Qadimgi Misr haqida ko’pgina faktlar ma’lum. Arxeologik topilmalarga va adabiyot manbalariga tufayli biz buyuk go’zal ayol, qadimning eng aqlli ayoli – Kleopatra haqida ma’lumotga ega bo’ldik.
U ellinistik Misrning oxirgi malikasi edi, va u o’ziga xos maftunkorlik, qo’pollik, shuratparastlik, yettita tilni bilishi, va xilma-xil kitoblar muallifi – o’lchash dasturidan kosmetologiyagacha bo’lganligi bilan ajralib turardi. Kleopatra hayoti afsonalar va ko’pgina sirlar bilan to’la.
Ma’lumki, o’zining siyosiy maqsadi sifatida malika Misrni rimliklar tomonidan qulga aylantirish siyosatidan himoya qilish deb bilardi. Shu yoki boshqa sabab bilan uning ismi mangulikda, hamda Yuliy Sezar va Mark Antoniy bilan bog’lanib qoldi. Aynan shu munosabatlar asosida adabiy va kinematografik asarlar bayon etilgan. O’lim malikani Aksium ostida uning askarlari zabt etilishi vaqtida kutib oldi, tarixiy ma’lumotlarga ko’ra, u asira bo’lish sharmandaligidan o’zini qutqarish uchun ilon zaharini ichgan. Bu hol m.a
30 yillarning avgustida sodir bo’lgan.
Ikki mingyillik mobaynida bu malika va buyuk ayolning tasviri insoniyatning fikru-xayollarini va tasavvurlarini hayajonlantirib kelmoqda. Biz iloji boricha ko’proq uning taqdiri sirlarni ochishni xohlaymiz doim.
Kleopatra 18 yoshga to’lganida, uning boshqaruvi vaqti kelib qoldi, va u akasi Ptolemeyga turmushga chiqishga majbur bo’ldi, akasi atigi 9 yoshda edi. Ayol taxtda o’tirib, mustaqil ravishda boshqarishi mumkin emas deb hisoblanar edi.
Kleopatra va Ptolemey boshqaruvi 4 yil davom etdi. O’sha vaqtda malika o’zining Yuliy Sezar bilan uyushmasi ustida ishlar edi. Kichik ukasi opasining harakatidan jahli chiqib, isyon ko’tardi va unda mag’lub bo’lib, natijada, Nil daryosida cho’kib ketdi.
Rimdan mustaqil bo’lishga Kleopatra erishdi, bunda u o’z maftunkorligi va go’zalligi bilan buyuk hukmdorlar: Sezar va Antoniyni maftun qilgandi. Bu munosabat Misrga mustaqillikni 20 yil mobaynida his qilishga imkon berdi.
Kleopatraning ikkita taniqli erlaridan merosxo’rlar qoldi: Yuliy Sezardan o’g’il Sezarion, Mark Antoniyodan – Kleopatra Selena va Ptolemey II Filadelf.
Misrning gullab yashnashi malikaga o’z mehmonlarini bayramlarda qul tashuvchilar va oltin tasmali otlar bilan birgalikda palankinlar sovg’a qilishga imkon berardi.
Tarixchi Plutarx aytishicha, Kleopatra o’zini qimmatbaho gilamlarga o’rab, rimlik Sezarga o’zini “taqdim etgan”.
Mark Antoniy bilan birinchi uchrashuvlarni Kleopatra inkor etgan. Buning sababi havaskorni qiziqtirishgina emas, balki o’z tashrif buyurishi bilan: u Antoniyning oldiga roza gulbarlari bilan sepilgan, qizil yelkanli kemada kelishni xohlardi, va shu bilan lol qoldirmoqchi edi. Mark, kema qurilishi bitqazilishigacha kutishi lozim edi.
Kleopatraning boyligi va tejamsizligi haqida afsonalar yurardi. Qadimgi faylasuflarning aytishlaricha, malikada faylasuflik toshi – metalni oltinga aylantiruvchi tosh bor bo’lgan.
Kleopatra amaliy kosmetologiya bilan shug’ullanardi. O’sha zamonalardagi shifokorning aytishicha, u Sezarga soch to’kilishidan yordam berardi, o’z qo’li bilan u uchun maxsus malham dori va aralashmalarni tayyorlab berardi.
O’lim malikani Oktabian qorovullari himoya qilib turgan vaqtda kutib oldi. Uning oldig makkorlik bilan bir dehqon, qo’lida bir savat bilan kirib olgan. Aynan o’sha savatda kobra bo’lgan.
Boshqa variantga binoan, zahar uning berilishidan bir necha vaqt oldin tayyorlangan. U soch uchun taqinchoqning boshchasida saqlangan.
Kleopatra va Mark Antoniy birgalikda kurashayotgan paytda, birga o’lishga so’z berganlar. Malika o’limidan keyin, Mark qilich ustiga o’zini tashlagan.
Zamonaviy texnologiyalar olimlarga Kleopatraning haqiqiy ko’rinishini tiklashga imkon yaratgan, va uni siz eng zo’r tarixiy filmlarda ko’rishingiz mumkin. Olimlarning fikrlariga ko’ra, misrlik hukmdor ayolni chiroyli deb atash qiyin. Lekin bu fikrni go’zalning hayoti inkor etdi.
Сообщения из Facebook