5,794
просмотров
просмотров
Imperator Nikolay II ning buyrug‘iga binoan zamonaviy fotoapparatlar paydo bo‘lmasdan turib Rossiya imperiyasi manzaralarini rangli suratlarga olgan rus suratkashi Sergey Prokudin-Gorskiy 1905-1915 yilga bir necha bor chor Rossiyasining O‘rta Osiyodagi hududlariga ham ekspeditsiya uyushtirgan.
Bu vaqtlarda uning tarkibiga Samarqand, O‘sh, Toshkent, Andijon va boshqa ko‘plab yirik hududlar kirgan. Ushbu suratlar orqali XX boshlarida Buxoro va Samarqand odamlari qanday hayot kechirganlarini tasavvur qilish mumkin.
Buxoro amiri Sayid Mir Muhammad Olimxon
1911-1918 yillar davomida Buxoro xonligining bosh vaziri bo‘lgan Mirza Nasrullabiy Qushbegi
Buxorolik amaldor, 1911 yil.
Buxorolik meshkob (suv tashuvchi), 1911 yil.
Buxoroda joylashgan nonvoyxona, 1907 yil.
Buxoro turmasi, 1911 yil.
Samarqandlik mirshab, 1911 yil.
Samarqandlik shifokorlar, 1911 yil.
Samarqandlik duradgor, 1911 yil.
Registondagi sarroflar (pul maydalovchilar), 1911 yil.
Registonda, 1911 yil.
Registonda joylashgan sartaroshxona, 1911 yil.
Samarqandlik talabalar, 1911 yil.
Madrasa o‘quvchilari, Samarqand. 1911 yil.
O‘quvchilar, 1911 yil.
Samarqandlik ayol, 1911 yil.
Qovun sotuvchi, Samarqand. 1911 yil.
Samarqanddagi shashlikxona, 1911 yil.
Samarqanddagi shashlikxona, 1911 yil.
Samarqandlik odamlar, 1911 yil.
Suratkash tomonidan olingan barcha rasmlar bugungi kunda AQSh kongressining kutubxonasida saqlanadi.
Сообщения из Facebook