Dunyodagi eng uzun avtobuslar
 Dunyodagi eng uzun avtobuslar
Bu qurilmaning oldida uzunligi 16,5 metr bo’lgan "garmoshka Ikarus" mittivoy bo’lib ko’rinadi. Beso’naqay va bahaybat mashinalar tor ko’chalarga zo’rg’a sig’adi, biroq zamonaviy infratuzilmaga ega bo’lgan yirik shaharlarning keng shoh ko’chalarida, shuningdek, shahar atrofi yo’nalishlarida ularga teng keladigan boshqa dastyorlar yo’q.

Dunyodagi enguzun avtobuslar "garmoshkalar" yordamida ulangan ikki yoki uch qismlardaniborat qilib yaratilgan. Bunday mashinalarning baquvvat dizel dvigatellari yordamidaerisha oladigan eng yuqori tezligi - soatiga 90 kilometrgacha. Ular bir yurishda 350 tagacha odam tashiy oladi.

10. Neoplan Jumbocruiser (1972-1992) – uzunligi 18 metr

10. Neoplan Jumbocruiser (1972-1992) – uzunligi 18 metr

Bu Germaniyada tayyorlangan tarihdagi yagona ikki qavatli qismlarga bo’lingan avtobus. Uning ichida jami 103 nafar yo’lovchilar kursisi bor va u Ginnes rekordlar kitobiga kiritilgan.

9. Ikarus 286 (1980-1988) – uzunligi 18,3 metr

9. Ikarus 286 (1980-1988) – uzunligi 18,3 metr

Oynalari qoraytirilgan bunday "Ikaruslar" o’z vaqtida butun Amerika bo’ylab xizmat qilgan.

 

Ikarus 286 -mashhur venger avtobusining AQSHda yig’ilgan maxsus modeli. U boshqa yerlarda uchraydigan "garmoshka"ga nisbatan 2 metrga uzunroq, bundan tashqari unda "amerikacha" xromlangan bamperi bor.

8. MAZ-215.069 (2011) – uzunligi 18,75 metr

8. MAZ-215.069 (2011) – uzunligi 18,75 metr

Bu zamonaviy avtobus - Minsk avtomobil zavodining maxsuloti.

Minsklikmutaxassislar ishlab chiqargan avtobus beshta eshik orqali kirib chiqadigan jami176 nafar yo’lovchi uchun mo’ljallangan. Xorijiy butlovchi qismlarning ishlatilishi mashinaning o’ta yuqori mustahkamligi va sifatini ta’minlaydi: quvvati 326 ot kuchiga teng Mercedes-Benz OM926 dizel dvigateli, ZF 6-pog’onali avtomatik uzatmalar qutisi, gidrokuchaytirgichli ZF, рul mexanizmi, Knorr-Bremse tormozlari. Qo’llanilayotgan texnologiyalar mashinaning ekologiyaviyligini Evro-5+ darajada ta’minlaydi.

7. Mercedes-Benz Citaro "CapaCity L" (2014) – uzunligi 21 metr

7. Mercedes-Benz Citaro "CapaCity L" (2014) – uzunligi 21 metr

Mercedes-Benzavtobuslari ichidagi eng uzunining olamshumul debyuti.

 

Bu model Mercedes-Benz kompaniyasining boshqa avtobuslari kabi dunyoning ko’p mamlakatlarida yo’lovchilarni tashiydi. Dizel va gazga moslashtirilgan dvigatellari bilan bir qatorda ekologik duragay ko’rinishlari ham bor: vodorodli yoqilg’i katakchalariga ega bo’lgan turi, shuningdek elektromotor va akkumulyator batareyasi va tormoz berilganida energiyaning rekuperatsiyasi, ya’ni qaytarilishi vazifasiga ega bo’lgan avtobus.

6. Ikarus 293 (1988) – uzunligi 22,7 metr

6. Ikarus 293 (1988) – uzunligi 22,7 metr

Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligiga yetib kelmagan "Ikarus". 

 

Uch qismli bu mashina muvafaqqiyatsiz tajribaviy foydalanishdan keyin tizimli ishlab chiqarishga qo’yilmay qoldi. Kichik partiyalarda Eronga va Kubaga yetkazib berilgan. Vazni 33 tonnaga teng bu avtobus soatiga 70 kilometr tezlikka erisha olgan, uning sig’imi esa 229 kishiga teng bo’lgan.

5. Van Hool AGG 300 - uzunligi 24,8 metr

5. Van Hool AGG 300 - uzunligi 24,8 metr

200 o’rinli Van Hool avtobuslari Gollandiya, Belgiya va xatto Afrika qit’asidagi Angolada yo’lovchilarni tashiydi.

4. Youngman Bus JNP6250G – uzunligi 25 metr

4. Youngman Bus JNP6250G – uzunligi 25 metr

Xitoyda ishlab chiqarilgan uch qismli avtobus.

 

Bu xitoy avtobusida 290 o’rin bor, ulardan 40 tasi kursilarda. Bunday mashinalarning avtoparki Pekin va Xanchjou kabi yirik shaharlarda yo’lovchilarni tashiydi.

3. Neobus Mega BRT (2011) – uzunligi 28 metr

3. Neobus Mega BRT (2011) – uzunligi 28 metr

28-metrli Neobus Mega BRT avtobusining suyri shakldagi kuzovi.

 

 

Braziliyadagi Kuritiba (Curitiba) shahri "yuqori tezlikdagi avtobuslar"dan ilk muvaffaqiyatli foydalanishning namunasi. Janubiy Amerikadagi bu shaharning keng shoh ko’chalaridagi maxsus ajratilgan yo’laklari bo’ylab Neobus Mega BRT kabikatta sig’imdagi transport vositasi qatnaydi. 

Kuritiba shahrining moviy gianti - Neobus Mega BRT Volvo B12M avtobusi.

Kuritiba shahrining moviy gianti - Neobus Mega BRT Volvo B12M avtobusi.

Neobus modellari avtobussozlikning Shvetsiyalik mutaxassislari - Scania va Volvo kompaniyalari qo’llab-quvvatlashi yordamida yaratilgan. Bu avtobus ekologik toza bo’lgan 100 foiz bioyoqilg’i hisobiga harakatlanadi. Poezdlardagi kabi eshiklar ko’p miqdordagi yo’lovchilarning tez harakatlanishiga imkon tug’diradi.

 

2. Göppel AutoTram Extra Grand (2012) - uzunligi 30,73 metr

2. Göppel AutoTram Extra Grand (2012) - uzunligi 30,73 metr

30-metrli nemis qurilmasi Germaniyaning Drezden shahridagi ko’chalarda.

 

Avtobus loyihasiYevropa shaharlarining transport muammolarini hal qilish maqsadida Raungofer institutida ishlab chiqilgan. U shahar ko’chalaridagi mini metro kabi tejamkor chatishma          dvigatellarda ishlaydi. Maxsus kompyuter tizimi uch qismli avtobusni oddiy avtobusdayboshqarishga yordam beradi.

Goeppel AutoTram Extra Grand avtobusining xushtabiyat dizayni.

Goeppel AutoTram Extra Grand avtobusining xushtabiyat dizayni.

Göppel AutoTramExtra Grand avtobusi Drezden shahrining ko’chalarida o’z debyutini o’tkazdi. Ubir yurishda 258 ta yo’lovchini tashish imkoniga ega. Xitoyning Pekin va Shanxay shaharlari ham shu avtobusga o’z buyurtmalarini berishga ulgurdi.

1. DAF SuperCityTrain avtobusi – uzunligi 32,2 metr

1. DAF SuperCityTrain avtobusi – uzunligi 32,2 metr

Dunyodagi eng uzun avtobus Afrikaning markazida yuribdi. Gollandiyaning DAF firmasining rekordchi giganti Afrikadagi Kongo Demokratik Respublikasida qatnaydi. Uning og’irligi 26 tonnaga teng, bir yurishda esa 350 gacha yo’lovchilarni tashiy oladi.

Gollandiyaning DAF firmasining rekordchi giganti Afrikadagi Kongo Demokratik Respublikasida qatnaydi. Uning og’irligi 26 tonnaga teng, bir yurishda esa 350 gacha yo’lovchilarni tashiy oladi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook