Aura nima va uni Yangi yil avvalidan tozalash nima uchun kerak?
Aura nima va uni Yangi yil avvalidan tozalash nima uchun kerak?
Har bir insonning atrofida energetik qobiq bor ekanligini ilmiy jihatdan ham isbotlangan fakt. Biomaydon bizni tashqaridagi salbiy energiyadan himoya qilib turadi.

Aura nima degani?

Sharqiy ta’limotlarda va ayrim yo‘nalishlarda aura tushunchasi insonning qalb va ruhiaksi deya tushuniladi.

Doimiy stresslar, baland ovozdagi so‘zlashuvlar, hattoki salbiy fikrlar oqibatida ham inson aurasi o‘zining himoya kuchini yo‘qotadi va parchalanish xavfi bilan ham to‘qnash keladi. Shu tariqa insonlar salbiy fikrlarga nisbatan ta’sirchan,stressli vaziyatlarda o‘ta zaif, jismoniy jihatdan kasallikka beriluvchan bo‘lib qolishadi. Ushbu himoya kuchini qayta tiklash mumkin, buning uchun aurani oddiygina mashqlar yordamida tozalab olish kerak bo‘ladi. Bu kabi mashg‘ulotlar Yangi yil avvalidan yangi hayot boshlash uchun ham ayni muddaodir. 

Aurani qanday tozalash kerak?

Avvalo buning uchun ko‘pi bilan bir oy vaqt kerakligini hisobga oling. Harakatni shu kunlarda boshlasangiz, Yangi yil bayramiga qadar o‘zingizni ancha yengil va serg‘ayrat inson sifatida his qilasiz. 

Meditatsiya

Meditatsiyaning foydasi haqida shifokorlar ham ko‘p bora ta’kidlaganlar. U ongni salbiy fikrlardan himoya qilish bilan birga organizmga ko‘proq diqqat qaratish, atrofdagi sodir bo‘layotgan hodisalar bilan birga yashash uchun imkon beradi. Kuniga hech bo‘lmaganda 20 daqiqa meditatsiya bilan shug‘ullanish juda katta foyda berishi mumkin. Buning uchun avvalo xonada yolg‘iz qolib, chiroqni o‘chiring (yoki xiraroq qilib qo‘ying). Sokin musiqa yoqing va qulay holatda o‘tirib oling. Bunda bel qismi tikka, yelkalar bo‘sh holatda, qo‘llar esa tizza ustida, kaftlar yuqoriga qaragan bo‘lishi kerak. Hayolingizdagi barcha muammolarni chiqarib tashlang, hech narsa haqida o‘ylamaslikka harakat qiling (eng qiyin narsa ham aynan mana shu!). Ko‘zlaringizni yumib, chuqur nafas oling va tanani bo‘sh qo‘ying. Hayolingizda tananing barcha mushaklari - yuz, yelkalar, barmoqlar, oyoqlar, miya bilan aloqaga kirishing. Ijobiy energiya butun tanangiz bo‘ylab yurganini tasavvur qiling. Shunda enregiya biomaydonning zararlangan qismlarini qayta tiklab beradi. 

Tabiat

Tabiat manzaralari - inson qalbining eng yaxshi davosidir.

Har kuni 15 daqiqa bo‘lsa ham sokin joyda sayr qiling. Bu istirohat bog‘i, daryo qirg‘og‘i yoki ko‘l atrofi bo‘lishi mumkin. Sayr maskanini o‘z imkoniyatingizdan kelib chiqib tanlayverasiz. Eng muhimi, odamlar kamroq bo‘lgan, diqqatingiz ko‘p ham chalg‘imaydigan shovqinsiz joylarga boring. Balki bu sizga kulguli tuyular, ammo biror daraxtni mahkam quchoqlab turish ham insonga juda katta kuch beradi, tanani energiya  bilan ta’minlaydi, qalbdagi og‘riqlarni davolashda ham buning foydasi juda katta.

Musiqa

Sokin va chiroyli musiqa insonning aurasinigina emas, uydagi muhitni ham tozalashi mumkin ekanligini bilasizmi? Yoqimli musiqa tanlab oling-da, uni janjal yoki munozaralari suhbat o‘tkazilgan xonada 10 daqiqa davomida yoqib qo‘ying. 

Shukronalik hissi

Inson aurasini tozalash va qayta tiklashdagi muhim jihatlardan biri - shukronalik hissidir. Hayotingizda mavjud narsalar, qo‘lingizda bor imkoniyatlar uchun shukrona keltirib, duo qiling. Buni so‘z bilan ifodalash shart emas, barchasini hayoldan o‘tkazsangiz, ich-ichingizdan his qilib, so‘zsiz duo qilsangiz ham bo‘ladi. Shukronalik hissi ortidan o‘zingizni juda yengil his qilishni boshlaysiz. 

Iforlar

 

Bergamot, apelsin, kedr efir moylari salbiy hayollardan insonni chalg‘itib, stressdan qutulishga yordam beradi. Har tong va kechki vaqtda surtadigan biror kremingiz tarkibiga 1-2 tomchi efir moyidan qo‘shing. Tanangizdan taralib turgan mayin ifor aurani tozalashda juda qo'l keladi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook