просмотров
Yaxshi jismoniy qomatni saqlash bo'yicha tavsiyalar odatda bir xil: sog'lom ovqatlanish va ko'proq jismoniy mashqlar. Ammo bugungi kunda odamlar juda oz harakat qiladilar: ular kuniga atigi 300 – 500 metr yuradilar. Tibbiyot vakillari bugungi kun odami ota-bobolaridan ibrat olishini tavsiya qiladilar. 19-asrgacha erkaklar kuniga 17-19 km, ayollar esa to'qqiz kilometr yurishgan.
Haftada kamida uch marta muntazam ravishda yuradigan har bir kishi yurak xuruji xavfini 60% ga, saraton xavfini 50% ga va insult xavfini 40% ga kamaytirishi mumkin. Jismoniy faol 75 yoshli odam sport bilan shug'ullanmaydigan 25 yoshli yigit bilan bir xil jismoniy holatga ega.
Sport mutaxasslari yaxshi jismoniy holatini saqlab qolish uchun haftasiga o'rtacha 150 daqiqa yengil intensivlikdagi mashg’ulotlarni yoki 75 daqiqa kuchli intensivlikni harakatlarni bajarishni taklif etadilar.
"Jismoniy faol bo'lish uchun hech qachon kech emas", dedi shifokorlar. Hayotida hech qachon sport bilan shug'ullanmagan odam o'zining bardoshliligini, kuchini va mushak massasini tezda yo'qotadi. Bu jarayon 27 yoshdan boshlanadi. 60 yoshdan keyin bunday odamlarda salomatliklari borasida muammolar boshlanadi: yurishlari qiyinlashadi. Ushbu yoshdagi harakatsiz odamlarda mustaqil harakat qila olmaslik xavfi bor. Faol bo'lganlarda bu jarayon faqat 80 yoshdan keyin boshlanadi
Faol jismoniy turmush tarzini olib boradigan keksa odamlarda barcha tana tizimlari sog'lom va yaxshi ishlaydi, suyaklari mustahkam bo’ladi. Bunday insonlar odatda ortiqcha vaznga ega emaslar, ularning qomatlari raso va xushbichim ko'rinadi. Shuning uchun mutaxassislar keksa odamlarga jismoniy faollikni oshirishni maslahat beradilar.
Сообщения из Facebook