Jozibador futbol
Jozibador futbol
Futbol kimlardir uchun o’ta bemani o’yin tuyulishi mumkin. Lekin uni deyarli hamma erkaklar ko’radi! Demak, aqllilar ham. Shuning uchun ham futbol to’ǵrisida o’tkir va aniq fikrlar juda ko’p uchraydi.

Futbol – ahamiyatsiz bo’lgan narsalarning ichidagi eng muhim ahamiyatga ega bo’lganidir. Frants Bekkenbauer

Futbolning ta'rifi

Futbol (inglizcha “foot” — oyoq, “ball” — to‘p) —sportning jamoaviy turi. O‘yindan maqsad raqib darvozasiga to‘pni oyoq yokigavda qismlari bilan (qo‘ldan tashqari) kiritishdan iborat. Faqat darvozabonlargina qo‘l bilan o‘ynashi mumkin (jarima maydonchasida). Hozirgi paytda futbol dunyodagi eng keng tarqalgan va ommabop sport turi.

FIFA (fransuzcha: Fédération Internationale deFootball Association, qisqacha FIFA) futbol uyushmalari Xalqaro Federasyasi va Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi “futbol” so‘zidan ushbu o‘yinning xalqaro nomlanishi sifatida foydalanadi. O‘yinning ingliz tildagi “association football” (“uyushma qoidalari bo‘yicha futbol") deb nomlanadi to‘liq nomlanishi 1863 yilda ingliz Futbol uyushmasi tashkil etilgan paytda tanlangan. Bundan maqsad, o‘sha paytda mavjud bo‘lgan fubolning boshqa turlari, masalan, qo‘l bilan o‘ynash ruxsat berilgan regbi-futboldan (“rugby football”, Ragbi Maktabi qoidalari bo‘yichafutbol) farq qilishidir. Vaqt o‘tgan sayin o‘yin turlarining uzun nomlanishlari kundalik so‘zlashish va matbuotda qisqara boshlagan. Dastlab Angliyada “assoc.”qisqartmasi tarqalgan edi, keyin 1880-yillarda undan “sokker” termini (inglizcha: soccer) vujudga kelgan. Huddi shu tarzda regbi-futbol qisqartirilgan holda “ragger” (inglizcha: rugger) deb atalgan. Har qalay matbuotda “sokker” termini 1892 yildan buyon ishlatilib kelmoqda.

Futbolmi yoki sokker?

Bugungi kunda “sokker” termini tarixiy jihatdan futbolning boshqa turlari ham hamon ommabop bo‘lib qolayotgan bir qator ingliz tili davlatlarida tarqalgan. Masalan, Avstraliya va Yangi Zallandiyada azalda “futbol” deb “Avstraliya futboli yoki regbilig”ni atashadi. Irlandiyada “futbol” termini gel futboliga nisbatan ishlatiladi, shuning uchun ham matbuotda biz bilgan oddiy futbol “sokker” deb ataladi. Janubiy Afrika Respublikasida o‘yin ko‘pincha “sokker” deb tanilgan. Bu JAR chempionati -“Sokker premer ligasi” va 2010 yildagi jahon chempionatining final o‘yini bo‘lib o‘tgan “Sokker Siti” stadionining nomlanishida aks etgan. AQSh va Kanadada “sokker” terminidan foydalaniladi, chunki bu yerda futbol deb “Amerika futboli” va “Kanada futboli”ni nomlashadi. Angliyada “sokker” nomlanishi eskirib qolgan va muhlislarning yangi avlodi bu so‘zni millionlar o‘yiniga nisbatan iltifotsizlik, deb hisoblashar ekan.

O‘yinning ayrim boshqa tillardagi nomlanishlari:

Portugal tilida - “futebol”, nemis tilida - Fußball,yunon tilida — ποδόσφαιρο,finn tilida — jalkapallo, ivritda — כדורגל,karel tilida — jalgamiäččy va adigey tilida — l’epeyeu, yoki “tepmoq”, “oyoq”so‘zlaridan hosil bo‘lgan holda intalyan tilida — calcio (kalchio), xorvattilida — nogomet (nogomyot).

Futbol o‘yini, 2 darvoza (7,32x2,44 m) li maxsusmaydon (90—120 x 45— 90)da to‘p bilan jamoa bo‘lib o‘ynaladi. F. to‘piningog‘irligi 410—450 g , aylana diametrining uz. 68—70 sm, o‘yinning asosiy vaqti90 min. (45 min.dan 2 bo‘lim, 12—15 min. tanaffus). Maydonda ikkala jamoada 11kishidan bo‘ladi.

Dastabki futbol

Dastabki futbol

1896 yil AstonVilla jamoasi

Futbolning tarixi. Futbolning dastlabki ko‘rinishlari

Futbolga o‘xshash o‘yinlar miloddan avvalgi Misr vaSharq mamlakatlarida ma’lum bo‘lgan. Masalan Xitoyda bunday turdagi o‘yin “Chju-Ke”, qadimiy Spartada “Episkiros”, Qadimiy Rimda “Xarpastum” deb atalgan.Tahminlarcha Yangi asrlar davrida Bryansk yerlarida asosiy inventari,o‘lchamlari o‘rtacha tarvuzdek, pat bilan to‘ldirilgan charmli to‘p bo‘lgano‘yinlar o‘tkazilgan ekan. Bu musobaqalar “shaliga” va “kila” deb nomlangan.Tahminan 14-asrda italyanlar “kalchio” o‘yinini o‘ylab topgan. Britaniyaorollariga bu o‘yin g‘oyasini aynan ular olib kirgan ekan.

Profesiional turning qonuniylashtirilishi va dunyo bo‘ylab tarqalishi

19-asrning 80-chi yillarida futbol jamiyatda mislsiz ommabop bo‘lib ketdi. Futbol uyushmasidagi kulblar soni 100 dan oshib ketganedi. O‘sha paytda ayrim kulblar o‘yinchilarga maosh to‘lashi to‘g‘risidagi mish-mishlar tariala boshlangan edi. Biroz vaqtdan keyin esa bunday mish-mishlar haddan tashqari urchib ketgan edi. Uyushmaning dastlabki maqsadi bo‘yicha esa futbol mutlaqo havaskorlik sport turidir. Shuning uchun ham 1882 yilda qoidalarga quyidagi band qo‘shib qo‘yilgan edi:

"Klubdan o‘zining shaxsiy harajatlari va mablag‘idan oshadigan, qanday shaklda bo‘lishidan qat’iy nazar mukofot yoki pul shaklida haq olayotgan klubning har qanday o‘yinchisi u yoki bu o‘yinga chiqishi munosabati bilan Kubok uchun musobaqalardan, Futbol Uyushmasi panohidagi har qanday musobaqalar va halqaro turnirlardan avtomatik tarzda chetlatiladi. Bunday o‘yinchini yollagan klub avtomatik tarzda Uyushma a’zoligidan chiqaribyuboriladi".

1884 yilning boshida “Apton Park” klubi “Preston Nord End” klubini o‘z futbolchilariga maosh to‘layotganida aybladi. “Preston”ning Prezidenti Uilyam Saddel ham buni tan olgan edi. Klub futbol Uyushmasi a’zoligidan chiqarib yuborilgan edi.1885 yilda esa Futbol uyushmasi futbolchilarga maosh to‘lashga axiyri ruxsat bergan. Bu dunyodagi birinchi doimiy futbol Ligasining yaratilishiga olib keldi. Bu turnirning chempioni “Preston Nord End” klubi bo‘lgan. 1872 yil 30-noyabr kuni tarixdagi birinchi halqaro futbol matchi o‘tkazilgan. U Angliya va Shotlandiya terma jamoalari o‘rtasida o‘tkazilgan. 1904 yilda Parijda FIFA -futbol olamining boshqaruv tashkiloti tashkil topgan edi. Unga Belgiya, Daniya, Fransiya, Niderland, Ispaniya (“Madrid” futbol klubi siatida), Shvetsiya va Shveytsariya a’zo bo‘lgan.

1901 yilda Urugvay poytaxti Montevideoda Britaniya orollari vakillari bo‘lmagan terma jamoalari o‘rtasidagi tarixdagi birinchi uchrashuv o‘tkazilgan. Maydon egalari - Urugvay terma jamoasi g‘alaba uchun kat’iy kurashda Argentina terma jamoasiga 2:3 hisobi bilan yutqazib qo‘ygan.

Ilk qoidalar

19 - asrda Angliyada futbol ommabopligi bo‘yicha kriket bilan taqqoslana oladigan darajada tarqalib ketdi. Bu o‘yin asosan kolledjlarda o‘ynalgan. Biroq, ayrim kolledjlarda o‘qin qoidalari to‘pni qo‘lbilan o‘ynash ruxsat berilar, boshqalarida esa taqiqlanar edi. Hamma uchunyagona qoidalar majmuasini yaratishning birinchi urinishi 1846 yilda bir necha kolledjlarning vakillari yig‘ilgan paytda bo‘lgan. Ular futbolning ilkqoidalari o‘rnatilgan majmuani yaratgan. 1857 yilda birinchi maxsus futbolklubi - “Sheffild” tashkil topgan. 1862 yilda uzoq muzokaralardan so‘ng AngliyaFutbol Uyushmasining qoidalar to‘plami qabul qilingan. Shu bilan birga futbol maydoni va darvozalarning o‘lchamlari ham belgilangan. 1971 yilda esa dunyodagi eng keksa futbol musobaqasi - Angliya Kubogiga asos solingan. 1891 yilda penalti, ya’ni jarima zarbasi to‘g‘risidagi qoida qabul qilingan. Biroq,dastlab jarima zarbasi nuqtadan emas, o‘sha davrda hozirgi kundagidek ham darvozadan 11 metr uzoqlikda joylashgan jarima maydonchasining chegarasi bo‘lgan chiziqchadan urilgan.

Xalqaro musobaqalarning boshlanishi

1921 yilda FIFAning Prezidenti sifatida Jyul Rimesaylanganidan so‘ng keyingi Olimpik futbol turnirlarini “havaskorlaro‘rtasidagi futbol bo‘yicha jahon chempionatlari” deb hisoblash to‘g‘risidagitaklif ratifikasiya qilingan. 1924 yil va 1928 yildagi bu turnirlarni Urugvayterma jamoasi yutib olgan. Shu muvaffaqiyatlarga ko‘ra Urugvay futbolUyushmasida 1930 yilda tarixda birinchi marta FIFAning jahon Kubogini (oddiyroqqilib aytganda futbol bo‘yicha jahon chempionati) tashkil etilishi uchunkurashda raqiblari bo‘lmagan. Urugvayliklar o‘z uyidagi musobaqaningg‘oliblariga aylangan, futbol bo‘yicha uch karra jahon chempionlari va FIFAjahon Kubogining ilk egalariga aylangan edi. Bu futbol tarixidagi yangi eraningboshlanishi bo‘lib qolgan edi. 1970 yilga qadar bu o‘lja Jyul Rimening isminiolib yurgan, shu bilan birga “Nike ma’budasining Kubogi” sifatida ham tanilgan,ammo Braziliya terma jamoasining jahon chempionatidagi uchinchi g‘alabasidankeyin unga abadiy saqlash uchun berilgan edi. Uning o‘rniga zamonaviy jahonKubogi o‘ynala boshlangan.

Futbol maydoninining standart o'lchamlari

O‘yin qoidalari

O‘yinning 17 nafar rasmiy qoidalari mavjud, ularninghar birida qo‘shimcha shartlari va yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi tamoyillari bor. Buqoidalar futbolning hamma stahlarida qo‘llanilishi uchun bir hil. Shungaqaramay, yuniorlar, kattalar, ayollar va jismioniy imkoniyatlari chegaralangankishilar kabi guruhlar uchun ayrim o‘zgartirishlar kiritilagan. Qonun-qoidalarko‘pincha umumiy doiralarda ta’riflangan, bu o‘yin xarakteriga bog‘liq holdaularni soddalashtirish imkonini beradi. O‘yinning qoidalari FIFA tomonidan chopetiladi, ammo Futbol uyushmalarining Xalqaro Kengashi (IFAB) tomonidanqo‘llaniladi.

Har bir jamoa eng ko‘pi bilan 11 kishidan iborat(zahiradagi o‘yinchilarni hisobga olmagan holda), ularning orasidan bir kishi -darvozabon. Norasmiy musobaqalarning qoidalari o‘yinchilar sonini 7 tagachakamaytirishi kamaytirilishiga ruxsat berishi mumkin. Darvozabonlar - o‘z darvozasioldidagi jarima maydoni sarhadlarining ichidagina qo‘li bilan o‘ynashga ruxsatberilgan yagona o‘yinchi hisoblanadi.

Alohida futbol o‘yini match deb ataladi va 45daqiqadan iborat ikki taymdan iborat bo‘ladi. Birinchi va ikkinchi taymningorasidagi tanaffus 15 daqiqaga teng. Shu vaqt ichida jamoalar dam oladi.Tanaffus tugaganidan keyin esa darvozalarini almashtiradi. O‘yindan maqsadraqib darvozasiga to‘pni oyoq yoki gavda qismlari bilan (qo‘ldan tashqari)kiritish, buni iloji bor qadar ko‘proq amalga oshirish va o‘z darvozalariga golurilishini oldini olishdan iborat. Gollarning ko‘proq sonini urgan jamoa match,ya’ni uchrashuv g‘olibi hisoblanadi.

Agar ikkala taym davomida jamoalar gollarning bir hilsonini urgan taqdirda, yoki durang natija yoziladi, yoki matchning o‘rnatilgan reglamentiga muvofiq aniqlanadi.  Buholda qo‘shimcha vaqt - har biri 15 daqiqadan bo‘lgan yana ikkita taym belgilanishi mumkin. Odatda matchning asosiy va qo‘shimcha vaqti orasida jamoalarga tanffus beriladi. Qo‘shimcha taymlar orasida jamoalarga faqat darvozalarnining taraflarini almashtirish uchun vaqt beriladi. Bir vaqtlar futbolda shunday qoida bo‘lgan ediki, unga ko‘ra qo‘shimcha taymlarning istalgani tugashi bilan yutgan (“kumush gol” qoidasi) yoki asosiy vaqt tugagandan keyin, qo‘shimcha vaqtda birinchi golni urgan (“oltin gol” qoidasi)jamoa g‘olib hisoblanar edi. Xozirgi paytda qo‘shimcha vaqt yoki umuman o‘ynalmaydi, yoki to‘la xajmda (15 daqiqadan 2 taym) o‘ynaladi. Agar qo‘shimcha vaqt davomida ham uchrashuv g‘olibini aniqlashning imkoni bo‘lmasa, match qismi hisoblanmaydigan matchdan keyingi penaltilar seriyasi o‘tkaziladi: raqibning darvozasiga 11 metrga teng masofadan turli o‘yinchilar tomonidan beshtadan zarba to‘pi uriladi. Agar ikkala jamoada ham urib kiritilgan penalti to‘plarining soni yana teng bo‘lib qolsa, g‘olib aniqlanmaguniga qadar birjuftdan penalti to‘pi tepiladi.

Maydon

Belgilash

Matchlar tabiy to‘shamali maydonlarda o‘tkazilishi bilan birga sun’iy to‘shamali maydonlarda ham o‘tkazilishi mumkin. Futbol o‘ynashning rasmiy qoidalariga muvofiq sun’iy to‘shama yashil rangda bo‘lishi shart. O‘yin uchun maydon to‘g‘ri burchak shakliga ega. Yon taraf chiziqlari albatta darvozalar chiziqlaridan uzunroq bo‘lishi shart.  Maydonning o‘lchami uzunasiga 100-110 metr vaeniga kamida 64-75 metrni tashkil etishi kerak, degan qaror qabul qilishga urunshlar ham bo‘lgan, biroq keyinchalik bu talabning majburiy sharti to‘g‘tatib qo‘yilgan.

Belgilashning kengligi

Maydonning belgilari kengligi 12santimetrdan ko‘pbo‘lmagan chiziqlar bilan chiziladi; bu chiziqlar o‘zlarichegaralaganmaydonlarga kiradi. Barcha chiziqlar bir hil kenglikka ega bo‘lishishart.

Maydon chiziqlarining nomlanishi

Maydonni o‘yin uchun cheklovchi ikkita uzun chiziqlar yon taraf chiziqlari deb nomlanadi; ikkita kalta chiziq yuza chiziqlari yoki darvoza chiziqlari deb ataladi.

O‘rtachiziq

Maydon yon taraf chiziqlarining o‘rtalarini birlashtiruvchi o‘rta chiziq yordamida ikkiga bo‘linadi. O‘rta chiziqning o‘rtasida diametri 0,3 metrga teng bo‘lgan yaxlit dumaloq nuqta belgilanadi. Maydonning markazi atrofida radiusi 9,15 metrga teng doira o‘tkaziladi. Asosiyva qo‘shimcha vaqtdagi har bir taymning boshlanishida,shuningdek, har birurilgan goldan keyin boshlang‘ich zarba amalga oshiriladi. Boshlang‘ich zarba amalga oshirilayotgan paytda hamma o‘yinchi maydonning o‘ziga tegshishli bo‘lgan yarmi tarafda bo‘lishi, zarbani amalga oshiruvchi jamoaning raqiblari esa markaziy doiraning tashqarisida bo‘lishi shart.

Darvozalarning maydoni

Maydonning har bir yarmida darvoza maydoni joylashtiriladi - darvozadan amalga oshirilgan zarba undan tashqariga chiqarib yuborilishi uchun bo‘lgan hudud - jarima maydonchasi  belgilanadi.

Darvozalar har bir ustunining ichki tarafidan 5,5 metr uzoqlikdagi nuqtadan darvoza chiziqlariga nisbatan to‘g‘ri burchaklar ostida maydon o‘rtasi tarafga ikkita chiziq o‘tkaziladi. 5,5 metr masofada bu chiziqlar darvoza chizig‘iga paralell bo‘lgan boshqa chiziq bilan birlashtiriladi. Shunday qilib, darvozalar maydonining o‘lchamlari —18,32 metr va 5,5 metrni tashkil etadi.

Jarima maydonchasi

Maydonning har bir yarmida jarima maydonchasi - darvozabon qo‘li bilan o‘ynay oladigan hudud belgilanadi. O‘z jarima maydonchasida jarima zarbasi bilan jazolanadigan o‘yin qoidasining buzilishiga yo‘l qo‘ygan jamoaning darvozasiga esa 11-metrli zarba belgilanadi.

Darvozalar har bir ustunining ichki tarafidan 16,5 metr uzoqlikdagi nuqtadan darvoza chiziqlariga nisbatan to‘g‘ri burchaklar ostida maydon o‘rtasi tarafga ikkita chiziq o‘tkaziladi. 16,5 metr masofada buchiziqlar darvoza chizig‘iga paralell bo‘lgan boshqa chiziq bilan birlashtiriladi. Shunday qilib, darvozalar maydonining o‘lchamlari —40,32 metr va 16,5 metrni tashkil etadi. Jarima maydonchasining ichida, darvozalar chizig‘ining markazi bo‘ylab 11 metr masofada o‘n bir metrli belgi - diametri 0,3 metrga teng bo‘lgan yaxlit dumaloq qo‘yiladi. Jarima maydonchasining tashqarisida radiusi 6,15 metrga teng bo‘lgan aylananing yoyi chiziladi. Bu yoydan o‘n bir metrlik zarba amalga oshirilayotgan paytda jamoalar o'yinchilarini joylashtirish uchun foydalaniladi.

Burchak sektorlari

Maydonning to‘rttala burchagida radiusi 1 metrga teng va markazi maydonning burchagida joylashgan yoy o‘tkaziladi. U burchakdan zarbalarni amalga oshirish uchun sektorni chegaralaydi.

Burchak sektorlarining chegaralaridan 9,15 metr uzoqlikda yon taraf chiziqlari va darvoza chiziqlari oldida chiziqning tashqi tarafidan ularga to‘g‘ri burchak ostida ulangan belgilar qo‘ilishi mumkin. Bu burchak zarbasi amalga oshirilayotgan paytda o‘yinchilar qanday masofada hozir bo‘lganini aniqlash uchun hizmat qiladi.

Shu bilan birga maydonning har birburchagida tepasida o‘tkir uchi bo‘lmagan, albatta balandligi kamida 1,5 metrgateng bayroqdastaklarida bayroqlar ilib qo‘yiladi.

Futbol to‘pi

Futbol to‘pi

Futbol to‘pi

Futbol to‘pi sharsimon shaklda, bo‘lishi shart. Futbolto‘piga bo‘lgan talablar “Futbol o‘yini qoidalari”ning 2 qoidasiga asosanbelgilanadi.

To‘p 3 qism: pokrishki, podkladka va kameradan iborat.

Pokrishka — to‘pning ustki qobig‘i, zarbalar aynanunga beriladi.

Podkladka — to‘pning o‘rta qobig‘i, to‘p mustahkamligiuning qalinligiga bog‘liq (qancha qalinroq bo‘lsa, shuncha mustahkamroq)

Kamera — to‘pning markaziy qobig‘i. Uning ichiga havoto‘ldirilib, to‘p shu tarzda shishiriladi.

Standart holatlar

Futbolda standart holatlar bo‘lib turadi.  Futboldagi standart holatlarga hakamning ishorasi bo‘yicha amalga oshiriladigan jarima, erkin, burchakli va boshqa zarbalar kiradi.

Standart holatlar quyidagilar:

•  Boshlang‘ichzarba. Har bir taymning boshida, shuningdek — har bir urilgan to‘pdan keiyn maydonning markazida joylashgan aylananing markaziy nutasidan amalga oshiriladi.

•  To‘pni o‘yinga kiritish (aut). Yon taraf chiziq ortidan qo‘llar yordamida amalga oshiiladi. To‘p shu chiziqni kesib o‘tganidan keyin belgilanadi. Bunda autni yon taraf chizig‘ini kesib o‘tishdan avval to‘p oxirgi bo‘lib tekkan o‘yinchining raqibi kiritadi.

•  Darvozadan zarba. To‘p hujum qilayotgan jamoa o‘yinchisidan darvoza chizig‘ini to‘liq kesib o‘tganidan keyin (darvoza hududidan tashqarida) darvozabon tomondan amalga oshiriladi.

•           Burchakli zarba. To‘p himoyalanayotgan jamoa o‘yinchisidan darvoza chizig‘ini to‘liq kesib o‘tganidan keyin (darvoza hududidan tashqarida) hujum qilayotgan jamoaning o‘yinchisi tomonidan amalga oshiriladi..

•           Erkin zarba. Raqibga nisbatan qo‘pol o‘yin ko‘rsatilgan (amalga oshmagan qoidabuzilishi) taqdirda qo‘pol o‘yinga yo‘l qo‘ygan jamoaning darvozasiga belgilanadi. Qo‘pollikka yo‘l qo‘yilgan nuqtadan amalga oshiriladi. Erkin zarbadan to‘g‘ridan-to‘g‘ri urilgan gol hisobga o‘tmaydi.

•           Jarima zarbasi. Qoida buzilgan taqdirda qoidani buzgan jamoaning darvozasiga belgilanadi. Faqatgina qoidabuzar jamoaning jarima maydonchasi ortida belgilanishi mumkin. (ya’ni, agar qoidabuzarlik jarima maydonchasining ichida sodir etilgan bo‘lsa penalti belgilanadi. Jarima zarbasi ham erkin zarba kabi qoidabuzarlik ro‘y bergan nuqtadan amalga oshiriladi. Jarima zarbasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri urilgan gol hisobga o‘tadi.

•           Penalti. Darvozadan 11 metr masofada joylashgan maxsus belgidan amalga oshiriladi.

•           Munozarali to‘p. Ikki raqib o‘yinchilar o‘rtasidagi to‘pni tashlayotgan hakam tomonidan amalga oshiriladi. Agar o‘yin qoidalarga bog‘liq bo‘lmagan holda to‘htatilgan bo‘lsa belgilanadi. Xokkey o‘yinidagi shayba tashlashni eslatadi.

Bugungi kunda Futbol Braziliya, Germaniya, Italiya,Argentina, Buyuk Britaniya kabi davlatlarda keng rivojlangan. Pele, Maradona,Frans Bekkenbauyer, Lev Yashin, Zinedin Zidan, Ronaldo va boshqa Futbolchilarbu o‘yinning jahonda ommaviylashishiga ulkan hissa qo‘shishdi.

O‘zbekistonda 20-asr boshlaridan zamonaviy Futbol qoidalari asosida o‘yinlar o‘tkazilib kelgan. 1912 yilda Farg‘ona vodiysining Qo‘qon shahrida birinchi Futbol jamoasi tuzildi. Keyinchalik Fargona, Samarqand, Toshkent, Andijon, Namangan shaharlarida ham Futbol jamoalari paydo bo‘ldi. 20-asrning 20-yillaridan mamlakatimizda turli toifadagi musobaqalar (1937 yildan O‘zbekiston birinchiligi) muntazam ravishda o‘tkazila boshlandi. 1956 yilda Toshkentda "Paxtakor" jamoasining tashkil etilishi va shu nomdagi stadion qurilishi respublikada Futbolning rivojlanishiga turtki bo‘ldi. 20-asrning 80-yillaridan O‘zbekistonda Futbolchilarning yangi avlodini tarbiyalashga kirishildi. Mirjalol Qosimov,Igor Shkvirin, Azamat Abduraimov, Maksim Shatskix nafaqat O‘zbekistonda, Osiyova boshqa qit’alarda ham nom qozonganlar.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook