Baxtli va uzoq umr ko’ruvchilar. Keksalik quvonch ulashganida...
Baxtli va uzoq umr ko’ruvchilar. Keksalik quvonch ulashganida...
Umidlarning o’rniga qayg’u va alam kelmaguniga qadar inson qarimaydi. Jon Barrimor.

Yoshidan qatiy nazar, yuragi yosh, tirik va doimiy izlanishdagi aqlga ega, qalbining yoshligini saqlab kelayotgan odam doimo navqirondir. Baxt qarilikni inkor etadi. Go’zallikni ko’rish qobiliyatini saqlagan kishi hech ham qarimaydi. Qalban yosh insonning hayotiuning ichki dunyosi juda boyligi tufayli, u bilan sodir bo’layotgan barcha hodisalarni chuqur va teran his etib tinimsiz izlanish va sa’y-harakatlari orqali topgan mazmunga to’lgan.

Va aksincha, yuragi tosh qotgan, qalbi vaaqli vayron qilingan, hayoti ma’nosiz bo’lgan istalgan yoshdagi inson juda tezva muddatidan ancha ilgariroq qariydi. Aqli, qalbi hamda yuragining eng yaxshi fazilatlarini namoyish etishga to’sqinlik qilayotgan cheklovlar-u to’siqlarni tan olmay yengib o’tadigan inson doimo yosh bo’lib qoladi. Bunday cheklovlar vavaziyatlarning tuzog’iga ilingan har qanday kishi qari bo’lib qoladi.

Baxtli keksalik - uzoq umr ko’rgan inson o’tmishda bilmagan yangi ijobiy hissiyotlarni olib keluvchi uzoq umr davomida o’z o’rni, yangi hayotidan qoniqish hissiyotidir. Baxtli keksalikning kaliti nima?

Bunga quyidagilar kiradi: ichki muvozanat, yaxshi kayfiyat, atrofdagilar bilan hissiy munosabatlardan qoniqish. O’ziga va boshqalarga, ulardagi bo’lgan kamchiliklariga nisbatan bag’rikenglik. Jonli manfaatlar va kelajak uchun doimiy rejalar. O’rtacha ko’rsatkichdan yuqoriroq bo’lgan o’z-o’ziga hurmat, atrofdagilarning yordamiga ishonch.

Inson ruhiyatiga hayvonlarning ta’sirini birinchi bo’lib tadqiq qilgan Uorren Mak-Kallok hammaga va ayniqsa, baxtli uzoqumr ko’ruvchilar safiga qo’shilishni istagan kishilarga, biror uy hayvonini asrab olishga da’vat qiladi. Keksa yosh bilan fikrlash qobiliyatining pasayishi o’zaro bog’liq deb hisoblaganlar qattiq adashadilar.

60 yoshdan 93 yoshgacha keksalar qobiliyatini o’rganish paytida shu aniqlandiki, uzoq umr ko’ruvchilar sezilarli darajada o’zinig ba’zi qobiliyatlarini rivojlantirishi va hattoki yangi qobiliyatlarini namoyon qilishi mumkin ekan. Inson o’zini yosh yoki keksa deb qabul qilishi qarish jarayoniga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir qiladi. 

Bu 1979 yilda ruhshunos Elen Lendjer va uning Garvardlik hamkasblari tomonidan a’lo darajada namoyish etilgan edi. Ular bir necha keksa erkaklarning ongida katta bo’lmasa ham samarali o’zgarishni vujudga keltirgan holda shu keksa insonlarning qarish jarayonini sezilarli darajada o’zgartirgan, aniqrog’i sekinlashtirgan.

Tajribani doktor Dipak Chopra o’zining “Vaqtga bo’sunmas tana va aql” kitobida tasvirlab bergan. 75 va undan katta yoshdagi sinalayotgan kishilar bir haftalik dam olish uchun shahardan tashqaridagi juda sokin kottedjga joylashtirilgan. Shu bilan birga bir g’alati cheklov sharti joriy etilgan: ularga 1959 yildan keyin chop etilgan gazeta, jurnallar, kitoblar va oilaviy fotosuratlarnio’zi bilan birga olib borishga ruxsat berilmagandi.

Ushbu noodatiy iltimosning ma’nosi ular joyga etib kelganida aniq va ravshan ko’rindi. Kottedj 20 yil avvalgi moda va an’analarga to’la mos ravishda jihozlangan edi. Stollarning ustida 1979 yildagi jurnallarning o’rniga, 1959 yilda chop etilgan nashrlar yotar edi. Musiqiy yozuvlar ham faqat o’sha vaqtlardagi yozuvlar edi va shu o’rinda odamlardan o’zini 20yil muqaddam qanday tutgan bo’lsa xuddi shunday tutishni iltimos qilingan edi.

Barcha suhbatlar o’sha yillardagi voqealar va odamlar to’g’risida bo’lishi kerak bo’lgan.

Tabiat qo’ynidagi hayotning har birmayda narsa ham ular o’zini yoshi go’yo endigina 50 yoshdan sal o’tgandek his qilishlari uchun batafsil hisoblab chiqilgan edi.

 

 

Shu paytning o’zida Elen Lendjer jamoasi sinaluvchilarning umumiy profili jismoniy kuch, gavda, idrok tezligi, ahborot qabul qilish qobiliyati va xotira bilan birga ko’rish, eshitish va ta’mni sezishdan tashkil topadigan biologik yoshini kengaytirilgan o’lchash jarayonini o’tkazgan.

Kottedjda hozir bo’lgan, biroq real vaqtda yashagan boshqa qariyalar guruhiga nisabatan tajriba guruhida xotira va qo’llari mohirligining ijobiy tomon o’zgarishi borasida ancha yaxshi natajalarga erishilgan. Odamlar ancha faollashgan va mustaqil harakat qilgan. Shu kunga qadar ularning ko’pchiligi o’zining kundalik ehtiyojlarini qondirish uchun oilaning yoshroq vakilllari ko’magidan foydalangan bo’lsa-da, o’zini qariyalar singari emas, 55 yoshdagilar kabi tuta boshlagan. 

Biroq, eng katta o’zgarishlar qarishnin gilgari qaytarib bo’lmas deb hisoblangan jihatlarida yuzaga kelgan. Sinovdan o’tkazilayotganlarning qiyofasini tajribadan avvalgi va keyingi tashqi ko’rinishlariga baho berishi so’ralgan chetdan jalb qilingan xolis hakamlar tomonidan ularning yuzlari ancha yoshargan deb topilgan.

Odatda yoshiga qarab qisqaradiga nbarmoqlar uzunligining o’lchami ular uzayganligini ko’rsatgan. Bo’g’imlar ancha egiluvchan bo’lib qolgan. Qaddi-qomati esa to’g’rilana boshlangan. Kuch o’lchagichning ma’lumotlari ko’rsatgandek, mushaklar kuchi kuchaygan, ko’rish va eshitish qobiliyati charhlangan.Professor Lendjer o’z tadqiqotlari orqali shuni ko’rsatdiki, keksa yoshdagi qaytarib bo’lmas o’zgarishlarniruhiy aralashuv orqali bartaraf qilinishi mumkin ekan. 

U vaqtni obyektiv deb o’rgatadigan eski paradigmani rad etdi. Darhaqiqat, bizning tanamiz xotiralar va ichki tuyg’ular bilan belgilanadigan subyektiv vaqtga bo’ysunar ekan.

Lendjerushbu odamlarni ichki vaqtlaridagi sayohatchilarga aylantira oldi. Ular psixologik jihatdan 20 yil oldingi holatga qaytdilar, ularning tanalari ularga ergashdi.

Bu yerda ishga tushgan mexanizm, bu -ishontirish, aniqrog’i – o’zini-o’zi ishontirish deyiladi.

Ongli ravishda o’zini ishontirish- ruhiy o’zini boshqarishning asosiy instrumenti, u mislsiz, mutlaq qamrab bo’lmas kuchga ega va vaziyatga qarab, u o’ta foydali bo’lishi bilan birga achinarli oqibatlarga ham olib kelishi mumkin. 

Ongli ravishda o’zini ishontirish imkonini anglab, siz eng avvalo o’zingizda va boshqalarda oqibati havfli va halokatli bo’lishi mumkin yomon o’zgarishlarni oldini olasiz. Shu bilan birga, siz ongli ravishda jismoniy kasalliklardan xalos bo’lish va ruhiy xotirjamlik topish imkonini yaratish uchun yaxshi o’zgarishlarga hissa qo’shish imkoniga ega bo’lasiz.

Faol va sog’lom uzoq umr ko’rishning quvonchiga quyidagi narsa halaqit berishi mumkin: - aniq hayot ritmining yo’qligi; - aloqa muhitining qisqarishi; - faol ish faoliyatidan qochish; - "uydagi vayronagarchilik" sindromi; - inson o’z ichida cho’kib ketishi; - yopiq maydondan bezovtalik hissi; - keksa odamlarga nisbatan dushmanlik hissi; -keksa yoshdagi odamlarning yosh avlodga salbiy his-tuyg’ulari.

Qarish jarayoni kabi haqiqatidan nafratlanish – hayotning o’zidan nafratlanish demakdir. Agar biz hayot va qarish bu o’sishi va rivojlanish jarayoni ekanligini tushunmasak, unda hayotning asosiy tamoyillarini tushunmagan bo’lamiz, deb oqilona belgilagan edi TomasXan. 

Qariyalarga hurmat, tushunish va sabr-toqatbilan munosabatda bo’lishdan ko’ra tabiiyroq va munosibroq narsa bo’lishi mumkinmi?

Hatto turli avlodlar vakillari ham doimo bir-birlari bilan bo’lishish uchun biror narsalarga ega, keksalar ham qachonlardir yosh bo’lgan, yoshlar ham qachonlardir keksalarga aylanadi. Bir-birimizga issiqlik va mehr bilan munosabatda bo’lsak, biz birinchi navbatda o’zimizga yordam beramiz.

 

Ko’p yillar davomida yig’ilgan donolikbolalar, nabiralar, hatto bunga ega bo’lmaganlarga ham xizmat qilishini tushunish naqadar yoqimli. Yoshlar uchun, qariyalarga mehr-oqibat hissi, o’ziga va yorqin kelajagiga ishonch ifodasini topadi.

Yoshlik siri to’g’risidagi masal.

Bir mehribon, dono keksa ayoldan shunday deb so’rabdilar:

- Buvijon! Siz shunday qiyin hayot kechirdingiz, ammo qalbingiz hammamiznikidan ham yoshroq ko’rinadi. Bunga erishish uchun birorta siringiz bormi?

- Bor, azizlarim. Menga qilingan barcha yaxshiliklarni qalbimga yozib qo’yaman, yomonliklarning hammasini esa suvga yozaman. Agar men buning teskarisini qilsam, hozir mening qalbim dahshatli chandiqlarga to’lib ketgan bo’lar edi, shuning uchun ham qalbim xushbo’y jannatning o’zi.

Xudo bizga ikki qimmatbaho qobiliyatni bergan: eslash va unutish. Bizga yaxshilik qilinganida, minnatdorchilik uni eslashni talab qiladi, yomonlik qilinganida esa, mehr uni unutishga undaydi. 

Tog’li Abxaziya donishmandlari baxtli va uzoq umr ko’rishning besh siri borligini aytgan. Ularning turmush tarzi e’tibordan chetda qolmagan va Pola Garbning “Uzoq umr ko’ruvchilar” kitobida batafsil tavsiflab berilgan:

Abxaziyadagi keksa odamlar o’z qadr-qimmatini mustahkamlovchi juda katta hurmatga sazovor va shundan foydalanadilar. Abxaziyada yoshlar keksalik to’g’risida salbiy tomonlama gapirmaganidek, keksa yoshda bo’lganlarning o’zidan ham biror kishi aniq va keskin fikr bidirmaydi. Ularga yolg’izlik hissiyoti begona – ular doimo qarindoshlari va qo’shnilari tomonidan ko’rsatiladigan g’amho’rlikni his etadilar va bu hayot falsafasining tabiiy ifodasidir.

Har bir inson eng yaxshi dori –atrofdagilarning mehri va g’amxo’rligi ekanligiga qat’iy ishonch hosil qilgan. Keksa odamlar, shu jumladan, 90 yoshdan katta bo’lganlar ham, har kuni qarindoshlari va yaqin qo’shnilari bilan suhbatlashadilar, hech bo’lmaganida kamida haftasiga bir marta do’stlari bilan uchrashib turadilar. Yosh va o’rta yoshli odamlar muntazam ravishda kunlik hayotning muhim masalalari bo’yicha keksalar bilan maslahatlashadilar.

Uzoq umr ko’ruvchilar turli qiziqishlari, to’laqonli hayotni yashash istagi bilan ajralib turadi. Bu o’ziga xos hazil-mutoyiba, yumorni his etish fazilatlariga ega, har doim boshqa odamlar orasida bo’lish istagidagi insonlar. Ularning samimiyati va mehmondo’stligi boshqa millat vakillariga nisbatan ham ko’rsatiladi. Uzoq umr ko’ruvchilarni doimo sog’lom bo’lishga intiluvchanlik, turli kasalliklarga shikoyat qilish odatining yo’qligi, kasalliklarga qiziqishning umuman yo’qligi (o’lim haqidagi fikrlar depressiyaga sabab bo’lishi ma’lum, Abxaziyaning keksalari orasida ko’pincha qarilik marazmiga sababchi bo’ladigan depressiyaning alomatlari yo’q). 

Uzoq umr ko’ruvchiar ularning hayotida sodir bo’ladigan barcha narsani qandaydir tashqi kuchlar ta’siri emas, o’z harakatlarining natijasi deb biladi. Bu esa hayotdagi qiyinchiliklarni yengib o’tishga kuch-quvvat ulashadi. Ular o’zlariga tegishli bo’lgan barcha narsalar uchun mas’uliyatni o’z zimmalariga olgan, o’zlarini o’z taqdirlarining egasi sifatida his  etadigan shaxslardir. Mahalliy va chet el olimlarining tadqiqotlari hayotning baxtli kuzi uchun ko’p turli variantlari haqida ma'lumot beradi. Mana baxtli uzoq umr ko’ruvchilarning bir nechai jtimoiy-psixologik turlari: 

Birinchidan, bu faol ijodiy turdagi odamlar. Bu odamlar ijtimoiy, siyosiy, diniy hayotda va  yoshlarni tarbiyalashda ishtirok etadi va shuning uchun ham, hatto nafaqaga chiqqanidan keyin  to’laqonli hayot kechiradi.

Ikkinchidan, faol "individual" turdagilar. Bunday keksa odamlar avval bajarish uchun vaqt topa olmagan ishlari bilan shug’ullanadi: o’qish, dam olish, ko’ngilhushlik qilish va hokazo.

Uchinchidan, faol "tabiiy" turdagilar. Ular odatda tabiyatga yaqinroq bo’lib, bog’ tomorqalarida o’zi bilan o’zi ovora bo’ladilar.

To’rtinchidan, oilaviy turdagi odamlar.Ular o’z bor kuchlarini oilaga sarflaydi va odatda bu baxtli buvijonlarga aylangan baxtli onalardir. Bunday insonlarda uy ishlarining tagiga yetib bo’lmasligi tufayli, u bilan shug’ullanadigan ayollar qayg’u chekish uchun vaqtning o’zi yo’q.

Va oxirgi "sog’lom" turdagilar. Bu turga hayotining mazmuni o’zlarining sog’lig’iga g’amxo’rlik qilish bo’lgan keksa odamlardir. Bu bilan ham turli xil faoliyat shakllari, ham axloqiy qoniqish bog’liq. Ammo keyingi ikki turdagi odamlarda hayotdan qoniqish avvalgi turdagilarga qaraganda pastroq. Qalb yoshligi mavjud ekan - qarilik yo’q. Ayrim kishilarni qariyalar deb atashga til ham aylanmaydi. Luiza Xey uchun vaqt go’yo teskari hisobni boshlaganday, buning sababi u har doim uzoq umr, salomatlik, go’zallik, muvaffaqiyat sirlarini birov bilan bo’lishib baham ko’rishga doim xursandligidadir, balki?

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook