Dunyoning eng qimmat shaharlari
Dunyoning eng qimmat shaharlari
Ko’pchilik insonlar qulayligi maksimal darajada bo’lgan sharoitda yashashni orzu qiladi va shunga intiladi ham. Qulaylik izlab hattoki o’zga mamlakat va shaharlarga, ayniqsa rivojlangan davlatlarning poytaxtiga ko’chib o’tishga ham tayyordirlar. Biroq bunday qadam tashlashdan avval yaxshilab o’ylab ko’rishingizni maslahat bergan bo’lardik. Qulay sharoit va hashamatda yashash juda qimmat turishi mumkin. Ushbu maqolamizda dunyodagi yashash uchun eng qimmat bo’lgan shaharlar haqida so’z boradi.

1.Singapur

1.Singapur

Osiyo qit’asida joylashgan ushbu shahar qimmatligi bo’yicha dunyoning iqtisodiyot poytaxti Nyu-Yorkdan ham o’zib ketdi. Bugungi kunda bu haddan tashqari rivojlangan infratuzilmaga ega, ko’chalari toza va sarishta bo’lgan, jinoyatchiligi past darajadagi yirik shahardir. Shuning uchun ham u dunyodagi eng qulay sharoitga ega shaharlardan biri hisoblanadi. Shunisi qiziqki, atiga bir necha o’n yilliklar avval Singapur dunyodagi eng yomon shahrlardan biri bo’lgan hamda giyohvand moddalar savdosining markazi hisoblangan.

Biroq bugungi kunga kelib, Singapur jannatmakon shahar sanaladi va u yerda yashash juda qimmat. Oziq-ovqat mahsulotlaridan tortib, barcha turdagi xizmatlargacha, turar joy ijarasidan tortib, ko’chmas mulk sotibolishga qadar – barcha-barchasi juda qimmat. Mana ikki yildan beri Singapur “yashash uchun eng qimmat bo’lgan shaharlar” ro’yxatida birinchi o’rinni egallab kelmoqda.

2.Tsyurix

2.Tsyurix

Poytaxt – bu har qanday mamlakatning yuzidir. U yerga kelgan sayyoh butun mamlakat haqida ma’lumotga ega bo’lishi zarur. Shvetsariyaning shimolida joylashgan Tsyurix shahri ushbu talabga to’liq javob beradi, garchi u poytaxt bo’lmasa ham. Shvetsariya nafaqa t Yevropa, balki butun dunyo bo’yicha qimmat mamlakat sanaladi. Bu yerdagi aholining daromadi ancha yuqori bo’lishiga qaramasadan, ko’chmas mulkni faqatgina o’ziga to’q fuqarolar yoki sayyohlar xarid qilishlari mumkin. Undan ko’ra uy yoki xonadonni ijaraga olgan arzonroq tushadi. Narx-navoning qimmatligi faqatgina ko’chmas mulkka tegishli emas, bu yerdagi transport chiqimlari, oziq-ovqat mahsulotlari va turli xil xizmatlar o’rta Yevropa mamlakatlarinikidan 2-3 barobar qimmat. Birgina burgerning o’zini 15 dollarga sotib olishingiz mumkin.

3.Kopengagen

3.Kopengagen

Daniya Shimoliy Yevropaning eng chiroyli va yuqori darajada rivojlangan davlatlaridan biri hisoblanadi. Kopengagen esa poytaxt sifatida uning barcha boyliklarini o’zida ifodalaydi. Yashash darajasining qimmatligi bo’yicha u dunyoning eng qimmat shaharlarini ham ortda qoldiradi. Biroq boshqa tomondan qaraganda, yashash darajasining sifati ham shunga yarasha yuqori. Daniyaning ijtimoiy siyosati dunyodagi eng samaralilaridan biri, deb tan olingan. Shuning uchun ham turar-joy hamda turli xizmatlarning narxi yuqoriligiga qaramay, bu yerda yashash ancha qulay. Masalan, Daniyaning har bir fuqarosi meditsina xizmatlari bo’yicha ko’pgina yengilliklarga ega (ba’zi tibbiy xizmatlar esa umuman bepul). Aholining yuqori maosh olishini ham aytib o’tish joiz. Real raqamlar haqida gapiradigan bo’lsak, bir dona nonning narxi 4 dollarga teng. Jamoatchilik transportida yurish ham ancha qimmat. Bu yerdagi aholining aksariyat qismi velosipedda yurishni afzal ko’radi.

4.Melburn

4.Melburn

Melburn dunyoning iqtisodiy markazlaridan biri hisoblanib, infratuzilma hamda xizmat ko’rsatish sohasi bo’yicha juda rivojlangan shahar bo’lib, hayot uchun qulayligi bilan ajralib turadi. Biroq Avstraliyaning ushbu shahrida yashash uchun o’zining aholisi uchun ham, mehmonlar uchun ham juda qimmatga tushadi. Masalan, Melbrunda kiyim-kechaklarning narxi dunyoning boshqa o’rtacha mamlakatlarnikiga qaraganda 15-20% qimmtroq. Eng ihcham va kamtargina joyda ijarada yashash esa 1,5 ming dollardan boshlanadi. Melburn aholisining maoshi kichkina emas, biroq yuqori darajadagi soliqlar tufayli ortiqcha dabdaba chetga surib qo’yiladi. 

5.Djorjtaun

5.Djorjtaun

Djordjtaun Kayman orollarining amaldagi iqtisodiy va turistik poytaxtidir. Jahonning eng nufuzli banklarining bosh ofisi shu shaharda joylashganligining o’zi uning dunyo miqyosidagi  moliya markazi ekanligini tasdiqlaydi. Shaharda huddi mamlakatdagi singari turizm rivojlangan. Ajoyib ob-havo sharoiti, tropik iqlim hamda mahoratli xizmat ko’rsatish darajasi Djordjtaun mehmonxonalarida dunyoning o’ziqa to’q va badavlat odamlarining ham bemalol dam olishlariga zamin yaratadi. Oddiy sayyoh uchun narx-navo esa deyarli barcha narsalar uchun juda yuqori, shuning uchun mabodo Kaymar orollarida dam olishga qaror qilgan bo’lsangiz, chamadan bilan birga yaxshigina aqchani ham tayyorlab qo’ying.    

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook