просмотров
Kivi mevasining tarixi
Kivi bundan 100 yil avval madaniy holda o’stirila boshlandi, shu sababli uni eng yosh meva deya atash mumkin. Yangi Zellandiyalik A.Elison ushbu “tukli mevaning” urug’ini Xitoydan olib keladi va 30 yil davomida madaniy shakl berib,takomillashtiradi. Natijada yangi ekzotik meva paydo bo’ladi. Uning nomlanishi haqida to’xtalsak, Yangi Zellandiyada yashovchi uchmaydigan qush turi – kivi nomiga qo’yilgan, sababi esa meva tashqi ko’rinishi jihatidan ushbu qushga juda o’xshaydi. Shunday qilib, yangi ixtiro qilingan kivi mevasi o’tgan asrning 30 yillarida dunyo bozorlarida paydo bo’lgan.
Mevaning tarkibi
Meva tarkibi A, B1, B2, B6, B9, C, E, PP vitaminlari va ko’plab mikro va makroelementlarga boy. Shu sababli uni organizm uchun juda foydali meva deya atashimiz mumkin. Dietologlar nihoyatda foydali, shu bilan birga kam kaloriyali bo’lgani bois kivini parxez tutuish paytida iste’mol qilishni tavsiya etadilar. Kivi mevasi onkologik, yurak-qon-tomir kasalliklarini bartaraf etib, qondagi tromblarni yo’qotishga yordam beradi.
Foydali hususiyatlari
An’anaviy Xitoy tibbiyotida yovvoyi kivi mevasidan bod kasalini davolashda, ovqat hazm qilish jarayonini yaxshilashda va asab tizimini tinchlantirishda foydalanishgan.
Kivi kaliyga boy bo’lgani uchun u arterial bosimni tushirishga yordam beradi.
Ovqatlanishdan oldin 1-2 dona kivi iste’mol qilinsa, qondagi xolesterin miqdori kamayadi.
Kivi mevasi kosmetologiya sohasida ham keng qo’llaniladi. Meva terini yaxshi tozalab, foydali moddalar bilan to’yintiradi. Kivi kislotaga to’yingan meva bo’lgani bois, undan tayyorlangan niqob bemalol piling o’rnini bosa oladi.
Kivi barcha mevalar kabi iste’mol qilinib, undan to’rt, pirojniy va boshqa shirinliklar tayyorlashda, bezashda keng ishlatiladi. Italiyada kividan hatto pitsa ham tayyorlanadi. Shuningdek, kividan salatlar tayyorlash, go’shtni marinadlashdaham foydalanish mumkin.
Сообщения из Facebook