Albert Eynshteynning hayot maslahatlari
Albert Eynshteynning hayot maslahatlari
Siz ehtimol inson o’z miyasining barcha manbalarini to’liq ishlatmasligi haqida eshitgan bo’lsangiz kerak. Biroq hayotda o’z qobiliyati bilan ajralib turuvchi shaxslar ham uchraydi. Bunday odamlarni biz ulug’ iste’dod sohiblari, deb ataymiz. Shunday shaxslardan biri Albert Eynshteyn bo’lgan.

Quyida miya mashqlari uchun Eynshteyndan berilgan tavsiyalar bilan tanishishingiz mumkin. O’qing, eslab qoling va foydalaning!

1.Vaqt o’tayotganini hayolan tasavvur qilib ko’ring.

2.Oddiy buyumlarning ishlatilishining yangi usullarini o’ylab toping – masalan, oddiy mix ishlatilishining necha xil usulini oylab topa olasiz?

3.Kuzatuvchanlik mahoratingizni oshiring – masalan, kun bo’yi qizil rangga e’tibor bering yoki tirbandlikda ma’lum bir rusumli avtomobillarni toping.

4.Ma’lum bir vaqtga bir yoki bir necha his qilish a’zolaringiz faoliyatidan foydalanmay turing – masalan, bog’langan ko’z bilan ovqat tanovul qiling, kundalik yumushlarni bajarayotganda quloqlaringiznni berkitib oling, yumuq ko’z bilan dush qabul qiling.

5.Bir qarashda har xil ko’ringan mavzularda umumiylik topishga harakat qiling.

6.Hayotingiz sodir bo’lgan birorta voqeani ipidan ignasigacha tasvirlab bering.

7. Ambidekstriyani (o’ng va chap qo’l bilan birdek harakat qilish) rivojlantiring – asosiy bo’lmagan qo’lni (ko’p hollarda chap) tish tozalashda, soch tarashda, ovqat tayyorlashda ishlating, ikkala qo’lda birvarakayiga yozing.

8.Taxminlaringizni doimo rad qiling.

9.Ijodiy fiklashni keng yo’lga qo’ying.

10.Doimo hayolingizga kelgan birinchi “to’g’ri” javobdan chetga chiqing.

11. Reallikni o’zgartiring – hamisha o’zingizga “Agar bunbday bo’lsachi?” degan savollar bering.

12.Hamisha ko’z oldingizda turadigan suratni tepadan pastga qaratib qo’ying.

13.Mantiqni o’rganing – ko’proq mantiqiy masalalar yeching.

14.Biror bir ilmiy usul bilan yaqindan tanishing.

15.Topishmoqlar va jumboqlarni ko’proq yeching.

16. Jonglyorlik qilishni o’rganing.

17.Sport bilan muntazam shug’ullaning.

18.Qaddingizni tik tuting.

19.Ko’p suv iching.

20. Oddiy hayot kechiring.

21.Shaxmat va boshqa stol o’yinlarini o’ynab turing.

22.Hazil-mutoyiba qilib turing, yangi latifalar o’ylab toping.

23.Ovqatlanish cho’plaridan foydalaning.

24.Chuqur-chuqur nafas oling.

25.Klassik musiqa tinglang.

26.Prokrastinatsiyadan xalos bo’ling( ya’ni ishni keyinga qoldirish).

27. Kiyinish uslubingizni o’zgartiring – ko’proq yalang oyoq yuring.

28.Noaniqlik va ikki ma’nolilikkka e’tibor bering – paradoks hamda optik illyuziyalarga ixlos qo’ying.

29.Kundalik tuting.

30.Chet tillarini o’rganing.

31.Uzun so’zlarni teskarisiga talaffuz qiling.

32.Muammolaringiz haqida ovoz chiqarib mulohaza qiling.

33.Atrofingizdagi muhitni o’zgartirib turing – uyingizdagi mebelning joyini o’zgartiring.

34.Hikoya yoki she’r yozing.

35.Fikringizni imo-ishoralar yordamida bildirishni o’rganing.

36.Musiqali asbobni chalishni o’rganing.

37.Ko’proq chizing – nimani bo’lsa ham. Buning uchun musavvir bo’lish shart emas.

38.Arifmetik hisob-kitoblarni hayolda bajarib turing.

39.Meditatsiya qiling.

40.Televizor tomosha qilishdan voz keching.

41.Kundalik ishlaringizni bajarish tezligini o’zgartirib turing – biror ishni tezroq yoki sekinroq bajarishga harakat qiling.

42.O’zingizni boshqa odamlarning o’rniga qo’yib ko’ring – ular sizning muammolaringizni qanday hal qilar edilar, shu haqda o’ylang.

43.Ishga ham, dam olishga ham vaqt ajrating.

44.Hamisha izlaning va o’zingiz uchun yangiliklar kashf qiling.

45.Imkon bo’lishi bilan chet elga safarlar uyushtiring – turli hayot tarzi haqida tushunchaga ega bo’ling.

46.Fikringiz bir joydan chiqadigan odamlar bilan muloqot qiling.

47.Raqobatlashib turing.

48.Aqlli iqtiboslar va buyuk iboralarni yig’ib boring.

49.Klassik asarlarni o’qib turing.

50.Atrofingizni faqatgina maslakdoshlar bilan o’rab olmang – qarashlari siznikidan farq qiladigan insonlar bilan ham muloqot qilib turing.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook