просмотров
Gap shundaki, inson imkoniyatlari tobora kengayib bormoqda. Hech kimga sir emaski,oramizda ko’plab insonlar, ayniqsa yoshlar, Amerikada tahsil olishni orzu qiladilar. Bu orzuni amalga oshirish uchun nimalarni bilishimiz kerak?
1.Ingliz tilidan bilimingizni mustahkamlang va halqaro sertifikatni qo’lga kiritish uchun imtihondan o’ting.
Amerikada tahsil olishni istasangiz albatta ingliz tilini o’rganing. Bu eng asosiy talablardan biri. Universitetga qabul qilinishingiz uchun ingliz tili darajangiz kamida “upper intermediate” bo’lishi lozim. Amerika universitetlari tomonidan talab qilinadigan test sinovlaridan eng asosiylari IELTS va TOEFL.TOEFLDdan eng yuqori ko’rsatkich 120 to’plash mumkun, IELTSdan esa – 9. Masalan, reytingi yuqori bo’lmagan universitetga kirish uchun IELTSdan hechbo’lmaganda 5.5 olish talab qilinadi. Bordiyu, Garvard singari, yuqori reytingga ega bo’lgan universitetlarga kirish istagida bo’lsangiz, IELTSdan kamida 7 yoki 7.5 bo’lishi kerak.
Ingliz tilini qisqa vaqt ichida upper intermediate darajasiga yetkazish oson emas.Bunday holatlarda bo’lajak talabalar mahsus moslashtirilgan dasturni tanlashlari mumkun. U “pathway” deb nomlanadi. Bunda bo’lajak talabani ingliz tili bilimi yetarli darajada kuchli bo’lmasada universitetga qabul qilinishi mumkun.
2.Shaxodatnomangizda a’lo baxolar bo’lishiga erishing.
Gapshundaki, AQSHda shaxodatnomadagi o’rtacha balga qaraladi. AQSHda 4 ballik sistema amal qiladi. Odatda universitetga qabul jarayonida sizdan baxolaringizni amerika sistemasiga o’tkazishingizni talab qilishligisi mumkun. Amerikada o’rtacha bal GPA deb nomlanadi va 5 ballik sistemada ham baholaringizni qabul qilishligisi mumkin. Bu universitetga bog’liq. Malumki,universitetning reytingi qanchalik yuqori bo’lsa, talab qilinadigan o’rtachabal ham shuncha yuqori bo’ladi.
3.Amerikada topshiriladigan maxsus imtihonni topshiring.
AQSHdabu imtihon SAT deb nomlanadi. Uning asosiy qismi matematika va tildan iborat.Siz bularni har birinii topshirishingiz kerak va har bir fandan eng ko’p 800 bal to’plashingiz mumkin. Hamda, asosiy testdan tashqari, bazi bir universitetlar ixtisoslashgan test sinovlaridan o’tish talab qiladi.
4. Motivatsion xat, insho yozing va sizni tavsiya etuvchi insonlar sizga tavsiyanoma yozib berishlari haqida qayg’uring.
Insho va motivatsion xat juda muhim bo’lib, ularni oldindan tayyorlab qo’yish lozim. Insho odatta berilgan mavzu yuzasidan yoziladi. Motivatsion xatga kelsak, unda siz o’zingizni nima uchun bunchalik iqtidorli ekaningiz va nimaga aynan sizni universitetga qabul qilishlari kerakligi haqida yozasiz. Siz o’zingizni barcha yutuqlaringiz haqida yozishingiz zarur. Sizni tavsiya etuvchi odamlar esa maktabingizdagi o’qituvchingiz bo’lishi mumkin. Lekin, u sizni yaxshi taniydigan universitet professori bo’lgani yaxshiroq.
Motivatsion xat nusxasini ingliz tilini biladigan do’stingiz, qarindoshingiz yoki boshqa bir tanishingizga ko’rsatishingiz juda muhim. Chunki sizni arizangizni ko’rib chiqishni birinchi bo’lib shu xatdan boshlashadi. Pulingiz bo’lsa mutahassisga murojat qilsangiz bo’ladi.
5.Hamma narsa tayyor bo’lgach faqatgina arizani jo’natish qoladi, va buni oldindan bajarish kerak.
Odatda bir yil oldindan hammasi tayyor bo’lishi lozim. Gap shundaki, universitetga ariza qabul qilish jarayoni qishni o’rtasidan bahorni boshlanishigacha davom etadi. O’rtacha reytingli universitetlar arizangizni yoz ortasigacha qabul qilishlari mumkin.
Har bir universitetning saytida onlayn ariza topshirishga imkoniyat bor. Biroq eng keng tarqalgan usul – arizani “CommonApp” orqali topshirish. Bu saytda onlayn anketa to’ldirib, barcha hujjatlarni elektron tarzda kiritish hamda arizani bir nechta universitetlarga yuborish mumkin. Lekin, aytish joyizki, hamma universitetlar ham “CommonApp” orqali ariza qabul qilmaydi.
6.O’zingizni moliyaviy ta’minlay olishingizga ishonch hosil qiling.
Hech kimga sir emaski, AQSHda tahsil olish juda qimmat. Garvardda o’qish yiliga tahminan 70.000$ turadi, biror bir o’rtacha universitetda – 40.000$. Bu ham yetmagandek, u yerda yashash va yeb-ichishga ham pulingiz bo’lishi kerak.
Buyuk Britaniyada tahsil olish 30-50% arzonroq tushadi. Shuning uchun aynan AQSHda o’qishni xohlaysizmi yoki yo’qmi, buni yaxshilab o’ylab ko’ring.
Сообщения из Facebook