просмотров
Yer yuzida shunday joylar borki, u yerga bormagan ma’qul. Bir qarashda, bu hudud boshqa joylardan farq qilmaydi. Ammo bu faqat birinchi qarashda. Bu joylar sirli voqealar bilan to’la, go’yoki ummon va atmosfera ga’zablangandek, misli ko’rilmagan darajada, haddan tashqari kuchli bo’ron va to’fonlar sodir bo’ladi. Mingdan ortiq insonlarning hayotiga zomin bo'lgan sayyoramizning eng sirli joylaridan biri “Iblis kamari”, deb ataladi.
Iblis kamari haqiqatan ham 30 daraja shimoliy kenglik bo'ylab joylashgan poyas kabi Yerni aylanib chiqadi va beshta anomal qismdan iborat: Bermud uchburchagi, Iblis dengizi, Gibraltar toji, Afg'on afsonasi va Gavayi anomaliyasi. Ushbu sirli joylar bir-biridan teng masofada joylashgan va ularning orasidagi masofa aniq 72 darajaga teng.
Bermud uchburchagi
Bermud uchburchagi - bu Atlantika okeanidagi joy bo’lib, uning hududida g'ayritabiiy va tushunib bo'lmaydigan voqaealar yuz berayotganligi bilan tanilgan. Ushbu iblis o’pqoni radiusiga tushib qolgan har qanday narsa g’oyib bo’ladi. Xristofor Kolumb o’sha mudhish Atlantika hududini kesib o'tgan birinchi taniqli sayohatchi edi, endi biz uni Bermud uchburchagi deb ataymiz. Uning kema jurnalida dengiz suvi, suv o'tlari bilan to'lgan, kompas ko’rsatgichining g'ayrioddiy xatti-harakati, to'satdan paydo bo'lgan alangalanish tili va dengizning g'alati porlashi haqidagi voqealar qayd qilingan.
Bu yerda okean tubida hosil bo'lib, ekipaj a'zolariga ta'sir qiladigan, vahima qo'zg'aydigan ultratovush tebranishlarni, vaqt tuynugiga tushib qolish yoki bo’shliqning yorilishi kabi hosidalarning guvohi bo’lish mumkin. Shuningdek, balandligi 3-5 metrgacha to'lib toshgan to'lqinlar to'satdan 25 metrli “vahshiy” ga aylanib, kemani o’z domiga tortib ketishi mumkin.
Gibraltar tizmasi
Keyingi iblis o’pqoni Gibraltar tizmasi deb ataladi. U Jazoirda joylashgan va uzoq vaqtdan beri yomon nom bilan shuhrat qozongan. Vaqti-vaqti bilan cho'lning bepoyon kengliklarida qandaydir tushunarsiz sovuq hushtak eshitiladi. Bir vaqtning o'zida har tomondan eshitiladi, shuning uchun uning manbasini aniqlab bo'lmaydi. Avvaliga shitirlash ovozi eshitiladi, asta-sekin u o'sib, quloqni teshguday o’tkir hushtakka aylanadi.
Avvaliga bu hushtak odamda noma’lum xavotir tuyg'usini keltirib chiqaradi, keyin bezovtalik kuchayadi va bir muncha vaqt o'tgach, odamda hayvoniy qo’rquv paydo bo’lib, uni vahima ichida yugurishga majbur qiladi. U yo'lni tanlamay, shunchaki bu dahshatli tovushdan qochishga harakat qiladi. Dahshatli hushtak bir necha soat davom etishi, odamlarni va hayvonlarni aqldan ozdirishi mumkin. Keyin u qanday boshlangan bo’lsa, shunday to’satdan to'xtaydi.
(davomi bor)
Сообщения из Facebook