просмотров
Tabiatning yomon ob-havosi bo’lmaydi. Yaxshilikni ko’ra bilish to’g’risida rivoyat.
Bir ayolning ikki nafar voyaga yetgan o’g’li bor edi. Katta o’g’li zontiklar sotar edi. Kichik o’g’li esa mato bo’yab tirikchilik qilardi. Quyoshli ob-havoda katta o’g’ilning savdosi yo’qqa tushib qolardi. Yomg’irli ob-havoda esa kichik o’g’il matolarni qurita olmas edi. O’sha ayolning hayoti xursandchiliksiz va yorug’liksiz edi. Kunlardan bir kun u bir donishmandni uchratib qolibdi va undan maslahat olibdi. O’sha paytdan beri osmonda quyosh charaqlab turganida u o’z matolarini quritishga ulgurayotgan kichik o’g’li uchun xursand bo’larkan. Yomg’ir yog’a boshlaganida esa u zontiklar savdosi chaqqonlashib muvaffaqiyati avj olayotgan katta o’g’liuchun xursand bo’lib ketarkan. Hayot ham shu tariqa o’z-o’zidan iziga tushib ketibdi. Muhimi umrdan nuqson emas, hursandchilik izlay bilish ekan.
Ma’naviy go’zallik dunyoni qutqaradi. Go’zallik va mehr to’g’risida ertak-rivoyat.
Bir mamlakatda yetim qiz yashar edi. Uning bo’yi past, yuz qiyofasi xunukkina, aniqrog’i, o’ta qo’rqinchli- uning yuzi chechakdan qolgan cho’tirlarga to’la, burni uzun va o’tkir, quloqlari ikkita katta qariqiz bargidek edi. Agar biror kim behosdan qarab qo’ygudek bo’lsa– darhol teskari qarab olardi. Xatto itlar ham dumini tugib qochib qolar edi. Buni sezgan qiz hammadan uzoqroqqa – tog’lar orasiga ketishga qaror qildi. Ujuda quyuq o’rmonga kelib qolibdi va xursand bo’lib ketibdi:
— Juda soz! Endimening yuzimni hech kim ko’rmaydi.
Nihoyat qizcha soyning oldiga borib qolibdi. Jo’shqin tog’ soyi, uning tovlanuvchi tomchilari hamda uzun, tebranib turuvchi suv o’simliklari misli kuy kuylayotganday go’yo. Qizcha o’z ko’zasini suvga to’ldirib, asta sekinlik bilan yo’lini davom ettiribdi. Tezorada unga juda kuchli cho’loqlanayotgan ayiq bolasi uchrab qolibdi. Qizcha ayiqchaning oyog’i qarab qo’yibdi, zirapchani olib tashlab, yarani suv bilan yuvib tashlabdi. Ayiqcha cho’loqlanmay qolibdi. Shunda u daraxt kovagidan asal olib qizchani mehmon qilibdi. Qizcha bir necha qultum yutishi bilan uning og’zi g’uncha kabi kichgina va alvon, quloqlari esa chig’anoqday kichiklashib pushti bo’lib qolibdi. Qizcha hech narsani sezmabdi va yo’lini davom ettiribdi. Uning yo’lida o’layotgan gul chiqib qolibdi: boshi egilgan, barglari juldurday osilib ketib, qurigan ekan. Qizchagulga ko’zadan suv quyganidan keyin gul tirilib, ancha tetiklashibdi. Qizcha qutqarilgan gulning muattar bo’yidan hidlabdi va uning uzundan uzun burni to’g’ri va chiroyli bo’lib qolibdi.
U ko’zi tinmay yoshlanayotgan kiyikning ko’zlarini ko’zadagi suv bilan yuvish tashlabdi, kiyik esa minnatdor bo’lganidan uning yuzini yalabdi. Shunda uning chechakdan qolgan cho’tirlari yo’qolib, ko’zlari charaqlab, ularning atroflarida uzun va qalin kipriklar o’sib chiqibdi. Daraxtdan pastga tushib uning ko’zasidan suv ichga qirg’ovul esa barno yigitga aylanibdi va shunday debdi:
— Mehribon yuraging uchun rahmat senga, go’zal qiz.
Bunday gaplardan keyin qizcha yig’lab yuboribdi, chunki bu barno yigit uning tasqaraligi ustidan kulyapti deb o’ylagan edi. Shunda yigit uning qo’lidan yetaklab daryoning oldiga olib bordi. Qizcha suvdagi o’z aksiga qarabdi-yu hayratdan dong qotibdi. Vaqt o’tgandan so’ng ular to’y-tomosha qilishibdi, butun qishloq aholisini taklif etib, keyin tinch va totuvlikda bahtli hayot kechiribdi.
Muhabbat va Baht. Buzilmas shartnoma to’g’risida rivoyat
- Muhabbat qayoqqa ketadi? – so’rabdi mitti Baht o’z otasidan.
- U o’ladi, -javob beribdi ota – O’g’lim, odamlar o’zida bor narsalarini asrashmaydi. Sevishni bilmaydi!
Mitti Baht o’ylanib qolibdi: Katta bo’lib odamlarga yordam beraman!
Yillar o’tibdi. Baht ulg’ayib katta bo’libdi. U o’ziga bo’lgan va’dasini doim yodda saqlar edi va jon-jahdi bilan odamlarga yordam berishga urinar edi, ammo odamlar uni eshitmasdi. Shuning uchun, baht kichrayib nimjon bo’lib borardi. U juda qo’rqib ketdi va o’z dardi uchun malham topish maqsadida uzoq safarga otlandi.
Uzoq yurdimi, yaqin yurdimi, o’z yo’lida hech kimni uchratmadi, oxir-oqibat tamomila holdan toyib,biroz dam olgani to’htadi. U keng ko’lamli daraxtni tanlab uning tagiga yonboshladi. U endigina uyquga ketgan edi hamki, kimningdir yaqinlashayotgan qadam tovushlari eshitila boshladi. U ko’zini ochib qarasa juldur kiyimda, yalangoyoq va ma’yus bir darbadar ayol o’rmondan ketayotgan ekan. Baht uning oldiga yugurib boribdi:
- Keling, bu yerga o’tiraqoling. Juda charchagan bo’lsangiz kerak. Siz dam olib, o’zingizga kelib olishingiz kerak.
Qiynalgan ayolning oyoqlariga go’yo o’roq uriganday u o’tloqqa yiqildi.
Biroz dam olgandan keyin darbadar ayol bahtga o’zining tarixini gapirib berdi:
- Seni shunaqa badbashara deb hisoblashsa juda alam qilar ekan, men bo’lsa hali juda ham yoshman, ismim ham Muhabbat!
- Muhabbat bu sizmi?! – hayron bo’ldi Baht. Lekin otam menga Muhabbat dunyodagi mavjud bo’lgan narsalarning eng go’zali – degan!
Muhabbat unga diqqat bilan qarabdi-da keyin so’rabdi:
- O’zingni isming nima?
- Baht.
- Shunaqami? Menga ham aytishlaricha, Baht go’zal bo’lishi kerak ekan. Shu gaplar bilan u o’z juldurlaridan ko’zguni olibdi.
Baht o’zining aksiga qarab achinganidan yig’lab yuboribdi. Muhabbat uning yoniga o’tirib qo’llari bilan muloyim quchoqlab olibdi.
- Bu yovuz odamlar bilan taqdir biz bilan nimalar qilib qo’ydi? – deb hiqillab yig’lardi Baht.
- Hech narsa, -dedi Muhabbat, - Agar biz birga bo’lsak, bir-birimiz to’g’rimizda qayg’ursak, tezda yosharib yana go’zallikka erishamiz.
O’sha keng ko’lamli daraxt ostida bir birini topgan Muhabbat bilan Baht hech qachon ajralmaslik to’g’risida o’z shartnomalarini tuzibdilar. Shundan beri Muhabbat va Baht hech qachon alohida yurmas ekanlar.
Сообщения из Facebook