просмотров
To’g’ri, u 35 yoshida vafot etdi. Agar siz 35 yoshingizgacha, maqtangundek hech biror narsaga erisha olmagan bo’lsangiz, bu o’rta yosh inqirozi tufayli umidsizlikka tushib qolish uchun sabab bo’lishiga sira ham yo’l qo’ymang. Agar haqiqatan ham biror narsani chin dildan istasangiz - hali hammasi oldinda.
Bu yerda ayni gullab-yashnagan paytdida ham oddiy odam bo’lib qolgan atoqli shaxslar –biznesmenlar, ixitrochilar, yozuvchilar va rassomlarning tarixi to’g’risida ma’lumotlar to’plangan. Ammo ular o’zining mashhurligiga va badavlatligiga sabr-bardoshi, tirishqoqligi, mislsiz beg’am nekbinligi hamda sevimli mashg’ulotiga vafodorligi tufayli erishgan.
1. Charlz Bukovski kambag’al ota-onasining oilasida tug’ilgan, bolaligi juda qiyin va og’ir, otasining zulmi o’tkir, o’zi esa tengdoshlari orasida raddi ma’raka sifatida muomala qolgan. U yoshligida spirtli ichimliklarga mukkasidan ketgan. Yozuvchi 20 yoshida uning otasi o’g’lining xonasida yashirilgan birinchi qo’lyozmalarni topib oldi. Ularni o’g’lining narsalari bilan birga derazadan tashqariga uloqtirib: "Bunday rasvoni hech kim hech qachon o’qishni istamaydi!".
Haqiqatdan ham, Bukovskining nashrlari e’tiborsiz qolib ketdi. 32 yoshida u pochtachi bo’lib ishga kirdi. Oradan ikki yil o’tgach, u surunkali ichkiligi tufayli vujudga kelgan shiddatli ichki qon ketishidan vafot etishiga sal qolgan edi. Kasalxonadan chiqqach, yozuvchi adabiyotga qaytishga qaror qildi. Pochtada ishlashni davom ettirib, o’zining asarlarini kichik jurnallarda chop etdi. U 40 yoshdan oshganidan keyin, romanlar yozishni boshlagandi. Unga mashhurlikni "Ichkilikboz" filmi olib keldi. Filmning asosida Charlzning asosan avtobiografik bo’lgan stenariysi yotgan edi. Hozir u zamonaviy Amerika adabiyotining klassiklari qatoridan joy olgan.
2. Richard Fuller bolaligidanoq murakkab qurilmalarni loyihalash va ishlab chiqarishga moyilligini ko’rsatgan edi. 18 yoshida Fuller Garvard universitetida o’qishni boshladi. U yerda u "mas’uliyatsizlik va qiziqishning yetishmasligi" uchun ikki marta haydab yuborilgan. Shunga qaramay, u o’qishini qayta tiklab davom ettiraverdi. Sessiyalar orasida u to’qimachilik fabrikasida mexanik, go’sht mahsulotini qadoqlash va ishlab chiqarilishida ishlagan, Birinchi jahon urushi paytida esa AQSH dengiz kuchlarida xizmat qilgan.
32 yoshida u pnevmoniyaga uchragan qizini yo’qotgan. Bolaning o’limida o’zini ayblagan Richard spirtli ichimliklarni iste’mol qila boshladi va o’z joniga qasd qilishiga sal qoldi. Faqatgina oxirgi daqiqada u yaxshisi "bittayu bitta inson dunyoga va butun insoniyat manfaati uchun nima qilishi mumkinligini ko’rish maqsadida tajriba" o’tkazishga qaror qildi. U Shimoliy Karolina shtatidagi kollejga xodim sifatida ishga kirdi va muhandislik sohasi uchun inqilobiy loyiha - geodezik gumbazni ishlab chiqdi. Keyinchalik AQSH hukumati uni armiyaga shunga o’xshash gumbazlar ishlab chiqarish uchun yolladi. Undan biroz vaqt o’tgach Fuller 25 ta AQSH patentini oldi, arxitektura, dizayn, muhandislik, tasviriy san’at va adabiyot sohalarida 47 xalqarova Amerika faxriy mukofoti laureati bo’ldi.
3. Margaret Mitchell 1900 yil 8 noyabrda Jorjiya shtatining Atlanta shahrida huquqshunos va uy bekasining oilasida tug’ilgan. Ta’sirchan Margaret har doim ota-onasi aytib bergan Fuqarolar urush haqidagi hikoyalarni hayrat bilan tinglar edi. 1918 yildagi ispan grippining buyuk pandemiyasi tufayli onasining o’lishi sababli o’qishni tugata olmay, u uydagi xo’jalikning nazoratini o’z qo’llariga olish uchun Atlantaga qaytgan. 1922 yilda Mitchell jurnalist sifatida ishlay boshlaydi, 1925 yilda esa Jon Marshga turmushga chiqadi.1926 yilda olingan oyoq jarohati uning jurnalist sifatidagi ishini davom ettirish imkonini yo’qqa chiqargan va u gazeta tahririyatidan bo’shagan.Margaret eri tomonidan rag’batlantirilgan holda yozilishi o’n yil davom etgan roman ustida ishlay boshlagan.
Lavhalar tasodifan yozilgan, so’ngra to’plangan lavhalar birlashtirilgan. Atlantaga kelgan yirik nashriyot muharriri, mingdan ortiq bosma nusxadan iborat buyuk qo’lyozma haqida bilib qolgan. Keyingi yil ichida Mitchell matn ustida juda mashaqqatli ish olib borgan. "Shamollarda qolgan hislarim”ni chop etilishi faqatgina 1936 yilning iyun oyida bo’lib, u Mitchell o’zi faol ishtirok etgan yirik reklama ko’magida bo’lib o’tgan. 1937 yilda kitob Pulitser mukofotiga sazovor bo’lib, 1939 yilda esa xuddi shu nomli film suratga olindi. Kitob ham, film ham yigirmanchi asrning jahon san’ati va adabiyoti durdona asarlari deb e’tirof etilgan.
4. Anna Mariya Mouzes oddiy ko’p bolali fermer oilasida dunyoga kelgan, fermerga tumushga chiqqan va butun hayoti davomida qishloq xo’jaligi bilan shug’ullangan. U kashtachilikni juda yaxshi ko’rgan va uyini o’zining bezaklari bilan bezagan. Bu keksa ayol yetmishdan oshganida, unda artrit alomatlari paydo bo’lib, uni tikishi tobora qiyinlashgan va shuning uchun ham, u surat chizishga o’tib olgan edi. 1938 yilda, Anna Mariya 78 yoshda bo’lganida,Nyu-Yorklik bir kolleksioner uning dorixonada namoyish etilgan bir necha ishlariga ko’zi tushib qolgan (u bu shaharchadan o’tib ketayotib to’htagan edi). Qishloqning kundalik hayoti sahnalari aks ettirilgan bu suratlarning hammasini kolleksioner sotib olgan. Keyingi yil ichida rassom ayolning ishlari Nyu-York gallereyasida paydo bo’la boshladi.
Qirqinchi yillar davomida esa rassomning ko’rgazmasi ko’pgina Yevropa shaharlarida va Yaponiyada o’tkazildi. 1941 yili Mozes xonim Nyu-York shtati mukofotiga sazovor bo’lgan,1949 yilda esa prezident Garri Truman unga Milliy Amerika Ayollar Matbuot Klubining mukofotini shaxsan o’zi topshirdi. Rassom ayol 100 yoshga kirganida,"LIFE" jurnali uning sur’atini o’z muqovasiga qo’ydi. 2004 yilda, muallifdan 110 AQSH dollariga sotib olingan "Eski olachipor uy, 1862" manzara tasviri kim oshdi savdosida 60000 AQSH dollariga sotilgan.
5. Stiven Pol Jobs 1955 yil 24 fevralida tug’ilgan.Uning ota-onasi bolani asrab olish uchun bergan. Stiv Jobsni asrab olgan ota-onasi avtomexanik va hisobchi bo’lib, xatto oliy ma’lumotga ham ega bo’lmagan.1970 yillarning oxirlarida Jobsning do’sti Stiv Voznyak katta tijoriy salohiyatga ega bo’lgan birinchi shaxsiy kompyuterlardan birini ishlab chiqargan. Apple II kompyuteri Stiv Jobsning tashabbusi bilan yaratilgan birinchi Apple mahsulotidir. Ammo 1985 yilda boshqaruv kengashida hokimiyat uchun kurashda mag’lubiyatga uchragan Jobs o’zi tashkil etgan kompaniyani tark etishga majbur bo’ldi va Oliy o’quv yurtlari hamda biznes uchun kompyuter platformasini ishlab chiqaruvchi NEXT kompaniyasiga asos solgan.
Yangi operatsion tizimni yaratishdagi qiyinchiliklar 1996 yilda Apple tomonidan NEXTni sotib olishga olib keldi. Kelishuv doirasida, Jobs Apple maslahatchisi lavozimiga ega bo’ldi. 1997 yilga kelib, Jobs Apple kompaniyasining boshqaruvini nazoratini qaytarib oldi va korporatsiyani boshqardi. Uning rahbarligida kompaniya bankrotlikdan qutqarildi va bir yil o’tgach, foyda keltira boshladi. Keyingi o’n yil mobaynida Jobsi Mac, iTunes, iPod, iPhone i iPad ishlab chiqarilishini, shuningdek AppleStore, iTunesStore va AppStore rivojlantirishni boshqardi.
Bir necha yil barqaror moliyaviy foyda keltirgan ushbu mahsulot va xizmatlarning muvaffaqiyati Apple 2011 yilda dunyodagi eng qimmat jamoat kompaniyasiga aylanishiga imkon berdi.
6. Jon Sperling 1921 yilda kambag’al oilada tug’ilgan. Otasi temir yo’lda ishlagan. Jon o’rta ma’lumotga ega bo’lganidan keyin, bir necha yillar mobaynida savdo kemasida dengizchi bo’lib ishlagan. Elliginchi yillarda Sperling “bit”chilardan, ya’ni “isyonkor yoshlar” vakillaridan biri, oltmishinchi yillarda esa -San Xose Universitetining professori bo’lgan. 53 yoshida Jon tavakkal qilib hamma narsani boshqatdan boshlashga qaror qilgan edi. U professori lavozimini tark etib o’zini tadbirkor sifatida sinab ko’rishga qaror qildi. U tijoriy ta’lim bilan shug’ullanuvchi The Apollo Group korporatsiyasini tashkil qildi. Feniks shahrida tashkil etilgan universitetning birinchi sinfiga 8 nafar talaba qabul qilingan edi. Taxminan o’ttiz yil o’tib, 2008 yilda The Apollo Group kompaniyasi 345ming nafar kishi unda o’qish istagida ekanligini ma’lum qildi. Bugungi kunda 91 yoshli Jon Sperlingning moliyaviy holati 1 milliard dollardan oshadi.
7. Chak Palanik yoshligini ota-onasi yashagan ko’chmanchi uy-furgonda, keyin esa bobosi bilan kichgina ranchoda o’tkazdi. Palanik 24 yoshida u Oregon shtatidagi jurnalistika maktabini bitirdi. Shundan ko’p vaqt o’tmay, yozuvchi Portlendga kelgan. U bu yerda dastlab mahalliy gazeta uchun maqolalar yozgan, keyin Freightliner yuk avtomobillari mexanigi va hatto kifuralarni ta’mirlash bo’yicha yo’riqnomalar tuzuvchi sifatida ishlagan.
Taxminan shu paytda Palanik uysizlar uchun panagohda keyinchalik esa shifoxonada ko’ngilli bo’lib ishladi. Unga juda yaqin bo’lib qolgan bemorlarning biri vafot etganida, u bu ishdan voz kechishiga to’g’ri kelgan. U Amerikalik yozuvchi Tom Spaunbaerning mahorat darslariga Palanik 35 yoshga to’lganidan keyingina tashrif buyura boshladi.
Dastlabda u bu yerga faqat "yangi do’stlar orttirish" maqsadida tashrif buyurardi. Uning ilk kitobi nashr etilmadi, chunki uning syujetidan Palanikning ko’ngli to’lmagan edi. Keyingi roman nashriyot tomonidan rad etilgan ("g’azabni qaynatuvchi mazmuni" tufayli). Faqat shundan keyingina yozuvchi unga mashhurlikni olib kelgan "Jang klubi" deb nomlangan romanini yaratgan. Yetarlicha "g’azabni qaynatuvchi mazmuni"ga qaramay, asar nashriyotga yoqib qolgan.Keyinchalik ushbu kitob asosida huddi shu nom bilan badiy film yaratilgan va kinoning eng ommabop asarlari qatoridan o’rin olgan. Bugungi kunda Chak Palanik eng ommabop zamonaviy Amerika yozuvchilardan biri.
8. Anri Russo tunikasoz oilasida tug’ilib, erta yoshligidan qattiq ishlashga majbur bo’lgan. Maktabdan keyin u qonunni o’rganib va huquqshunos bo’lib ishlagan, ammo tez orada, "yengil yolg’on qasam" tufayli ishni tark etishga majbur bo’lgan va 24 yoshga to’lguniga qadar xizmat qilishga to’g’ri kelgan armiyada panoh topgan.
Xizmatdan so’ng,Russo oddiy lavozimda ishlab onasini boqish uchun Parijga qaytgan. 27 yoshida u Parijga olib kelinadigan mahsulotar uchun boj yig’uvchisi lavozimiga tayinlangan. Russo yoshi qirqdan ortganidan keyingina rasm chizishni boshlagan. Vaqt o’tishi bilan u bojxona ishini tark etib, butunlay o’zini san’atga bag’ishladi va chizgan rasmlarini sotib tirikchilik qila boshladi.
San’at ta’limini olmagan, "tabiatning o’zidan o’zga o’qituvchisi" bo’lmagan oddiy mansabdor, eng nozik taraflarining aniqligi, suratlarning rang-barangligi, mavzularning o’ziga hosligi bilan ajralib turadigan suratlar chiza boshladi. Ko’pchilikuni tanqid qilib "bunday qilib xatto bolalar ham surat chizishi mumkin" derdi, lekin Russo anoyi san’at maktabining yaratuvchisiga aylandi. Uning asarlari ko’plab rassomlar, jumladan, Pablo Pikassoning hayratiga sazovor bo’ldi.
9. Garland Sandersning otasi bola olti yoshligida vafot etdi. Uy xo’jaligi, shu jumladan ovqat tayyorlash ham Sandersning vazifasiga aylandi. Uning onasi qayta turmushga chiqdi, lekin u o’gay otasi bilan yaxshi munosabatlar o’rnata olmadi va 12 yoshida uydan qochib ketdi. U 16 yoshida u Amerika Qo’shma Shtatlari armiyasiga ko’ngilli ravishda xizmatga jalb qilindi, biroq bir yildan kamroq vaqt ichida u yerdan chiqib ketdi. Keyinchalik u o’zini turli sohalarda sinab ko’rdi:
Temir yo’lda o’tyoqarlik qildi, shinalar sotuvchisi, konduktor, fermer yordamchisi, kuryer sifatida ishladi, ammo hech qayerda uzoq vaqt davomida ishlashga muvaffaq bo’lmadi. U faqat 40 yoshiga borib eng kam zarur mablag’ to’pladi va shundan keyin mijozlar uchun kichik ovqatlanish xonasi bilan avtomobil tuzatish ustaxonasini ochdi.
Ovqatni Sanders uy oshxonasida tayyorlab, tanovulxonani esa ustaxonaning o’zidagi xonalardan birida joylashtirdi. Ovqatlanish xonasi mashhur bo’lib ketdi va tez orada Sandersning taomlari Kentukkidan tashqari uzoq-uzoqlarga tarqaldi. 65 yoshida u o’z restoranlari uchun franshizalarni sota boshladi - shunday qilib "Makdonalds"ning mashhur raqibi - KFC Corporation dunyoga keldi.
1964 yilda uning asoschisi kompaniyani 2 million AQSH dollariga sotdi. Hozirda KFC Corporation dunyodagi yuzdan ortiq mamlakatlarda 15000 dan ortiq restoranlariga ega.
10. Paulo Koelo 1947 yil 24 avgustida Rio-de-Janeyroda, muhandis Pedru va Liji Koelolarning farovon oilasida tug’ilgan.Yetti yoshida u iezueitlik maktabga yuborildi va shu yerda unda birinchi marta kitob yozish istagi namoyon bo’ldi. Yozuvchi bo’lish istagi uning oilasida tushunish bilan qabul qilinmagan, shuning uchun ham u oila a’zolari majburlovi bilan Rio-de-Janeyro universitetining huquqshunoslik fakultetiga o’qishga kirgan, ammo tez orada uni tashlab, ko’proq jurnalistika bilan shug’ullangan. Natijada, u bilan uning oilasi o’rtasidagi ziddiyatlar ortib borgan va o’n yetti yoshli Paolo Koelo davolanish uchun majburan bir xususiy psixiatrik shifoxonaga joylashtirilgan. Namoyon bo’lgan shizofreniya tufayli elektroshok bilan davolash ham, davolashning ikkinchi bosqichi ham uning o’ziga bo’lgan ishonchini o’zgartira olmadi.
Natijada, davolanishning uchinchi bosqichidan so’ng, uning oilasi u "normal"ish bilan shug’ullana olmasligiga ko’nikkan edi. Unga olmashumul mashhurlikni olib kelgan bestseller asari bo’lgan birinchi romani – “Alximik”ni Paolo Koelo 1988 yilda butun dunyo bo’ylab kezib chiqqandan keyingina yozgandi. Bugungi kunda dunyoning 150 mamlakatida 67 tilga tarjima qilingan Paolo Koeloning 86 milliondan ortiq kitobi sotilgan.
Сообщения из Facebook