просмотров
Korona virus hayvonlardan tarqalgan
Koronavirus guruhi ilk bor 1960 yilda aniqlandi. Olimlar koronaviruslar parranda va uy chorva mollarining nafas yo’llarini zararlashini aniqlaganlar. Endilikda bu virus dengiz hayvonlariga ham o’tishi aniqlandi. 2019-nCov koronavirusi Xitoyning Uxan shahridagi dengiz mahsulotlari bozoriga kirib borgan. Taxmin qilishlaricha, virus yaxshi ishlov berilmagan ilonli delikateslar orqali insonga yuqqan.
Koronavirusning 39 xili mavjud
Koronavirus – bu 39 xil virusdan iborat viruslar guruhidir. Koronavirusning katta qismi faqat hayvondan hayvonga o’tadi, yana bir qismi hayvondan insonga o’tishi mumkin, ammo boshqa tarqalmaydi. 2019-nCov virusi esa insondan insonga o’tadigan birinchi koronavirusdir.
Qarshi vaktsina hali ishlab chiqilmagan
2019-nCov – yangi virus. Unga qarshi dori hali ishlab chiqilmagan. Bu narsa koronavirus molekulalari inson organizmida o’zini qanday tutishi noma’lumligi bilan bog’liqdir.
Virusdan kasallanganlarning 1% i halok bo’lmoqda
Ma’lumotlarga qaraganda, 2019-nCov koronavirusidan zararlanganlarning 99 % tuzalib, oyoqqa turib ketmoqda. Ammo tuzalganlarning kelajakda hayot davomiyligi va yashash sifati qanday bo’lishi noma’lum. Undan tashqari statistika vahima keltirib chiqarmaslik uchun qisqartirib ko’rsatilgan bo’lishi mumkin.
Xitoyning viruslarga qarshi kurashda tajribasi bor
Epidemiya Xitoyga birinchi marta kirib kelayotgani yo’q. Mamlakatning pandemiya bilan kurashda katta tajribasi bor. 2003 yilda koronavirusga o’xshash atipik pnevmoniya xitoyliklarni zararlagan edi. O’shanda butun dunyo Xitoy aholisining qirilib ketishini bashorat qilgan edi. Ammo Xitoy hukumati 7 kun ichida kasallanganlar uchun maxsus shifoxona qurib, barcha eng yaxshi shifokorlarni jalb qilib, yovuz virusni ildizi bilan yo’q qilib yuborgan edi.
Virus unchalik ham barqaror emas
Koronavirus faqatgina tirik organizmda yashab, ko’payadi. Jonsiz muhitda virus halok bo’ladi. Agarda siz Xitoy internet-magazinidan mahsulot buyurtma qilsangiz, posilka orqali zararlanish xavfi judayam past, hattoki kasal xodim sizning mahsulotingizning qadog’iga qarab aksirgan bo’lsa ham.
Koronavirusdan himoyalanish usullari
Oddiy qoidalarga amal qilishni o’zi kifoya – ko’chadan kelgandan keyin qo’llarni yuvish, jamoat joylarida tutqich, dasta va suyanchiqlarni ushlamaslik, jamoat transportlarida yurgandan keyin qo’llarni spirtli salfetkalar bilan artish.Yodda tuting: virus dezinfektsiya vositalariga qarshi chidamsiz.
Shuningdek, vaqtinchalik import go’sht va baliq mahsulotlaridan voz kechish tavsiya qilinadi. Mahalliy ishlab chiqaruvchilardan go’sht xarid qilganingizda, ularni yaxshilab yuvib, tobiga yetkazib qovurib oling. Yo’talayotgan va aksa urayotgan odamlar bor joyda himoya niqoblaridan foydalaning.
Сообщения из Facebook