просмотров
Shahar qanchalik yirik bo‘lsa, undagi fizik sharoit shunchalik yomonlashadi. Angliya va Amerikada o‘tkazilgan tadqiqotlarga qaraganda yirik shaharlar aholisi ultrabinafsha nurlarini 30 foizgacha kam oladi, shuningdek, shaharlar ustida bulutli kunlar qishloq va adirlarga qaraganda 10 foizga ortiq. Aksariyat kasalliklar, jumladan, yuqumli xastaliklarning tarqalish darajasi shaharda qishloqlarga nisbatan ko‘proqdir. Masalan, aholisi 1 milliondan yuqori bo‘lgan shaharlarda o‘pka saratoni bilan kasallanish darajasi qishloqlarga qaraganda 2 barobar yuqori. Bronxit xastaligi qariyb 3 barobar ko‘proq uchraydi. Asab-ruhiy tizimi buzilishi bilan kechuvchi kasalliklar esa 2,3 barobarga ziyod kuzatiladi..
Organizmdagi eng serharakat organ yurakdir. Sutkasiga u 100 000 marta urib, 350 litr qonni haydaydi.
Soch tolasi bir oydan, bir necha yilgacha to‘kilmasligi mumkin. Bir kunda 50- 100 dona soch tolasi to‘kilishi normal holat hisoblanadi.
Ko‘z 4 sababga ko‘ra yoshlanadi: hissiy kechinmalardan (quvonch, g‘am); reflektor yoshlanish (kimyoviy moddalar, gazlar va piyozdan ); o‘zini himoya qiluvchi yoshlanish (ko‘zga nimadir kirib ketganda); ayrim kasalliklardan yoshlanish (allergiya, ko‘z shamollashi kabi).
Erkaklar ayollardan ko‘ra 5 marta kam yig‘lagani uchun ayollardan ko‘ra o‘rta hisobda 7 yil kam umr ko‘radi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining bergan ma’lumotlariga ko‘ra 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarning bir kunlik yodga bo‘lgan ehtiyoji 50 -120 mgr, katta odamlarda 150 mgr, homilador ayollarda esa 200 mgr.ni tashkil qiladi.
Yangi tug'ilgan chaqaloqlarda tizza chanoqlari bo‘lmaydi: u bolakay 3 yoshga kirgandan keyin qattiqlashishni boshlaydi.
Ko'zning shox pardasi inson organizmining qon aylanish tizimidan kislorod olmaydigan yagona qismidir, ushbu soha kislorodni bevosita havodan oladi.
Inson miyasi organizmga qabul qilingan kislorodning 20%i , 50% glyukozani singdirib oladi va umumiy energiyaning 20% ini o‘zlashtiradi. Aytgancha, biz miyaning atigi 10 foizini ishlatamiz degan fikr mutlaqo xatodir, aslida biz miyaning barcha qismlarini ishlatamiz va u deyarli har doim faol bo'ladi.
Hech bir inson o‘zini qitiqlab kuldira olmaydi. Sababi bu holatda miyaning kulish uchun javob beradigan qismiga kerakli signal yuborilmaydi.
Kuning ma’lum bir vaqtida burunning ikkita emas, bitta teshigi orqali nafas olamiz. Ularning faol holati har 4 soat davomida almashib turadi.
Insondagi barcha mushaklarning 25% yuz hamda bo‘yin qismida joylashgan. Shu sababli ham mazkur sohalarda mimika kuchli bo‘ladi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqdagi suyaklar soni 270 taga yaqin bo‘ladi. Vaqt o‘tib ularning ayrimlari birlashib ketadi. Shu sababli ham katta yoshli insonlarda suyaklar soni 206 ta bo‘lib qoladi.
Сообщения из Facebook