Gans Xristian Andersen: "Keksa ko’cha chirog’i"
Gans Xristian Andersen: "Keksa ko’cha chirog’i"
Eski ko’cha chirog’i xikoyasini eshitganmisiz? U juda qiziq bo’lmasligi mumkin, biroq uni bir marta eshitib ko’rish halal bermaydi. Shunday qilib, eski ko’cha chirog’i yashagan ekan; u ko’p yillar davomida halol xizmat qilibdi va nihoyat iste’foga chiqish payti kelibdi.

U o’z ustunida oxirgi kecha ko’chani yoritib osilib turibdi, uning dilida sahnada oxirgi marta o’ynayotgan va ertaga o’zining kichgina uychasida hamma tomonidan unutilib yuborilishini sezib turgan balerinadagi kabi hissiyotlat kechar edi. Eski xizmatchini ertangi kun juda qo’rqitardi: u ilk bor shahar boshqarmasiga borishi va hali ham xizmatga yaroqli yoki yaroqsiz ekanligini hal etuvchi o’ttiz olti nafar “shaharning otalari” oldida hozir bo’lishi kerak edi. Ehtimol, uni birorta ko’prikni yoritish uchun yoki chekka joydagi birorta fabrikaga yuborishar, balki, uni oddiychasiga qayta eritishga berishlari mumkin va shunda undan xohlagan narsani yasash mumkin.

Shu o’rinda unga bir xayol hech tinchlik bermasdi: u bir vaqtlar ko’cha chirog’i bo’lganligi to’g’risidagi hotirlarni eslab qolarmikan? Qanday bo’lmasin, u xar qanday vaziyatda u uning oilasidek bo’lib qolgan tungi qo’riqchi va uning rafiqasi bilan ajralishini bilar edi. Ularning ikkalasi xam –ko’cha chirog’i ham, qo’riqchi xam bir vaqtning o’zida xizmatga kirishgan.

 

Qo’riqchining rafiqasi o’sha paytda juda balandparvoz edi va uning yonidan o’tib ketayotib unga faqat kechqurun o’z nigohini tuhfa qilardi. So’nggi yillarda, ularning uchchalovi –qo’riqchi, uning rafiqasi va tungi chiroq qarib qolganida, u xam chiroq qag’amxo’rlik qila boshladi – chiroqni tozalar va unga moy quyardi.

Oqsoqollar, keksalar sofdil odamlar edi, ular xech qachon chiroqni bir tomchiga ham kamsitmagan edi.

Xullas, o’sha kecha u ko’chada edi va ertalab u xokimiyat binosiga borishi kerak edi. Bu mudhish fikrlar unga tinchlik bermasdi, shuning uchun ham chiroq uncha yaxshi yonmasdi. Biroq, uning xayolida boshqa fikrlar ham bor edi; u ko’p narsalarni ko’rdi, ko’pnarsaga nur to’kdi balki u shaxarning o’ttiz oltita otasiga bu borada past kelmas. Lekin bu xaqda ham sukunat saqlar edi.

 

Axir u hurmatga sazovor eski chiroq va hech kimni hafa qilmoqchi emas, ayniqsa o’z boshliqlarini.

 

Ayni paytda, uning hotirasidagi ko’p narsalar esiga kelar edi, va gohida uning alangasi go’yo shunday fikr kelganidan chaqnardi: “Xa, meni ham kimdir eslab qo’yar! Masalan haligi chiroyli yigit ... O’sha paytda ko’p yillar o’tdi. U mening oldimga qo’lida maktub bilan keldi. Bu maktub zarhal qirrali yupqadan yupqa pushti qog’ozda va ayol kishining chiroyli yozuvi bilan yozilgan edi. U o’sha maktubni ikki marta o’qib chiqdi-yu menga o’zining yarqiragan ko’zlarini ko’tardi. Bu ko’zlar “Men dunyodagi eng bahtiyor insonman!” – deb turardi. Ha, uning sevgilisi birinchi maktubida nima yozganini faqat u va men bilar edik. Men boshqa ko’zlarni ham eslay olaman...

 

Vo ajabo, fikrlar qanday sakrayapti-ya! Bizning ko’chamizda serhasham dafn marosimi harakatlanar edi. Duxoba bilan o’ralgan aravachada yosh, go’zal ayol jasadini tobutda olib ketishayotgandi. Qanchadan qancha gulchambarlar va gullar bor edi! Mash’allar shu darajada ko’p ediki, ular butunlay mening nurimni bosib o’tib ketgandi. Yo’lkalar tobutni kuzatayotgan odamlar bilan to’lib ketgandi. Ammo ma’shallar ko’zdan g’oyib bo’lganida men ustunim oldida yig’lab turgan odamni ko’rib qoldim. Menga qarabturgan undagi g’amgin ko’zlarining nigohini hech qachon unuta olmayman. O’sha oxirgi kechada ko’cha chirog’i yana ko’p nimalarnidir esladi. O’rnini almashayotgan soqchi, hech bo’lmasa, o’z o’rnini kim egallashi mumkinligini biladi va o’z o’rtog’i bilan bir necha so’zlar yordamida qisqacha muloqotda bo’lishi mumkin. Chiroq esa uning o’rniga kim kelishi bilmas edi va na yomg’ir bilan aynigan havo, na to’lganoy yo’lakchalarni yortib turishi, na shamol qaysi tarafdan qachon esishi to’g’risida gapirib bera olardi. 

O’sha paytda suv oqova kanali orqali ko’prik va bo’shayotgan o’rindagi lavozimga tayinlanish chiroqning o’ziga bog’liq deb o’ylangan uchta nomzod tayyor edi. Birinchisi, qorong’ida porlab turadigan “baliq kalla” edi; u ustundagi o’rin unga nasib qilsa moy harajati sezilarli darajada qisqaradi, deb xisoblardi. Ikkinchisi esa “chirik po’stloq”edi, u ham porlar edi. Uning so’zlariga ko’ra, quritilgan baliqdan ko’ra yorug’roq yonar emish; Bundan tashqari, u o’zini butun o’rmonning so’nggi qoldig’i, deb xisoblardi. Uchinchi nomzod otashin qo’ng’iz edi. U qayerdan paydo bo’lib qolganini chiroq hech tushunmasdi. Biroq shunga qaramay, otashin qo’ng’iz shu yerda va u ham porlaydi, ammo “baliq kalla” bilan “chirik po’stloq” qasam ichib uni faqat vaqti-vaqti bilan porlashi to’g’risida ta’kilardi, shuning uchun u bilan xatto hisoblashmas edi ham. 


Keksa chiroq ularning hech biri ko’cha chirog’i bo’lishi uchun yetarli yorita olmasligini gapirgan edi, lekin unga hech kim ishonmadi.

Lavozimga tayinlanish unga bog’liq emasligini bilib, uchalasi chuqur mamnuniyatni ifoda etdi - u to’g’ri tanlov qilish uchun juda keksalik qiladi, axir.

Shu payt burchakdan shamol uchib keldi va chiroqning qalpog’i ostida pichirladi: 

- Nima gap? Aytishlaricha, sen ertaga iste’foga chiqmoqchi ekansan? Bu yerda seni oxirgi marta ko’rishimmi? Unday bo’lsa,senga bir sovg’am bor. Bosh suyaging qutisini yaxshilab shamollatib beraman. Shundan keyin sen nafaqat ko’rgan va eshitgan xamma narsani aniq va ravshan eslay olasan, shu bilan birga sening oldingda gapirilgan yoki o’qilgan narsalarni bemalol ko’ra olasan ham. Yorug’ boshing shu tarzda yangilanadi.

- Senga qanday qilib minnatdorchilik bildirishimni bilmayman! – dedi keksa chiroq.

- Faqat qayta eritishga tushmasam bo’ldi!

- Bunga hali ancha bor,- dedi shamol. –Hozir seni hotirangni bir shamollataman. Agar sen ko’p shunaqa sovg’alar olganingda yoqimli keksalikni kechirar eding. - Faqat qayta eritishga tushmasam bo’ldi! –yana bir qaytardi keksa chiroq.– Yoki, shunday bo’lsa ham hotiramni saqlab qolasanmi?

-"Es-xushli bo’l, keksa chiroq!" – deb shamol pufladi. Shu onda osmonda oy paydo bo’lib qoldi.

– Siz nima sovg’a qilasiz? –deb so’radi shamol.

– Hech narsa –deb javob berdi oy. –Men zarardaman, buning ustiga chiroqlar hech qachon men uchun yorita olmaydi, doim men ular uchun yoritaman. Oy yana bulut orqasiga yashirdi. U zerikishni xohlamadi. To’satdan chiroqning temir qopqog’iga tomchi tushdi. Tomchi tomdan tushganday tuyulgan edi, lekin u bulutlardan tushganini aytdi va bu ham ehtimol eng yaxshi sovg’a bo’ldi.

- Men seni charhlayman,- dedi tomchi, - Shuning uchun o’zing istagan paytingda zanglab qol, sochilib ketishing mumkin. Chiroqqa bu sovg’a yomon tuhfa bo’lib ko’rindi, shamolga ham.

- Kim ko’proqberadi? Kim ko’proq beradi? - U kuchli ovoz bilan shovqin ko’tardi. Shu paytda bir yulduz uzun yorqin iz qoldirib osmondan pastga kelib  tushdi.

- Nima bu? -“baliq kalla” chinqirib yubordi.

– Osmondan yulduz to’g’ri shu chiroqqa kelib tushdi. Agar bu joyni shunday yuqori lavozimli shaxslar ko’zlasa, bizga-ku, umuman yo’l bo’lsin! Hurmatimizni bilib bu yerdan tezroq jo’nab qolganimiz ma’qul!

 

 

Ularning uchchalasi ham ketdi. Keksa chiroq esa to’satdan yoriqlashib "Mana bu juda ajoyib sovg’a bo’ldi!" dedi.

- Men doimo yorug’ yulduzlardan, ularning ajoyib nurlaridan juda hayratga tushar edim! Butun yuragim bilan intilsam ham o’zim hech qachon ular kabi porlay olmas edim. Mana, ular meni, qashshoq va keksa chiroqni ko’rib qolib, menga o’z singillaridan birini yuborishdi.

Ular menga o’zimning esimda qolgan hamda o’zim ko’rgan narsalarni men sevgan kishilarga ko’rsata olish qobiliyatini tuhfa etishdi. Mana haqiqiy lazzat! Boshqalar bilan baham ko’rishning imkoni bo’lmasa, quvonch ham quvonch emas.

- Ajoyib fikr, -dedi shamol. Ammo, aslida, sen bu sovg’aga shamning aloqasi borligini bilmasang kerak. Senda hech qanday sham yoqilmagan bo’lsa, hech kimga hech narsani ko’rsatib bera olmaysan. Yulduzlar bu haqda o’ylamagan. Ular seni ham yorug’lik taratuvchi boshqa hamma narsani ham sham deb o’ylaydi. Mayli, endi men charchadim, yotishga vaqt keldi, - dedi shamol va yotib tinchlandi. Ertasi kuni ertalab ... 

Yo’q, ertangi kunni o’tkazib yubora qolaylik - kelasi kechada chiroq kursida o’tirgan edi. Xo’sh, kimning kursisida? Keksa tungi qo’riqchining uyidagi kursida. U uzoq yillar davomidagi sidqidil xizmati uchun "shaharning o’ttiz oltita otasi"dan eski ko’cha chirog’ini unga berishlarini so’radi. Ular uning ustidan kulib qo’ydilar, ammo chiroqni berdilar. Endi bu chiroq issiq pechka yaqinidagi kursida o’tirardi, shuning uchun u o’zini biroz o’sganday his etdi - u deyarli butun kursini egallab o’tirgan edi. Qariyalar kechki ovqat oldida o’tirib keksa chiroqqa muloyim qarab qo’yar edilar: ular uni stol yoniga o’zlari bilan birga o’tkazib qo’yishga ham tayyor edi. Biroq, ular bir necha tirsak chuqurligidagi yerto’lada yashar edi va burga kirish uchun g’isht yotqizib chiqilgan dahlizdan o’tish kerak bo'lardi, ammo uyning o’zi issiq va shinamgina edi. Eshiklarning chekkalari kanop bilan  qoplangan, krovat parda ortida yashiringan, deraza tokchada esa ikkita ajib gultuvaklar turgandi.

 

 

Ularni Sharqiy Xindistondanmi yoki G’arbiy Xindistondanmi Kristian ismli bir dengizchi yigit olib kelib bergan. Ular sopoldan tayyorlangan fillarning shakllari, orqalarida tuproq solish uchun chuqurlik joyi bor. Fillarning birida ajoyib porey piyozi o’sar edi– bu qariyalarning polizi, boshqasida yorongul o’sar edi – bu ularning bog’i edi. Devorda bir yig’ilganda hamma hoqonlar va qirollar hozir bo’lgan Vena kongressini aks ettirgan moybo’yoq bilan ishlangan katta surat osilgan edi.

Og’ir qo’rg’oshin toshli eski soatlar har tinmay chiqqilardi va doim oldinga shoshardi. Ammo, qariyalar buni ular ortda qolgandan ko’ra yaxshiroq deb qabul qilar edi.

Xullas, ular kechki ovqatlanish bilan mashg’ul edi, eski ko’cha chirog’i esa yuqorida aytilganidek pechka yonidagi issiq o’rindiqda yotardi va unga butun dunyo teskari bo’lib ketganday tuyulardi.

 

 

Bir vaqt keksa qorovul unga bir nazar tashladi va ular yomg’ir bilan havo aynigan paytda, ochiq va qisqa tunlarda va erto’laga kirib ketish xohishi avjiga chiqqan qorli bo’ronlarda birga boshidan kechirgan hamma narsani eslay boshladi. Chiroq go'yo tushdan uyg’onganday bo’ldi va buni hammasini hayolan ko’rdi. Xa, shamol uni yaxshilab puflab shamollatgani rost!

Qariyalar mehnatkash va qiziquvchan odamlar edi, ularning bir soati ham behuda ketmas edi. Yakshanba kunlari tushlikdan keyin gohida stol ustida qandaydir bir kitob paydo bo’lib qolardi, eng ko’proq hollarda sayohat tavsifi bo’lar edi. Chol Afrika to’g’risida, undagi keng o’rmonlar ichida erkinlikda yurgan yovvoyi fillar to’g’risida ovoz chiqarib o’qirdi. Keksa ayol eshitib o’tirib, goho gultuvaklar shaklidagi sopolli fillarga qarab qo’yib “Tasavvur qilyapman!” – deb qo’yardi.

 

Chiroq uning ichida mum shami yonib turishini juda istardi, shunda kampir ham u kabi hamma narsani ko’rdi: qalin shoxlari bilan chirmashib ketgan baland daraxtlarni ham, otdagi odamlarni ham, qamishlaru butazorlarni qalin oyoqlari bilan tepalab tashlayotgan fillarning butun galalarini ham. 

- Sham bo’lmasa mening qobiliyatlarimdan nima naf? – deb o’ksinar edi chiroq. Qariyalarda faqat moy bilan moyli shamlar bor, ammo bu yetarli emas. Birdan yerto’lada bir talay sham qoldiqlari topilib qoldi.

 

Sham qoldiqlarininguzunlari yoritish uchun ishlatilardi, kaltalarini esa kampir tikish paytidaipni mumlardi. Qariyalarda mumli shami bor bo’lgani bilan ular hech bo’lmasa bittasini chiroqning ichiga qo’yib ko’rishni hayoliga ham keltirmas edi.

- Mana, men bu yerda o’zimning hamma kamyob imkoniyatlarim bilan qoqqan qoziqday turibman, - derdi chiroq. - Mening ichimda shuncha boylik bor-u, men uni hech kim bilan bo’lisha olmayman! 

Eh, men bu oq devorlarni ajoyib manzaraga, chigal o’rmonlarga, istagan narsangizga aylantirib yuborishim mukinligi bilmaysizlar-da! Eh, bilmaysizlar-da!

Chiroq har doim toza va chiroyli holda burchakda, eng ko’zga ko’ringan joyda turardi. Odamlar uni eski lash-lush derdi, biroy qariyalar bunday gaplarni nazariga ham ilmasdi– ular keksa chiroqni juda yaxshi ko’rar edi.

 

Kunlardan bir kun, keksa qo’riqchining tug’ilgan kunida kampir chiroqning oldiga kelib, nim tabassum qilib shunday dedi:

- Hozir bizuning sharafiga bayram charog’bonligini yoqamiz! Chiroqning quvonchidan qalpoqchasi qaltirab ketdi. "Axiyri, ular tushunib yetdi!" - deb o’ylardi u.

 

Lekin unga sham o’rniga yana moyli pilik qo’yildi. U tuni bilan yonib chiqdi va - yulduzlar unga sovg’a qilgan ajoyib fazilat – bu hayotda kerak bo’lmasligini endi aniq bildi. Shunda u o’y-hayollar, keyin uyqu og’ushiga sho’ng’idi – bunday qobiliyatlar bilan o’y-hayollarga berilib, uyquda tushlar ko’rish ham hech gap emas – qariyalar olamdan o’tib, uning o’zi qayta eritishga tushib qolgan emish. U avvalgi safar shahar ma’muriyatidagi “shaharning o’ttiz olti otalari” oldiga ketayotgandek juda xavotirda emish. U o’z xohishiga ko’ra zanglab kukun bo’lib, to’kilib ketish qobiliyatiga ega bo’lsa ham bunday qilmadi, qayta eritish pechiga tushdi va qo’lida guldastali farishta shaklidagi shamdonga aylandi. Guldastaga mumli shamni qo’yishdi va shamdon yozuv stolining zangori matosida o’z joyini egalladi. Xona juda shinam; hamma tokchalar kitoblarga to’lgan, devorlarda serxasham suratlar ilingan. Bu yerda shoir yashaydi. U nimani o’ylasa, yozsa – bularning hammasi go’yo manzarali tomoshagohdagidek shamdonning oldida gavdalanadi. Xona gohida qalin o’rmon, gohida quyosh ostidagi laylak kelib qo’ngan o’tloqlarga, gohida jo’shqin dengiz uzra suzib ketayotgan kemaning sahniga aylanadi … 

- Eh, ichimda qanday qobiliyatlar yashiringan, a! — dedi keksa chiroq uyqudan turib. — To’g’risi, xatto qayta eritishga ketgim ham kelib qoldi. Shunday bo’lsa ham, yo’q! Qariyalar hayot ekan – kerak emas. Ularni meni qanday bo’lsam, shundayligimcha yaxshi ko’radi,ular uchun go’yo farzandlaridekman. Ular meni tozalashadi, moy quyishadi, va o’zimni kongressdagi anavi amaldorlardan zarracha hech kam his etganim yo’q. O’sha kechadan boshlab ko’cha chirog’i ruhiy xotirjamlikka ega bo’ldi – va u bunga haqli edi. 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook