z xonasida Geli Raubalning jasadi topilgan. Qizning qo'li Gitlerning “Valter” to’pponchasini siqib turar edi, undan otilgan mash’um o’q qizning hayotiga nuqta qo’ygan edi. Siyosatchining qarindoshi o'limini o'z joniga qasd qilgan, deb ovoza qilishdi, biroq ko'pchilik zamondoshlarning fikriga ko’ra, qizni tog’asi otib o’ldirgan bo’lishi mumkin. Gap shundaki, oxirgi paytlarda Raubal suyukli yoridan ayrilganiga ko’nikdi va oshiqlaridan biri, Gitlerning shaxsiy haydovchisi – Emil Moris bilan uchrashishga roziligini bildirdi. Qizning homiladorligini bilib qolgan Adolf g’azab ustida uni otib qo’ygan bo’lishi mumkin, degan taxminlar bor. Gelining o’limi bo’lajak diktatorni chuqur qayg’uga botirib, yiqitib qo’ydi – hattoki uning o’zi ham o’z joniga qasd qilishni rejalashtirdi, ammo butun insoniyatning baxtiga qarshi afsuski, fikrini o’zgartirdi.
Yuniti Mitford "Valkyriya"
Yuniti Mitford Buyuk Britaniyalik oqsuyak xonim, 1935 yilda Gitlerning hayotiga kirib kelgan. Qiz sevimli insonining g'oyalarini astoydil qo’llab-quvvatlar va shu bilan birga Germaniyaning dunyo hukmronligi Buyuk Britaniya bilan bo'lishishi kerak, deb hisoblar edi.
Yunitini Adolf “Valkiriya”, deb atar edi. U bu ayolga o’ziga ishonganday ishongan hamda uning fikrlarini ham inobatga olgan. 1939 yil 3 sentyabr kuni, Buyuk Britaniya bilan Germaniya o’rtasida harbiy harakatlar boshlanganida, Mitford o’zini otib o’ldirishga harakat qildi – boshiga qarab o’q uzdi, biroq omon qoldi. Tirik qolgani bilan o’q qizning boshida qolib ketdi va 1948 yilda uning to’satdan vafot etishiga sababchi bo’ldi.
Yeva Braun
Fyurer rasmiy nikohdan o’tgan yagona ayol bu Yeva Braundir, garchi nikoh o’limlaridan bir necha soat avval tuzilgan bo’lsa ham. Gitler Myunxendagi oddiy o'qituvchining 17 yoshli qizi Yeva Braun bilan 1929 yilda tanishgan, ammo ularning munosabatlari 1931 yilda, Geli Raubalning fojiali o'limidan so'ng boshlangan. Siyosatchi bilan yashash Yevaga ko’pam zavq keltirmadi – Adolf uylanishga shoshilmas va alohida xonada yotardi. Arxitektor A. Spererning ta'kidlashicha, Fyurer Yevaga o’ziga xos surbetlik bilan munosabatda bo'lgan va faqat sayr vaqtidagina uni do’st sifatida qadrlagan. Sevib qolgan ayol uchun qiyin kechayotgan munosabatlar uning muvaffaqiyatsiz amalga oshmay qolgan o’z joniga qasd qilish harakatlaridan keyin qisqa vaqtgagina yaxshilanar edi – bu borada Braun “yaxshigina mutaxassis” edi. Biroq hech narsaga qaramay 1945 yilning 29 aprel kuni Yeva bilan Adolf turmush qurishdi va ertasi kuni birgalikda o’z jonlariga qasd qilib, vafot etishdi.
Сообщения из Facebook