просмотров
Buyuk Armiya qoldiqlqrining Vilno orqali chekinishi. Vasiliy Fyodorovich Timm (Georg Wilhelm Timm) 1813-yil
Butun mamlakatda krepostnoy huquq hokim: bu huquqqa binoan dehqon pomeshchikning mulki hisoblanar edi. Pomeshchik o`z dehqonini ishlatishi, qonini zulukdek so`rishi, ko`ngliga kelsa buyumdek sotib yuborishi, istagancha tahqirlashi mumkin edi. U dehqonni o`ldirib yuborgan taqdirda ham, hech kim qotil pomeshchikning mushugini pisht deyolmas edi. Mamlakatning ilg`or fikrli, sof vijdonli odamlari bunday ahvolga chidab turolmadilar. Mavjud ijtimoiy tartiblarni, krepostnoy huquqni, unga panoh bo`lib turgan monarxizm sistemasini tanqid qilish boshlangan, Rossiyani Yevropa mamlakatlariga qiyos qilish kuchaygan, adolatli, erkin, ma`rifatli jamiyat barpo etish uchun kuchli harakat boshlan edi. Bu harakat tarixda dekabristlar harakati degan nom bilan shuhrat qozondi: 1825-yilning 14-dekabr kuni bir qancha zobitlar Sankt-Peterburgda Senat maydoniga chiqib, podshoga qarshi isyon ko`tardilar. Isyon shafqatsiz suratda bostirildi. Uning ishtiokchilaridan besh kishi dorga osildi, yuzlab odamlar Sibirga surgun qilindi, turmalarga tashlandi. Isyon bostirildiyu, lekin podsho hukumati uning ruhini bostira olmadi. Senat maydonida ro`yi-rost namoyon bo`lgan isyonkorlik ruhi, erkinlik istagi, ma`rifatga, ziyoga tashnalik, zulmatga, jaholatga nafrat, rus xalqini uning bo`yi bastiga, qudratiga, buyukligiga munosib tarzda ozod va baxtiyor ko`rish ishtiyoqi yashashda davom etdi. Xuddi shu ruh, shu g`oyaviy tamoyillar XIX asrdagi rus adabiyoti, musiqasi, rassomchiligi uchun qudratli qanot bo`ldi va ularning yuksak parvozini ta`minladi. Pushkin birinchilardan bo`lib, shu isyonkorlik ruhidan bahramand bo`ldi va birinchilardan bo`lib, erksevarlik g`oyalarini, zulmga qarshi otashin nafratlarini o`z asarlariga singdirib yubordi. Uning she`riyati tom ma`nodagi kurashchan she`riyat edi. U o`z asarlarida rus kishisiga muhabbatni kuyladi, oddiy insonning buyukligini tarannum etdi. Bu buyuk insonning ijodi odamlar qalbida ezgulikka ishtiyoqni barq urdirib, zulmat ichidagi nurdek porladi.
Dekabristlar senat maydonida. Vasiliy Fyodorovich Timm (Georg Wilhelm Timm)
Dekabristlar qo'zg'oloni 1825- yil 14- dekabrida sodir bo'lgan.
Bolalik chog`lari (1799-1811)
Rus xalqining ulug` shoiri Aleksandr Sergeyevich Pushkin 1799-yil 6-iyunda Moskvada kambag`allashib qolgan dvoryan oilasida tug`ildi. Uning onasi Nadejda Osipovna buyuk Pyotrning arabi deb shuhrat qozongan, keyinchalik general darajasiga ko`tarilgan Ibrohim Gannibalning nevarasi edi. Otasi Sergey Lvovich kambag`allashib qolgan dvoryanlardan bo`lib, ma`rifatli, adabiyotni yaxshi ko`radigan odam bo`lgan. Ya`ni shoirning otasi adabiyotga juda qiziqqan bo`lib, uning boy kutubxoasi ham bor edi. Aleksandrning amakisi Vasiliy Lvovich Pushkin bo`lsa o`zi she`rlar ham yozib turar, zamonasining taniqli shoiru adiblari bilan yaqin muloqotda bo`lardi. Pushkinlar xonadoniga Nikolay Mixaylovich Karamzin, Igor Ivanovich Dmitriyev, Konstantin Nikolayevich Batyushkovlar tez-tez kelib turganlar.
Aleksandr Sergeyevich Pushkinning ota-onasi:
Nadejda Osipovna Ganibbal va Sergey Lvovich Pushkin
Сообщения из Facebook