просмотров
Hafagarchilikni kechirib o’tmishni qo’yib yuborishdan oldin, keling, bundan buyon aqlliroq bo’lish uchun u nima tufayli paydo bo’lishini o’ylab ko’ramiz.
Hafalik hissiyoti, u bilan birga dil og’rig’i, qayg’u yoki g’azab, jaholat, o’ch olish istagini o’zini oqlamagan kutishlar vujudga keltiradi. Buning hammasiga sabab biz o’zimizni boshqarish bilan o’z hayotimizni rejalashtirish, unining xotirjamligi uchun ma’suliyatni, bizni baxtli yoki baxtsiz qilish imkonini kimlargadir berib qo’yishimizdir.
Hafa qiluvchi butunlay begona yoki yaqin hamda sevimli insonimiz bo’lishi mumkin. Darvoqe,eng kuchli hafagarchilikni biz alohida e’tiborimizni qaratgan, demakki, biz ulardan ko’p narsani kutgan odamlar vujudga keltirishi mumkin.Odatda, ahamiyati kam bo’lgan,masalan ko’chada uchyradigan begona odamlarga nisbatan, o’z hafaligini izhor etish qiyin emas. Eng e’tiborlisi shuki, biz yaxshi munosabatlarni saqlab qolishimiz istagidagi yoki ular biz uchun obro’li bo’lgan odamlarga nisbatan hafalikni izhor etish yoki uni hatto tan olish ko’proq qiyin. Bunday hollarda nima bo’ladi?
Samimiy bo’lmagan va tashqariga chiqarib tashlanmagan emotsiyalar insonning o’ziga yo’naltiriladi. Ruhshunoslikda bu autoagressiya deyiladi, ya’ni inosn hamma narsada o’zini ayblay boshlaydi, bu esa o’z bahosini pasaytirib yuborib muvaffaqiyatli bo’lish qobiliyatiga juda yomon ta’sir qiladi.
Bunday hollardaeng to’g’ri yo’l – hafa qilgan odam buni o’zi fahmlashiga umib qilmay o’zingizdagi hissiyotlar to’g’risida aytish. Ranjishga nima sabab bo’ldi?Har bir voyaga yetgan inson dunyo tuzilishining o’z boshidagi “harita, tarhi” bilan yashaydi. Masalan, odamlar orasida ezgulikka ezgulik bilan javob berishi kerak, deb tahmin qilinadi. Biroq, bu fikrdan keyin, ezuglikka javoban ezgulik kutilsa, buni ezgulik deb bo’lmaydi. Bu birinchidan, ikkinchidan esa, ranjish xiyonatdan kelib chiqadi. Bizning manfaatlarimizga nisbatan xiyonat qilinadi, lekin, kim tomonidan? Buni tan olish naqadar og’ir bo’lsa ham, birinchi navbatda - o’zimiz tomondan.
Agar siz o’zingizni baxtli qilishdek muqaddas majburiyatingizni boshqa kishi yuklayotgan bo’lsangiz va u sizning baxtingiz uchun va farovonligingiz uchun qo’lidan kelgan hammasini qilish kerak bo’lsa, unda o’z ehtiyojlaringiz to’g’risida boshidanoq o’zingiz qayg’urishingiz yaxshiroq emasmi? O’zini baxtiyor his etgan odam boshqa odam ungan javoban nima qilishiga ancha kamroq ahamiyat beradi. Paulo Koelo aytganiday “Bolalar ota-onasini xursand qilishi uchun o’z orzusidan voz kechadi, ota-onalar esa bolalarini xursand qilish uchun hayotning o’zidan voz kechadi”
Natijada kim baxtli bo’ladi? Faraz qilaylik, siz o’zingizni baxtiyor qila olishga qodirsiz va bu sharafli majburiyatni boshqa, siz “baxtli” qilgan insonga ishonib beryapsiz. Birovni baxtli qilib, shu paytning o’zida o’zini baxtli qila olmaslik sal g’alatiroq tuyuladi, to'g’ri emasmi? Demak, agar siz kimnidir baxtli qila olsangiz – demak, o’zingizni ham albatta, baxtli qila olsaiz.
Shuning uchun, uni qanchalar mehribon bo’lishiga qaramay o’zga qo’llarga ishonib berib qo’ymasdan o’z baxtimizning egalari, yaratuvchilari va shifokorlari ham o’zimiz bo’lishimiz kerak.
Kimgadir yaxshilik qilish paytida - eng muhimi, evaziga biror narsadan umidvor bo’lish emas, aksincha, kimgadir yordam berish qo’limizdan kelgani uchun xursanchilikni xis etish (bu haqda uning o’zi so’ragan bo’lsa undan ham yaxshiroq).
Agar ijobiy his-tuyg’ular bo’lmasa, biz kimlargadir "ha" deb, o’zimizga "yo’q" desak, unda buni qilishning nima keragi bor? Xafa qilib qo’yish qo’rquvidanmi? Biror qimmatliroq narsani yo’qotib qo’yish qo’rquvi tufaylimi? .. Burch tuyg’usi tufaylimi?
Agar siz xafa qilib qo’yish hadigi tufayli rad javobini berishdan qo’rqsangiz, pirovardida o’zingiz hafa bo’lib qolishingiz ehtimoli juda yuqori. Imkoniyatlarni boy berish qo’rquvi tufayli "ha" deb aytsangiz –buni o’z manfaatlaringizga zarar yetkazgan holda qilasiz, demak, shubhali narsalardan umidvorlik evaziga haqiqatdan ham biror qimmatli narsani yo’qotasiz.
Va nihoyat, inson o’zining oldidagi o’z vazifasi – qalbi buyurganday qilib o’z hayotiy yo’lidan borgan holda baxtli bo’lishdir. Baxtli odamlar alohida zo’r berishsiz boshqalarni baxtli qila oladi. Boshqalar tasodifiy ravishda ulardan minnatdor bo’lmasligi, (noshukurligi) juda ham kam hollarda ularning ta’bini xira qilishi, yoki umuman qilmasligi mumkin.Yetuk shaxs birovning his-tuyg’ulari uchun mas’ul emasligini tushunadi, ammo boshqalar ham bu insonning his-tuyg’ulari uchun javobgar emas. U o’zqadriyatlari va axloqiy tamoyillariga muvofiq harakat qilishi va o’zxatti-harakatini baholashi mumkin va ayni paytda boshqalarga ham xuddi shu huquqni beradi. Aniqrog’i beradi emas, bunday ularning bunday huquqlarini inkor etmaydi.
Shuning uchun ham, u qalbning ichidagi narsalarni qiladi va birinchi navbatda u shod-hurramlikni o’ziga, o’z tamoyillariga xiyonat qilmaslikda, deb biladi. Ehtimol, bunday yondashuv ayrim kishilar uchun juda g’alati ko’rinadi, ammo chuqur o’ylab ko’rsangiz, bu eng oqilona va to’g’ri yondashuv ekanligini tushunib yetasiz. Yaxshilik qilish uchun yaxshilik qiling. Boshqa odamning hayotini salbo’lsada baxtliroq qilmoqchi bo’lsangiz - buni o’sha insonning javobi uchunemas, balki uning o’zi uchun qiling. Chunki,bu harakatingiz uchun eng oliy mukofot – o’zingiz oldingizdagi o’zingizning harakatlaringiz bilan qoniqish hissi. O’z bahtimizning yaratuvchilari va egalari bo’lib biz o’zimizga bo’lgan xotirjam ishonchni hosil qilamiz, o’z-o’zimizni hurmat qila boshlaymiz va kelajakdagi o’z muvaffaqiyatimizga ishonamiz.
Aks holda inson to’g’risda gapirilganida, ota-onalar, kattalar, uning o’z hayotida o’zidan ham muhimroq bo’lgan kimgadir bog’liq bo’lgan yosh bolalarcha xatti-harakatlar to’g’risida gap boradi. Binobarin, uning qalbida huzur-halovat, ertangi kunga ishonch yo’q va bo’lishi ham amri mahol, har doim qilgan ishining to’g’riligiga shubha va ikkilanishlar mavjud bo’ladi. Uning baxti - kim bo’lsa ham, boshqa odamga bog’liq, lekin faqat o’ziga emas.
Yoqmagan narsaga javoban arazlash odati, odatda erta bolalikdan shakllanadi. Bu davrda yosh bola turli sabablarga ko’ra o’zining ehtiyojlarini qondira olmaydi yoki ularni bayon qilishga hali qodir emas. Shuning uchun ham, kattalarga o’z ta’sirini o’tkazish uchun unda qolgan yagona chora – arazlashdir. Bunga javoban kattalar (eng ko’p hollarda bu ota-onalar) ijobiy "g’amxo’rlik" munosabatini bildiradilar.
Keyinchalik, bunday fe’l-atvor hayotiy muammolarga hissiy javobning odatiy shakliga aylanadi, va hatto bunday “g’amxo’rlik”ni biror kimdan olish imkoniyati bo’lmagan paytda ham yuzaga chiqadi.
Agar behosdan ranjituvchi siz bo’lib chiqsangiz va mojaroni hal qilishni istasangiz, sizdan nimani xohlashyotganini va bu nima uchun kerakligini so’rang. O’zingiz tomondan hafagarchilikka yo’l qo’ymaslikuchun o’z istaklaringiz to’g’risida gapirib bering. Odamlarning aksariyati birovning fikrlarini o’qiy olish qobiliyatiga ega emas. Ehtimol, siz murojaat qilayotgan kishi uni qondirishdan bag’oyat xursand bo’ladi. Hafagarchilik allaqachon sodir bo’lib o’tgan bo’lsa, qanday ehtiyojlar qondirilmaganligini va ularni qanday qilib qondirilishi mumkinligini aniqlash kerak. Aynan shu odam sizga yordam bera olishi shart emas, xatto o’zingiz mustaqil ravishda ehtiyojni qondirishga qurbingiz etmagan taqdirda ham. Vaziyatdan chiqish yo’li, albatta topiladi, eng muhimi araz va hafagarchilikni qo’yib yuborish, salbiy hissiyotlardan qutilish. Birinchi navbatda nima qilmoq kerak? Sizni hafa qilgan odamga maktub yozing. Yo’q, maktubni adresatga taqdim qilish kerak emas.
Bunday maktub vaziyatning chigalligini yaqqol aniqlab olib uni hal qilish uchun to’g’ri yo’l topish maqsadida yoziladi. Maktubni quyidagi so’zlar bilan boshlang: “Men hozir senga avval hech gapirmagan gaplarni gapiraman”. Maktubning matni o’z ichiga albatta to’rtta bandni olishi kerak: Mana - menga nima nima qilganing; Mana – men nimani boshimdan kechirishimga to’g’ri keldi; Mana - bu mening hayotimga qanday ta’sir qilgani; Mana – nimani hozirgi paytda sendan kutyapman.Oxirgi band sizga birinchi navbatda qanday ehtiyojni qondirish kerakligi to’g’risida yashirin ma’lumotni ochib beradi. Siz o’tmishdan voz kechib, araz va hafagarchilikdan qutulmaguningizcha, hozirgi hayotingizda to’liq zavq bilan yashay olmaysiz.
Agar kerak bo’lsa, yo’qotishlarni boshdan kechirganingizni, qayg’uga botganingizni,yo’qotgan narsangizni unuting, yo’qotishlar sababchisi bo’lgan kishini kechiring, o’zingizni kechiring, bu achchiq tajribani ortda qoldirishga qaror qiling va oldga harakatlanishni davom eting. O’zingizning qaroringizdan voz kechmang, garchi u siz uchun oson bo’lmasa ham. Ishoning, boshingizdan o’tkazgan tajriba kerak edi va oxir-oqibatda u sizning foydangizga ishlaydi, sizni yanada kuchli, dono va muvaffaqiyatli qiladi. Vaqt keladi va sizning baxtingiz o’zingizga bo’lgan ishonch tufayli dastlabkisidan ko’ra ko’proq bo’ladi, chunki siz o’zingiz uning yaratuvchisisiz.
Сообщения из Facebook