просмотров
1. "Mozaika"
Singan ko’zguning parchalarini tasvirning ba'zi joylarida yorug'likni aks ettirish va uning sinishi uchun ishlatishingiz mumkin.
2. Ko’zguli maydon
Ba'zan oddiy fotosurat uchun ishlatilgan kichik element odatdagi fotosuratni chinakam noyob asarga aylantirish uchun yetarli bo’ladi.
3. Simmetriya
Ko’zgudan foydalanish orqali sizning portret rasmlaringizda qiziqarli simmetriya yaratilishi mumkin.
4. «Trans-fleksiya»
Ushbu effekt uchun eski oyna ramkasi va ikki kishi kerak. Ulardan biri ko’zgu orqasida, ikkinchisi - uning yuzi aks etishi uchun turadi. Natijada esa ajoyib portret paydo bo’ladi.
5. Cheksizlik
Ushbu usulda suratga olishda vazifa shundan iboratki, foto uchun ko’zgu qutisi yasash kerak. Uning ichiga fotosurat mavzusi joylashtiriladi. Natijada esa, obyekt har xil tomondan ko’rsatilib, fotosuratda cheksizlik namoyon bo'ladi.
6. Montaj
Kichkina oynaparchalarni ishlatib, siz o'zingizning rasmlaringizni, masalan, ko'z aksini qo'shib, "jonlantirishingiz" mumkin - biroz g'alati, ammo ajoyib g’oya.
Bundan tashqari, fotosurat uchun ko’zguning kattaroq parchasini ishlatishingiz va suratda butun portretni ko’rsatib berishingiz mumkin.
Aksni ko’rsatuvchi sirtlarni ajoyib suratlar yaratishda ishlatish imkoniyatlari cheksizdir. Bunga ishonch hosil qilish uchun sizdan faqatgina ijod qilish talab etiladi.
Сообщения из Facebook