просмотров
Gotard tuneli, Shveysariya
Dunyodagi eng uzun va chuqur tunnel Shveysariyadagi Alp tog’lari orasidan o’tadi. Uning qurilishi deyarli 20 yil davom etgan, biroq uning ochilishi faqatgina 2016 yilda bo’lib o’tdi. Bu Syurix bilan Milan o’rtasida to’g’ridan to’g’ri yo’nalishlarni (yo’lovchilarva yuklar) ochish imkonini berdi. Endi bir shahardan ikkinchisiga atigi 2 soatu 50 daqiqada yetib olsa bo’ladi. Tunelning uzunligi 57,1 kilometrni (xizmat va piyodalar yo’laklarini o’z ichiga olgan holda — 153,4 kilometrni), tog’ cho'qqilaridan tunelning devorlarigacha masofa esa — 2280 metrni tashkil etadi.
Panama kanali, Panama
Mashhur kanal 1914 yilda qazilgan bo’lsa u bu yerda nima qilyapti? Gap shundaki, sanoat ham bitta joyda turib qolgani yo’q. 2016 yilda kanalning kengaytirish va uzunligini 6 kilometrdan ko’proqqa uzaytirish bo’yicha loyiha ishlab chiqarilgan. Natijada ulkan qurilish 4 400 000 kubometr betonni talab qildi, ammo, boshqa iloji yo’q:o’tgan asr davomida kemalarning o’lchamlari o’sib, ancha kattalashib ketgan.
Tyuo-sinkaseen, Yaponiya
Temir yo’l — bu albatta po’lat g’ildiraklarning rels tutashgan joylariga urilishidan taralayotgan gumburlashi emas. 2014 yilda Yaponiya ilk bor magnitolevitatsion temiryo’lning qurilishini boshladi. Bu temir yo’l Tokio, Nagoya va Osakani 2027 yilda bir-biri bilan bog’lashi kerak. Dastlabki baholashlarga ko’ra qurilishning umumiy qimati 57 milliard AQSH dollarini tashkil etadi — bu fantastik summa. Temir yo’lining umumiy uzunligi 287 kilometrni tashkil qiladi va shu bilan birga poezd soatiga 500 kilometrgacha tezlikka erisha oladi. Natijada Tokiodan Nagoyaga atigi 40 daqiqada yetib olsa bo’ladi. Asosiy yo’nalish yer ostida va maxsus tunellarning ichidan o’tadi.
Doxa metrosi stantsiyasi, Qatar
Hozirgi paytda Qatar hududida umumiy nomi Doha Metro Line bo’lgan yirik loyihani amalga oshirish bo’yicha ishlar boshlangan. Umumiy uzunligi 210 kilometrdan ziyodroq bo’lgan temir yo’l liniyasi 100 nafar temir yo’l stantsiyalarini qamrab olishi (ulardan 60 nafari hozirning o’zida qurilyapti) rejalashtirilgan. Loyiha doirasida avtopilotda yuradigan poezdlarning dunyodagi eng tezkorlari ishga tushiriladi va soatiga 100 kilometrgacha tezlikka erisha oladi. Yangi temir yo’l tizimining ochilishi 2019 yilga rejalashtirilgan.
Xendfort majmuasi, Vashington shtati
Atrof muhitni tozalash bo’yicha shunga sazovorligi tufayli dunyodagi eng yirik deb hisoblanadigan ushbu loyihaga hisobsiz milliardlab dollar miqdoridagi pul mablag’lari sarflangan. 1943 yildan 1987 yilga qadar Vashingtonning janubiy-sharqiy qismida jahon yadroviy dasturi doirasidagi 9 ta yadro reaktori va plutoniyni qayta ishlash bo’yicha 5 ta majmua qurilgan. 1989 yilga kelib urush yillarining merosidan shoshilinch tarzda qutilishga to’g’ri keldi – buning uchun esa tarkibida radioaktiv komponentlari bo’lgan suyuqlikning 241 million tonnasini tozalash kerak edi. Ushbu maqsadlar uchun 177 nafar yerosti havzalardan foydalanilgan, ularning ichiga havfli suyuqlik uzoq muddat saqlash uchun quyib qo’yilgan.
Yevrotunel, Buyuk Britaniya, Fransiya
Bu tunel yana La-Mansh ostidagi tunel sifatida ham tanilgan. Bu ikki jilg’ali temir yo’li qit’adagi Yevropani Buyuk Britaniya bilan bog’laydi. Uning uzunligi tahminan 51 kilometrga teng, ulardan 39 kilometri La-Mansh bo’g’ozi ostida o’tadi. Olti yil davomida ishlab chiqarilgan loyiha diametri 7,6 metrgacha bo’lgan poezdlar uchun yilda 365 kun xizmat qiladigan ikkita tunel yaratilishini ko’zda tutgan. Xozirgi paytda Yevrotunel dengiz tubi sathidan 75 metr chuqurlikda joylashtirilgan dunyodagi eng uzun suvosti tuneli hisoblanadi.
Port-Mann ko’prigi, Vankuver, Kanada
Bu bahaybat qurilma 2012 yilda yaratilgan va uzoq vaqt mobaynida dunyodagi eng keng ko’prik va o’lchamlari bo’yicha Shimoliy Amerikadagi ikkinchi ko’prik unvonini saqlab keldi. Mustahkam bog’ich moslamalarini yaratish uchun 288 nafar po’lat troslardan foydalanilgan. Buning natijasida ko’prikning umumiy uzunligi 2093 metrni tashkil etgan.
Сообщения из Facebook