просмотров
Hotirani qanday qilib kuchaytirish mumkinligi bugungi kunda yoshlar orasida ham ommabop savollardan biriga aylangan. Quyidagi usullar esa bu borada sizga yordam bera oladi.
1. Mashqlar
Krossvordlar, hayolda sanash, mantiqiy vazifalarga yechim topish, she’rlarni yodolish, chet tillarini o‘rganish - miya faoliyatini a’lo darajda rag‘batlantiradi. Bundan tashqari ular hotirani yaxshilovchi eng oddiy va samarali usullar hamdir.
2. Uzum sharbati
Amerikalik olimlarning hulosa qilishlaricha, taomnomaga kiritilgan uzum sharbati hotirani 20% ga yaxshilaydi. Uzum sharbati tarkibida ko‘plab antioksidantlar bo‘lgani bois u miyani yoshartirish xususiyatiga ega.
3. Jismoniy faollik
Piyoda sayr qilish, lo‘killab yugurish, raqslar - bularning barchasi tanani chiniqtirish bilan bir qatorda miya faoliyatini yaxshilash uchun xizmat qiladi. Bunday faollik miyaga kislorod yetib borishini ta’minlaydi va ma’lumotlarni yaxshiroq eslab qolishga yordam beradi. Bilasizmi, Franklin Ruzvelt ma’lumotlarni ajoyib usulda eslab qolgan ekan. Buning uchun u yangi tanishgan insonlarining qiyofasini ularning ismlari peshonasiga yozilgan holatda hotirasiga muhrlar, keyingi safar ko‘rganida ana shu peshonadagi yozuvbilan tanishining ismi ham esiga tusharkan. Ushbu “nou-xau”ni o‘zingizda ham sinab ko‘ring.
4. Takrorlash
Biror ma’lumotni, masalan telefon raqamlari, manzil yoki ismni ovoz chiqarib aytgan paytimizda ularni eslab qolish imkoniyati kattalashadi.
5. Uyqu
Keraklicha uyqu -salomatlik garovi. To‘yib uxlagan insonlar ko‘proq yashashlari ham ilmiy tomondan isbotlangan. Uyqu paytida inson organizmi bo‘shashgan holatda bo‘ladi, yosharish gormonlari faollashib ketadi.To‘yib hordiq olgan organizm bilan inson uyquga to‘ymaydigan insonlarga nisbatan ma’lumotlarni ikki marta tezroq va yaxshiroq eslab qoladi.
6. Relaksatsiya
Meditatsiya, yoga, uqalash muolajalari ham diqqatni biryerga jamlash borasida beqiyosdir.
7. Ko‘zlar gimnastikasi
Har tong uyg‘onganingizdan keyin ko‘zlaringizni turli tomonlarga 30 soniyadan harakatlantiring. Bu hotirani 10% ga yaxshilab berishitan olingan fakt. Mashqlar paytida miya yarimsharlari bir-biri bilan uyg‘unlikda ishlaydi. Biror muhim ma’lumotni eslab qolishingiz kerak bo‘lsa, uni o‘rganish uchun tonggi 7-10 va tungi 17-20 dagi oraliq vaqtlarni tanlaganingiz ma’qul. Ushbu vaqt oralig‘ida miyaning ish layoqati 30% ga qadar faol bo‘ladi.
8. Birikmalar
Eslab qolishning eng yaxshi usullaridan biri - ma’lumotni yahlit ibora ko‘rinishida hotiraga joylashdir. Bu yorqin, esda qoladigan qiyofa yoki so‘z bo‘lishi kerak. Bu borada iforlar ham yordamga kelishi mumkin.
9. Taomlanish
Salomatlik va to‘g‘ri taomlanish hotiraga katta ta’sir ko‘rsatadi. Iste’mol qilish uchun tarkibida ko‘p miqdorda antioksidantlar bo‘lgan mahsulotlarni tanlang. Chernika, brokkoli, ismaloq, yong‘oqlar, sitrus mevalar, lavlagi, qora olxo‘ri va mayiz shular jumlasidandir. Bundan tashqari Omega-3 kislotasi haqida ham unutmaslik lozim.
10. Vitaminlar
Hotirani rivojlantiruvchi eng foydali yetakchilardan biri -V guruhidagi vitaminlar sanaladi. Misol uchun V12 vitamini yetishmasligi hotiraning pasayishiga olib kelishi mumkin. Uni baliq, go‘sht, tuxum, parranda go‘shti tarkibidan topsa bo‘ladi. Bundan tashqari S va Ye vitaminlari ham buboradagi beminnat yordamchilardir. Aterosklerozdan holi bo‘lish uchun taomnomadagi yog‘lar, margarin, sariyog‘ miqdorini kamaytirish kerak.Yog‘larning kundalik taomnomadagi me’yori sutkasiga 90 gr. dan oshib ketmasligi lozimligini unutmang.
Сообщения из Facebook