просмотров
Deniel Kish
Ko’rshapalaklar qanday ko’rishlarini bilasizmi? Ular bu ishni aks-sado lokatsiyasi yordamida amalga oshirishadi va maxsus ovozlar chiqarib, to’siqqa uchragan tovushni qabul qiladilar. Ayni paytda so’z borayotgan inson ham huddi shunday xususiyatga ega. Deniel Kish tovushlar yordamida ko’ra oladi va bu borada unga ko’rish qobiliyatidan mahrum ekanligi ham, ko’z saratoni (retinoblastoma) ga mubtalo bo’lgani ham to’siq bo’lolmaydi.
Uning ushbu qobiliyatni qanday o’zlashtirgani hozirgacha ma’lum emas, ammo u tili bilan keskin tovushlar chiqarib, turli buyumlarni ko’radi. Ha aytganday, Kish bu ishni shunchalar a’lo darajada uddalaydiki, ko’zi ojiz insonlarga ham o’zi amalda qo’llaydigan bilimlarini ulashib, o’qitib-o’rgatadi. O’z iqtidori sabab u shu kungacha 2500 ta insonni aynan shu yo’nalishda o’qitib bergan.
Hulosa shundayki, ko’zlar bo’lmasa ham ko’rish imkoniyati hamisha bor, do’stlar!
Stiven Uiltshir
Agar shu kunga qadar ushbu rassomning chizgan ishlarini ko’rmagan bo’lsangiz, mazkur vazifani aslo kechiktirmang. Stiven autist rassom va o’z hotirasiga tayangan holda yuqoridan bir bor ko’rgan shahri landshaftining barcha mayda detallariga qadar chizibbera oladi. Buning uchun u vertolyotda shahar ustida biroz parvoz qilsa bo’lgani. Uning betakror hotirasi barcha narsani mukammal tasvirlaydi. Bolakay 3 yoshligidaunga autizm, ya’ni Savanta sindromi tashxisini qo’yishgan. Ushbu holatdagiinsonlarda bir yoki bir nechta ilm-fan sohalarida o’z iqtidorlarini ko’rsatishadi. Bolakay 5 yoshida g’arbiy Londondagi o’zgacha rivojlanuvchi bolalar maktabiga bora boshladi va shu нerda uning noyob iqtidori kashf etildi. Uiltshir hech kim bilan gaplashmas va juda odamovi edi, ko’pincha to’polon ham qilib turardi. O’qituvchilari esa bolaning boshqalar bilan muosabatga kirisha olishi va buni o’zi ham istayongani haqida sezib qolishdi. Bolakay buni o’z suratlari orqali amalga oshirar edi.
Bugungi kunda Stiven Britaniyaning eng mashhur rassomlaridan biri. 2005 yilda u Tokio ustidan yarim soat vertolyotda sayr qilib, 7 kun davomida o’z hotirasiga tayangancha 16 metrli xolstda shahar suratlarini tasvirlab bergan. Behad ajoyib!
Dikson Oppong
Har bir inson organizm salomatligi uchun kuniga 2 litr miqdorida suv ichishi kerakligini yaxshi biladi. Ammo ba’zan shu suvni ichishga ham qiynalib qolamiz. Endi mana bu noyob iqtidor egasi bo’lmish yigitga bir qarang! U avvaliga katta miqdordagi suvni ichib, keyin uni oshqozondan nasos sifatida foydalangancha orqaga qaytarib chiqara oladi. Tasavvur qiling ko’ring-a, Dikson bir deganda 4.5 litr suvni ichishi mumkin! Oppongning kamyob iqtidorinitekshirib ko’rgan mutaxassislar uning oshqozoni oddiy odamlarnikiga nisbatan 4 barobar ko’proq suvni sig’dira olishi haqida hulosa qildilar.
Eng qizig’i, Dikson suvni oshqozonidan qaytarib chiqarish uchun ortiqcha kuch sarf qilmaydi. Jarayon davomida yigitda ko’ngil aynish hodisasi ham kuzatilmaydi. Shifokorlar ushbu holatning mo’jizaviy jihati yo’qligi,Oppong qizilo’ngach mushaklarini mahorat bilan boshqara olishi haqida aytishdi. Nima bo’lganda ham bu insonni haqiqat o’zgacha deya atash uchun yetarli asos bor.
Radxakrishnan Velyu
Bu erkak “Tishlar qiroli” nomi orqali ham yaxshitanish va o’zining noodatiy hamda kishini lol qilib qo’yadigan iqtidorini namoyish etadi. 2007 yil 30 avgust kuni Velyu Malayziya mustaqilligining 50kuni munosabati bilan tishlari yordamida 2,80 metrli, 6 vagondan tashkil topgan va 290 tonna keladigan poezdni o’z joyidan surishga muvaffaq bo’lgan. Mahalliy aholi vakillari uning iqtidori bilan faxrlanishadi va bunday natijaga qanday qilib erishgani haqida bilishga urinadilar.
Radxakrishnan esa unga muntazam ravishdagi meditatsiyalar, kuniga 25 kilometr masofada yugurish, 250 kilogrammli tosh ko’tarish va jag’ qismi uchun mo’ljallangan mashqlar yordam berishi haqida aytgan. Ishonish qiyin, shunday emasmi? Bunday rekordni Velyudan boshqa hech kim o’rnata olmagan.
Shi Liliang
Orangizda ko’pchilik suv ustida yurish haqidagi fokusni ko’rgani aniq. Ammo ayni paytda gap bu haqida emas, haqiqatan real iqtidor haqida bormoqda. Janubiy Shialing ibodatxonasi rohibi Shi Liliang suv yuzasida125 metr masofaga yugura oldi.
To’g’ri, bu borada unga faner bo’laklari ham yordam bergan. Rohib uchun 200 ta faner bo’lagi suv yuziga qator shaklida terib chiqildi. Ammo bun muvaffaqiyatning asosi deb bo’lmaydi. Rohib yurugish tezligi va muvozanatni saqlay olishi bilan ushbu natijaga erisha oldi. Uning ushbu usuli “Suv ustidagi parvoz” deya ataladi. Garchi har bir kun-fu ustasi bu kabi ko’nikmani o’zlashtirishi kerak bo’lsa-da, faqatgina Shi Liliang mazkur tryukni amalga oshira olgan.
Natalya Dyomkina
Agar rentgen nigohlar faqatgina super qahramonlarga tegishli bo’ladi deb o’ylasangiz adashasiz. Rossiyalik Natalya Dyomkina o’ziningnoodatiy iqtidori bilan insonning ichki a’zolarini kuzata oladi va bemorlarning kasallangan ichki a’zolari haqida aytib beradi. Qizning aytishicha, u zararlangan tana a’zolarini hujayralariga qadar ko’rishi mumkin va bunda a’zolardan go’yoki imuplslar ajraladi. Ammo iqtidorli qiz o’zining tana a’zolarini tekshira olmaydi, ushbu qobiliyati faqat yorug’ paytlarda ishlab, tunda o’z-o’zidan so’nadi. Eng qizig’i uning qo’ygan analizlari shifokorlar tomonidan tibbiyot jihozlari yordamida qo’yilgan tashxislardan ham aniqroq chiqqan.
2004 yilda esa qiz ingliz matbuoti taklifiga ko’ra Londonda bo’lib, jonli efir chog’ida o’zining iqtidorini namoyish etgan va jurnalist Brioni Uordon ishtirokidagi tadqiqotda ham qatnashgan. Jurnalist avtohalokat sabab ko’plar jarohatlar olgan edi. Nima deb o’ylaysiz, natija qanday bo’ldi? To’g’ri topdingiz, Natalya ayolning barcha singan a’zolarini bexato topib berdi.
Artur Lintgen
Hali ham erinchoqlik bilan yangi bilimlarni o’zlashtirish va buning siz uchun o’ta murakkab ekanligini aytib bahona qilish ila band bo’lsangiz, unutmang: dunyoda imkonsiz narsa yo’q, do’stlar! Amerikalik shifokor Artur Lintgen gramplastinkalarning tilini tushunadi! Shifokor ularni rangi va chiziqlariga qarab ichida qanday musiqa yozilganini aytib berishi mumkin. Bir qarashda erkak superqahramonlardek taassurot ham qoldira oladi.
Uning aytishicha, o’zining bu iqtidori faqatgina klassik musiqa ohanglariga, Betxoven va shu kabi insonlar musiqasiga tegishlidir. Undan eskiroq musiqalarning tuzilishi bir-biriga o’xshash bo’lgani uchun ularni ajratish juda qiyin va bu holat zamonaviy hamda kamera musiqasiga ham doir sanaladi. Bunga qaramay shifokorning noyob qobiliyati o’z mashhurligini aslo kamaytirgani yo’q.
Shakuntala Devi
Ushbu ayol inson miyasi har qanday vazifani, jumladan chuqur murakkablikdagi va tezkor arifmetik hisob-kitobni bajara olishga qodir ekanligining yaqqol isbotidir. Balki orangizda ko’pchilik bunday vazifasini uddalay olishi bilan maqtanar, ammo bu ayol haqida eshitganingizdan so’ng hayratingiz ikki karra oshishiga kafolat beramiz.
Kunlarning birida Berkli universiteti professori Shakuntaladan 61 629 875 ning kub ildizi va 170 859 375 ning yettinchi darajadagi ildizini topishni so’raydi. Ayol esa uni hayratda qoldirgancha bir necha soniya ichida to’g’ri javobni keltirib beradi. 1977 yili esa ayol Dallas universitetida 50 soniya ichida 201 ta raqamdan iborat sonning 23 darajadagi ilzini chiqarib beradi. Universitet kompyuteri esa ushbu vazifani Delidan farqli ravishda bir daqiqadan ko’proq vaqt ichida hisoblab ayolning natijalari to’g’ri ekanligini isbotlaydi.
Lars Anderson
Kamondan o’q otish qadimiy jangovar va ov qilish usuli hisoblanadi. Kamonchilar Suriya va qadimgi Misrda katta nufuzga ega bo’lishgan. Bir qarashda kamondan o’q otish uchun maxsus iqtidor kerak emasdek tuyuladi, ammo bunday desak rostan ham xato qilgan bo’lamiz! Zero kamonchining qo’llari kuchli, asablari mustahkam, ko’zlari o’tkir bo’lishi kerak. Bugungi kunda kamondan o’q otish san’ati biroz unutilgan, shuning uchun ham ushbu yigitning iqtidorini haqiqatan noyob deya atash mumkin.
10 yildirki, Lars Andersen o’zining barcha bo’sh vaqtini kamondan o’q otish mashqlari uchun sarf etadi va bu ishni mukammal darajada uddalaydi! Lars kamondan keskin o’girilgan holatda, harakatlana turib va hatto uchta o’q bilan ham nishonga olishi mumkin. Uning qobiliyatidan hayratga tushmay iloj yo’q, albatta.
Eskil Ronningsbakin
Sanoqli daqiqalar ichida bo’lsa-da bir oyoqlab turishga urinib ko’ring. Ehtimol oradan bir necha soniya o’tmay muvozanatni yo’qotganchaturli tomonlarga og’a boshlarsiz. E’tiboringiz markazidagi iqtidorli kaskadyorva aktrobat uchun boshni aylantirib yuboradigan darajadagi balandlik ham, tog’ cho’qqilari ham, dor tortilgan cheskiz bo’shliqlar ham qo’rqinchli emas. Eskil Ronningsbakin boshini pastga qaratgan holda bunday dordan 1000 metrgacha masofani bosib o’tishi va mutlaqo qimirlamasligi mumkin.
Erkak bunday tyurklarni 5 yil davomida sirk truppalaridagi faoliyati tajribalari va betakror muvozanat qobiliyati bilan amalga oshiradi. Uning tryuklari hayot va o’lim o’rtasidagi ipday gap. Unda hech qanday zanjirlar ham, xavfsizlikni ta’minlovchi narsalar ham yo’q. Ammo abjirlik va professionalizm a’lo darajada. Mana 14 yildirki, ushbu tryuklar Eskilning hayot mazmuniga aylangan. Uning ustozi esa Moskva Davlat sirki ustasi Pyotr Yakob hisoblanadi.To’g’ri, Eskilning o’zi tryuklarni barajishdan avval qo’rqishini aytib o’tgan,ammo unga qarab erkakning bu gapiga ishongingiz kelmaydi.
Сообщения из Facebook